yuragimga quyilib kelgan alamli tuyg‗uni haydardim. Bu hol toki shahar yoshlar
qo‗mitasining kotibi bilan yuzma-yuz kelgunimcha davom etdi.
Bu yosh, xushqad, xushsurat yigitcha bizga qo‗shni edi.
Oilamiz boshiga
musibat tushgunga qadar, u xonadonimizga bo‗zchining mokisidek qatnar, dadamlar
bilan kechalari uzoq suhbatlashib o‗tirardi. U o‗sha yozda uylangan, xotini ham,
o‗ziga o‗xshash ko‗hlik, xushqad, xushsurat edi. Damlar ularning to‗ylariga to‗yboshi
bo‗lgan, oyimlarning aytishicha, dadamlar unga moddiy yordam ham bergan ekanlar.
Dadamlar qamalganlaridan keyin yon qo‗shnimiz qorasini ham ko‗rsatmaydigan
bo‗ldi. Bunga ajablanmasa ham bo‗lardi, chunki shogird tugul qarindosh-urug‗lar
ham bu og‗ir, g‗urbatli kunlarda uyimizni chetlab o‗tishar,
bitta-yarimta kelsa ham
kechalari qo‗rqa-pisa kelib, so‗ng devor panalab qaytib ketardi.
BAHO BERING:
Qo„shni va qarindoshlar nega bu oiladan o„zlarini olib qocha boshladilar?
Ularning bunday harakatlarini oqlash mumkinmi?
Shanba kuni edi. Chamasi, qamalganlar soni ko‗paygan, chunki avaxtaga ovqat
ko‗tarib kelganlar soni ancha ortgan, navbat kutayotganlarning dumi ko‗rinmasdi.
Kun sovuq, sevalab mayda yomg‗ir yog‗ardi. Shu boisdanmi, boshqami, oyimlar men
so‗ramasdanoq uyga ketishimga ruxsat berdilar. Men tinimsiz maydalab yog‗ayotgan
yomg‗irdan diydirab, uyimizga tomon ravona bo‗ldimu to‗satdan bog‗
tomonda
yangragan nog‗oralar gumbiriyu karnay-surnaylar sadosini eshitib, beixtiyor
to‗xtadim.
Nog‗oralar va karnay-surnaylar
sadosi tobora avjga chiqmoqda, chamasi,
odatdagidan ham katta miting boshlanmoqda edi. O‘rgatilgan otga o‗xshab yana
nog‗oralar gumbirlayotgan tomonga burildim. Haqiqatan ham yomg‗irga qaramay,
bolalar har tomondan saf-saf bo‗lib boqqa yopirilib kelishardi.
Darvozaga yaqinlashib qolganimda nogahon ro‗para tomondan kelayotgan
qo‗shnimiz — shahar yoshlar qo‗mitasining kotibiga ko‗zim tushdi. U bir o‗zi emas,
charm paltolik harbiy odam bilan uch burchak soqol qo‗ygan, jikkakkina mo‗ysafid
qurshovida kelardi.
Kotibni ko‗rishim bilan yuragim negadir «shuv» etib, boqqa sho‗ng‗ishga
chog‗landim, ammo kotib bir sakrashda yo‗limni to‗sib, bilagimdan shappa ushladi-
da:
— Ha, qashqirdan tug‗ilgan qashqircha! — dedi titroq bosib. —Bitta shaltoq
buzoq bir to‗da podani buzadi! Bo‗yningga soxta qizil galstuk taqib, bu sofdil qizil
pionerlarni buzmoqchimisan? — U qo‗limni og‗ritib siqqancha o‗ziga torta boshladi.
Lekin shu payt jikkak mo‗ysafid:
— Qo‗yib yubor, bolapaqirni, — dedi oraga tushib.— O‗rtoq
Stalin aytdi-ku,
bola otasi uchun javob bermaydi, deb? Gunohi nima bu norasidaning!
Yosh kotib qovog‗idan qor yoqqanicha bir qariyaga, bir charm paltoli harbiyga
qaradi-da, qo‗limni qo‗yib yubordi va: «Yo‗qol ko‗zimdan!» — deb o‗shqirdi.
Dostları ilə paylaş: