Dadamlar bir kosa muzday quduq suvini bitta sipqorib:
— Qo‗y, yig‗lama, qizim, yig‗lama, Gulshan! — dedilar og‗ir hansirab. —
Hukumat oldida tariqcha gunohim yo‗q! O‘rtoq Stalin tirik ekan, bu tuhmatlardan
qutqarib oladi hali!
Dadamlar quduq suvini kosalab sipqorar edilaru shu bitta gapni qayta-qayta
takrorlardilar:
— Hukumat oldida begunohman, Gulshan! O‘rtoq Stalin barhayot ekan, bizni
bularning oyog‗i ostiga tashlab qo‗ymaydi!
Dostları ilə paylaş: