O
ʻz otasini sotgan
Pavlik Morozovga
qo
ʻyilgan haykal
kalxatlardan qo‗rqqan jo‗jalarday, ko‗zlari
ola-kula, bir-birining pinjiga kirib
olishgandi.
Ikki tavaqali o‗rta eshik ochiq, ichkari xonaning to‗rida SAKUda dadamlar bilan
birga o‗qigan mehmonlar, ranglarida rang yo‗q, tippa-tik serrayib turishardi. Ikkinchi
harbiy esa ichkari uydagi katta qizil shkafga terilgan kitob va albomlarni bitta-bitta
ko‗zdan o‗tkazmoqda edi.
Kitoblarning deyarli hammasi qizil jildli Lenin asarlari edi.
Tintuv boshlagan
harbiy Lenin asarlariga tegmas, qalin, sersurat albomlarni esa varaqlab ko‗rib
bepisand, yerga tashlar edi. Hanuz esim-da: bu albomlar ham xuddi boloxonadagi
kitoblar kabi, allaqanday rahbarlarning suratlariga to‗la bo‗lib,
ularning ham aksari
allaqachon qamalgani uchun (buni men keyin bildim, albatta) yuzlariga ko‗k siyoh
chaplangan, ko‗zlari o‗yib olingan, ba‘zi suratlarning kallalari «kesib»
tashlangan
edi. Bepisand harbiy (agar yanglishmasam, u ham kapitan edi) albomlarni ko‗zdan
kechirarkan, dam ulardagi ko‗zlari o‗yilgan, boshlari «kesilgan» suratlarga, dam
dadamlarga qarab:
— Ko‗rinib turibdi, ja g‗oyaviy ekanlar! — derdi miyig‗ida kulimsirab.
Xushsurat mallosoch kapitan
esa tashqi xonadagi qutilar,
sandiq va sandiqchalar, shkaflarning tortmalarini ochib,
ulardagi
buyumlarni titkilar, latta-puttalar orasidan allanimalarni qidirar
edi. Navbatdagi shkafga kelganda harbiy urinmasin, uning pastki
tortmalarini ocholmadi. Uyda birorta sandiq, yo shkaf yo‗q ediki,
men uni ocholmasam. Kapitanning qiynalayotganini ko‗rib, men
qo‗limga mix oldimu pildirab borib shkafning tortmasini shartta
ochib berdim. Kapitan chehrasi yorishib kuldi-da:
— Malades! — dedi boshimni silab. — Kelgusida zo‗r odam chiqadi sendan!
Dostları ilə paylaş: