O‘zbek tilini o‘qitish metodlari tasnifi, turlari va mazmuni o‘zbek tilini o‘qitish metodlari tayanch tushunchalar


Ona tili darslarida bilimlarni muammoli yo‘l bilan bayon qilish metodi



Yüklə 61,11 Kb.
səhifə4/10
tarix07.01.2024
ölçüsü61,11 Kb.
#206444
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
boshlang\'ich sinnflarda ona-tili o\'qitish metodlari

Ona tili darslarida bilimlarni muammoli yo‘l bilan bayon qilish metodi. Ma’lumki, izlanishga asoslangan har qanday faoliyat sermahsul faoliyatdir. O‘quvchi til hodisalarini tayyor holda o‘zlashtirmay, uni izlasa, ijodiy faoliyat ko‘rsatsa, o‘zlashtirish jarayoni ancha samarali bo‘ladi. Muammoli ta’lim ana shunday izlanish va ijodiy faoliyat ko‘rsatish uchun yaxshi imkoniyat yaratadi. Bu metod shaxs va uning ijtimoiy faolligini har tomonlama rivojlantirish vositasi sifatida xizmat qiladi.
«Muammoli ta’lim» tushunchasi pedagogik adabiyotlarda garchand keyingi yillarda paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, ammo bu izlanuvchanlikka asoslangan g‘oya ming yildan ortiqroq tarixga ega. Sharq mutafakkirlari bilish izlanish mahsuli ekanligini alohida qayd qilgan edilar. O‘rta asrning buyuk donishmandi Abu Ali ibn Sino (980–1037) o‘zining «Donishnoma» asarida qiyinchiliklarni yengish orqali bilimlarni egallashning afzalligini ko‘rsatgan edi.
Umar Xayyom (1042–1112) «Matematik traktatlar»ida bilish uchun fikrlash zarurligiga, qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun o‘ylash kerakligiga da’vat etadi. Al -Tusiy (1201–1274) esa bilimlarni puxta egallash uchun mustaqil izlanishning zarurligini alohida qayd qiladi. Bu g‘oya keyinchalik evristik ta’lim nazariyasining yuzaga kelishiga asos bo‘ldi. XIX asrning 70-yillarida Rossiyada yashagan bir guruh tilshunos olimlar (S.P.Baltalon, M.A.Ribnikova) evristik ta’lim nazariyasini ko‘tarib chiqib, o‘quvchilarni mustaqil ishlatish yo‘li bilan ularni faollashtirishga erishish mumkinligini asoslab berdilar.
O‘quvchilarni izlanishga undash suhbat asosida amalga oshiriladi. Har qanday izlanishga asoslangan suhbat jarayonida muammoli vaziyat yaratish ehtiyoji bor.
Bilimlarni muammoli yo‘l bilan bayon qilish o‘quvchilarning ijodiy imkoniyatlarini kengaytirishga, noma’lumni izlab topish jarayonida o‘zligini namoyon etishga imkon beradi. Muammoli ta’limda o‘quvchilarning faoliyati shunday tashkil etiladiki, ularda o‘rganilayotgan bilimlarga ehtiyoj tug‘diriladi. Bu metod o‘rganilishi ko‘zda tutilgan til hodisasini o‘quvchidan pinhon saqlaydi; unda bilishga ehtiyoj, zaruriyat tug‘iladi. Muammoli ta’lim o‘quvchilarning mustaqil ijodiy fikrlashini o‘stirishga qaratilgan. Bunday ta’lim esa rivojlantiruvchi ta’limdir.
Muammoli o‘qitish muammo yaratish (muammoni vujudga keltirish) bilan boshlanadi.
«Muammoli o‘qitish,–deb yozadi A.M.Matyushkin,–ta’limning boshqa tizimlari va metodlariga tamoman zid emas. Uning xususiyatlari ta’lim jarayonining ma’lum bosqichida–yangi bilimlarni o‘rganish jarayonida–yangicha faoliyat ko‘rsatish shartlari hamda usullarini o‘rganish bilan xarakterlanadi».
Muammoli darslarni quyidagi bosqichlar asosida tashkil etish mumkin:
– darsning boshlanishi. Bu bosqichda o‘quvchilarning o‘quv materialiga qiziqishlarini oshirishga oid ishlar qilinadi. O‘quvchilar oldiga mavzuga doir muammolar qo‘yiladi.
– mavzu bo‘yicha qo‘yilgan muammolar ustida o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikda ishlashi;
– o‘rganilgan bilimlarni qo‘llab, topshiriqlarni bajarish;
– mavzu yuzasidan yakunlovchi xulosa chiqarish.
Ona tili ta’limi jarayonida muammoli vaziyat quyidagi hollarda yuzaga keladi:

  • noma’lumni izlab topish, qiyinchilikni bartaraf etish zaruriyati tug‘ilganda;

  • ona tilidan egallangan bilimlarni yangi sharoitda qo‘llash ehtiyoji yuzaga kelganda;

  • muammoli topshiriq bilan uni bajarish usuli o‘rtasida nomutanosiblik vujudga kelganda.

Ona tili darslarida muammoli vaziyat yaratishning quyidagi usullaridan foydalanish mumkin:

Yüklə 61,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin