— Qo‗ying-e, odam bolasi yarim chelak suvni icha oladimi? — deguvchilar
ham bo‗ldi, ammo men, o‗n-o‗n bir yashar bola, buni o‗z ko‗zim bilan ko‗rganman,
dadamlarning o‗sha so‗zlarini o‗z qulog‗im bilan eshitganman! Ichi yonib ketayotgan
odam yarim chelak u yoqda tursin, bir chelak suvni ham ichadi!
Nihoyat, tintuv tugadi. Dadamlarga kiyinishni buyurdilar.
Oyimlar bilan
opamlarning nolasi ko‗kka chiqib, uyimiz achchiq faryoddan zir titradi. Oyimlar
dadamlarning yelkasiga paltosini ildilar. SAKUni bitirgan sho‗rlik mehmonlarga
tuzalgan dasturxondan ilingan narsani ro‗molga tugib, qo‗llariga tutqizdilar.
Boyagidan ham battar qorayib, bir zumda allaqanday ozib, munkayib qolgan
dadamlar avval hamon faryod chekayotgan
oyimlar bilan opamlar, so‗ng qaqshab-
qaltirab qolgan ukalarimning peshonalaridan o‗pdilaru, navbat menga kelganda:
— Hay, attang! — dedilar to‗satdan ko‗zlariga yosh olib. — Umrimda bir marta
senga muzqaymoq olib bermoqchi bo‗luvdim. Shuniyam evlayolmadim-ov, bolam!..
Butun tintuv davomida ko‗zimga yosh olmagan, «kelgusida zo‗r odam
bo‗lasan», degan so‗zlardan shishib ketgan norasida, birdan hamma narsa —
dadamlarning hech qachon erkalamaganini ham, do‗kondan qimiz topolmay
qaytanimda grafinni qulochkashlab otganlari ham —
hammasi esimdan chiqdiyu
alamli chinqiriq bilan dadamlarning tizzalarini quchoqlab oldim...
...Bir necha oy o‗tdi. Bu orada xonadonimiz motamsaro bir makonga aylandi.
Qish yaqinlashib qolgan, kun sayin uning qahrli nafasi kuchayib borar, uyda esa na
o‗tin bor, na ko‗mir!.. Biz tancha qurib, bir amallab kun kechiramiz.
Haftada bir marta, yanglishmasam, shanba kunlari dadamga ovqat olishadi.
Oyimlar bir amallab topgan-tutganlarini pishiradilaru tong mahal u kishi bilan birga
avaxtaga ravona bo‗lamiz.
Turkistonda Qul Xo‗ja Ahmad Yassaviy maqbarasining shundoq biqinida O‘rta
Osiyoni zabt etgan general Chernyaev qurdirgan besh-oltita mustahkam g‗ishtin
binolar bo‗lardi. Chernyaev bu binolarni chor askarlari uchun qurdirgan. Sho‗ro
hokimiyati esa ularni qamoqxonaga aylantirganu atrofini tikanli sim bilan o‗rab
tashlagan.
Har shanba tikanli sim bilan chegaralangan bu qal‘a ro‗parasiga kamida 150—200
L.D.Trotskiy
—
SSSRda yuqori
lavozimlarda
ishlagan,
Stalin
hokimiyatga
kelgach,
mamlakatni tark
etishga majbur
bo‘lgan
ayol, chol-kampirlar yig‗ilishadi, bular «xalq dushmanlari»ning
oila a‘zolari. Yosh-yosh juvonlar qaqshab-qaltirab qolgan keksalar
hibsxona xodimlarining ovqat qabul qilishini kutib, ertalabdan
kechgacha tikanli sim oldida diydirab turishadi. Oyimlar
qamoqxonaga gohida meni ham yetaklab borishlariga sabab —
mabodo dadamlar bilan yuz ko‗rishish nasib etsa otamlar meni
ko‗rib qolsinlar degan niyatda edilar. Lekin dadamlarni biror marta
ko‗rsatishmadi, ko‗rsatishmaganlari
ham mayli, bot-bot olib
borgan ovqatlarimizni qabul qilmasdan qaytarib yuborishardi.
Goho men bir necha soat mahtal bo‗lib kutganimdan keyin biror
bahonani ro‗kach qilib, hibsxonaning shundoq yonginasidagi
shahar bog‗iga qarab chopardim. U yerda xudoning kuni borki, miting bo‗lar, shahar
maktablaridan nog‗oralar gumburi va karnay-surnaylar sadosi ostida bolalar saf tortib
boqqa kelishardi. Bog‗ o‗rtasiga qizil alvon bilan o‗ralgan ulkan minbar o‗rnatilgan
bo‗lib, charm palto kiygan, to‗pponcha taqqan faollar unga chiqib va‘z aytishar,
va‘zlarning aksariyati trotskiychilar va ularning «dum»larini
fosh qilishga
bag‗ishlanardi. Bu va‘zxonliklarning dahshatli tomoni shunda ediki, bugun
Trotskiyning «dum»larini fosh etib, otashin nutq so‗zlagan notiqlarning aksari
ertasiga o‗zlari «dum»ga aylanib, fosh etilganlar ro‗yxatiga tushib qolishardi.
Dostları ilə paylaş: