“О„zbek tili va adabiyotini о„qitish metodikasi” kafedrasi zulxumor Mirzayeva, Komil Jalilov



Yüklə 1,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/98
tarix13.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#143218
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   98
mirzayeva z metodika

XULOSA CHIQARING: 
Bu epizoddan bolaning dadasi haqida qanday fikrga keldingiz?
Oyimlarning aytishicha, keyinchalik dadamlar ham bu qilmishidan pushaymon 
bo‗lganlar. Kim bilsin, ehtimol boshiga og‗ir musibat tushishini sezib yurgani 
uchundir, ehtimol bir mahal dilimga ozor bergani esiga tushib, uni ko‗nglimdan 
chiqarmoqchi bo‗lgandir, har qalay, umrimda birinchi bor boshimni silab, 
muzqaymoq oberishga ahd qildilar. 
Ko‗chaning narigi yuzida shahar bog‗i bo‗lar, bog‗ oldidagi maydonchada har 
xil suv, meva sharbatlari, muzqaymoq sotiladigan mitti-mitti do‗konchalar bo‗lardi. 
Borsak, do‗konlar yopilgan ekan. Dadamlar astoydil ranjidilar. 
— Umrimda bir marta senga muzqaymoq olib bermoqchi bo‗lgandim, bu ham 
nasib qilmadi-yov, bolam! — dedilar, u kishi allaqanday chuqur o‗kinch bilan. 
Uyga borganimizda chiroqlar yongan, hovlidagi o‗choqqa qozon osilgan, bizdan 
avval yetib kelgan katta opamlar bilan oyimlar o‗choq atrofida kuymalanib yurishar, 
pochchamlar ko‗rinmas edilar. 
Dadamlar ichkariga kirib ketdilaru darhol qaytib chiqdilar. Chehralari ochilgan, 
kayflari chog‗ edi. 
— SAKUda birga o‗qigan eski qadrdonlarim kelishipti. Qalay, tuzukroq go‗sht-
po‗shtlaring bormi, Gulshan? — dedilar dadamlar oyimlarga qarab. — Bor bisotingni 
dasturxonga to‗kasan bugun... 
Marhum volidamizda jindak shaddodlik bo‗lardi. 
— Siz qozon-o‗choq atrofida aylanavermay ichkariga kirib mehmonlaringizga 
qarayvering! — dedilar shartta kesib. 


Dadamlar oyimlarning bu sal yasama qo‗rsligiga kulimsirab, ichkariga kirib 
ketdilar. 
Hovlimizda, shundoq o‗choq yonida bir tup gujum o‗sar, gujum tagida chuqur 
quduq bo‗lar, issiq yoz va iliq kuz kunlari go‗shtni shu quduqda asrardik. 
Oyimlar menga quduqdan go‗sht olib ber, — dedilar. Men quduq 
chang‗irog‗ining dastasini aylantirib, go‗sht osilgan changakni torta boshladim-u, 
to‗satdan ko‗chadan kirib kelgan ikki harbiyga ko‗zim tushib, negadir yuragim 
orqamga tortib ketdi. Ular o‗choq atrofida kuymalanib yurgan oyimlar bilan 
opamlarga bir qarab qo‗ydilar-da, etiklari bilan yerni tap-tap bosib ayvonga chiqishdi. 
Ayvondan uyga kirishdi. Harbiylarni ko‗rishlari bilanoq turgan joylarida tosh qotib 
qolgan oyimlar bilan opamlar birdan dod solishib, uyga qarab yugurishdi. Quduq 
chang‗irog‗ini beixtiyor qo‗yib yuborib men ham ketlaridan chopdim.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin