suratlarni e‘tibor bilan ko‗zdan kechirsa, shoirning jingalak
sochlariyu ertaklarga
chizilgan suratlarni hushyorlik bilan nigohidan o‗tkazsa, makkorona bitilgan
aksilinqilobiy so‗zlarni topishi mumkin emish!
TAHLIL QILING:
Qanday qilib Pushkin suratiga va Pushkin ertaklariga chizilgan rasmlarga
davlatga qarshi so„zlani yashirish mumkin?
Men o‗qiydigan 3-«A» sinfida yoshi anchaga borgan, tishlari to‗kilib qolgan,
ammo juda muloyim, mehribon rus kampiri dars berardi. Bir oydan beri bu kampir —
hozir ism-shariflari yodimda yo‗q — kasal bo‗lib, o‗rniga
yosh tatar yigitcha dars
bera boshlagan edi. Qattiq oqsoqlanib yuradigan bu yigitcha bizga qo‗shni bo‗lmish
raykom kotibining qaynisi bo‗lib, dadam qamalganlaridan keyin menga o‗qrayib
qaray boshlagan edi. Ammo hayotning o‗yinini qarangki, dadamlardan keyin bir
hafta o‗tar-o‗tmas yosh o‗qituvchimizning pochchasi ham hibsga olinib, «xalq
dushmani» deb e‘lon qilingan edi. Shu-shu battar mung‗ayib,
avvalgidan battar
oqsoqlanib qolgan o‗qituvchi menga achinib qaraydigan, yo‗lakdami, hovlidami —
tanho yurganimni ko‗rsa, boshimni silaydigan bo‗lib qolgandi. «Pushkin suratlari
ichiga qabih aksilinqilobiy so‗zlar yozilgan emish», degan gap tarqalgan kuni yosh
o‗qituvchimiz sinfimizga juda xomush bir qiyofada kirib keldi. U mungli ko‗zlari
bilan bolalarga uzoq tikilib turgach:
— Bolalar! — dedi allaqanday yolvorib. — Qani,
kecha tarqatilgan
daftarlaringni olinglar-chi! Haligi... muqovalariga Pushkin surati solingan
daftarlaringni aytyapman!.. Oldilaringmi? Ehtimol, eshitgandirsizlar, ashaddiy
dushmanlarimiz makkorona chizilgan harflar vositasida SSSRga qarshi so‗zlar
yozishipti! Bu mudhish so‗zlarni topgan bolalar bor. Ularning suratlari ertaga faxriy
doskaga osiladi. Nahot bizning sinfimizda birorta hushyor o‗quvchi bola topilmasa?
Qani, suratlarga yaxshilab qaranglar! Shoyad sizlar
ham dushmanlarimizning bu
qabih so‗zlarini topib, ularni fosh etsalaring!
Yosh o‗qituvchi shunday deb menga o‗zgacha bir umid bilan qarab qo‗ydi. Har
qalay menga shunday tuyuldiyu oldimdagi daftarga chizilgan suratlarga tikilib, jon-
jahdim bilan makkorona chizilgan harflarni qidira boshladim...
Asablarim tarang tortilgan, miyam nazarimda lahcha cho‗qqa aylangan edi.
«Nahot jonajon hukumatimizga qarshi yozilgan bu mudhish so‗zlarni topib,
dushmanlarning kirdikorlarini fosh etolmasam? Yo‗q, topaman! Topganda ham
birinchi bo‗lib topaman. Ikkinchi bo‗lishning foydasi yo‗q!.. To‗xta, shoir yelkasidagi
mana bu gajak tola nimani eslatadi? «S» harfining o‗zginasi-ku!..
Uning yonidagi
gazak-chi! U ham «S»! Uning yonidagisi ham!» Mana bunisi «R»ning o‗zginasi-ku!
Voy, tavba! Bu battollar «SSSR» deb yozib qo‗yishibdi-ku, boyadan beri shuni ham
ko‗rmapman-a?... Mana bu gajak tola-chi? Quyib qo‗ygandek «D» ku! Undan
keyingi gajak-chi? «O»ning xuddi o‗zginasi-ku! «O» bo‗lgan joyda «L» ham bo‗lishi
kerak? Mana «L»! Yonginasida esa «Oy»ga o‗xshash ikkita gajak qatorlashib turibdi!
«Doloy SSSR!, ya‘ni «Yo‗qolsin SSSR!» degan gap-ku bu!».
Dostları ilə paylaş: