qoldirilipti, degan xabar keldiyu uy-uyimizga tarqaldik.
Kechqurun men kunduzi bo‗lgan voqeani hayajondan entika-entika oyimlarga
aytib berdim.
Oyimlar men kutgan maqtov o‗rniga:
— Hoy,
bolam-ov, bolam-ov! — dedilar to‗satdan ko‗zlariga yosh olib. —
Senga nima bo‗ldi, bolam-ov!
— Menga nima bo‗pti? Nega bunday deysiz, oyijon? — dedim ranjib.
— Hech nima... Iloyo dadangga o‗xshab qahri qattiq bo‗lma. Ollodan bittayu
bitta tilagim shu, bolam.
TAHLIL QILING:
Nega onasi bunday dedi?
Oyimlarning gapiga yaxshi tushunmadim. Ertalab maktabga, to‗g‗rirog‗i, zalda
osilgan hurmat taxtasiga qarab chopdim. Nadomatlar bo‗lsinkim, ro‗yxatga bir necha
marta ko‗z yugurtirib chiqdim: yo‗q, na nomim, na suratim bor! Dushmanning yovuz
kirdikorini fosh etgan hamma hushyor pionerlarning surati hurmat taxtasiga osilgan-
u, bitta mening suratim yo‗q! Aftidan, kimdir hushyorlik qilib xalq dushmani
farzandining suratini hurmat taxtasiga
osish mumkin emasligini aytib, mendan ham
hushyorroq bo‗lgan!
Mana, bu voqealarning sodir bo‗lganiga yarim asrdan ko‗proq vaqt o‗tdi.
Shaxsga sig‗inish davrining ne-ne jinoyatlari fosh etildi. Bu jinoyatlar qanday
dahshatli bo‗lmasin, nazarimda, ularning eng yomoni —
kattalar yetmagandek,
menday go‗daklarni ham hamma narsaga shubha bilan qarash, hammayoqdan yovuz
kirdikorlar qidirishga qaratilgan urinishlar deb bilaman.
Nihoyat, dadamlar bilan vidolashadigan kun ham keldi. Vidolashishga uch
kishiga ruxsat berishgandi: oyimlar, katta opamlar va menga! Shu boisdan bo‗lsa
kerak, qarindosh-urug‗lardan hech kim, na dadamlarning ukalari, na yor-do‗stlari —
hech kim kelmadi.
Oyimlar bilan opamlar kechasi uxlashmay, dadamlar uchun bug‗doy talqon,
so‗k talqon va yana allaqanday narsalar tayyorlashdi. Chunki bu payt dadamlar ozod
bo‗ladi degan umid ojiz miltirab turgan shamday so‗ngan, u kishini uzoqlarga olib
ketishlari chamasi oyimlarga ayon edi.
Ertalab to‗rva-xaltalarni ko‗tarib qamoqxonaga qarab yo‗l oldik. Bu safar bizni
ko‗p kuttirishmadi. Beliga choynakdak to‗pponcha taqib olgan harbiy bizni uzun, tor,
nimqorong‗i yo‗lakdan ichkariga boshladi. Yo‗lakning yarmiga borganda o‗ng
qo‗ldagi
eshikni ochib, bizga yo‗l berdi. Chog‗roqqina to‗rtburchak xonaning
to‗ridagi stol oldida gimnastyorka kiygan, sochlari oppoq bir odam allanimalarni
yozib o‗tirardi.
Dadamlar burchakda kursida o‗tirgan ekanlar (men
avval u kishini tanimay
qolibman!) biz kirishimiz bilan dik etib o‗rnidan turdilar. Azaldan barvasta, to‗ladan
kelgan, novcha odam bir-ikki oy ichida cho‗pday ozib, lunjlari ichiga botgan, ko‗zlari
kirtayib, qiy-g‗ir burni so‗rrayib qolgandi.
Yana qamalgan kechasidagidek yig‗i-sig‗i boshlandi. Oyimlar-ku, yuzini
ro‗moliga yashirib, jimgina titrab yig‗lar, lekin opamlar... dadamlarning bo‗yinlariga
osilib olgan opamlarning faryodi tor xonani zir titratardi.
Keyinchalik marhum oyimlar ko‗p aytguchi edilar:
— Noinsoflar jilla qursa yarim soat ham fursat bermadilar. Dadang sho‗rlikning
diydoriga ham to‗ymadik. Bergan chorak soatlari ko‗z ochib yumguncha o‗tib ketdi...
Bu safar chorak soat davom etgan vidolashuv davomida dadamlar biror marta
Stalinning
nomini tilga olmadilar, qamalgan kunlaridagidek: «Men partiya oldida
gunohkor emasman! O‘rtoq Stalin barhayot ekan, meni oyoqosti qilib qo‗ymaydi!»,
— demadilar. Bil‘aks, bir necha marta ko‗zlariga yosh olib:
— Meni kechir, Gulshan. Ayol boshing bilan besh bolani qanday boqasan —
aqlim bovar qilmaydi. Endi yuz ko‗rishishimizga ham ko‗zim yetmaydi, kechir meni!
— dedilar.
Dostları ilə paylaş: