O‘zbek tilini o‘qitish metodlari tasnifi, turlari va mazmuni o‘zbek tilini o‘qitish metodlari tayanch tushunchalar


Tilga oid dalillarni tahlil qilish asosida muammoli vaziyat yaratish



Yüklə 61,11 Kb.
səhifə5/10
tarix07.01.2024
ölçüsü61,11 Kb.
#206444
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
boshlang\'ich sinnflarda ona-tili o\'qitish metodlari

1. Tilga oid dalillarni tahlil qilish asosida muammoli vaziyat yaratish. Til hodisalarini kuzatish tahlilning samarali shakli sanaladi. Bu usul yordamida muammoli vaziyat yaratish uchun o‘quvchilardagi mavjud bilimlarga asoslanib, noma’lum muammoni aniqlashni ularning o‘zlariga topshirish mumkin. Masalan, «Nutq tovushlari va ularning hosil bo‘lishi» mavzusini o‘tishda tahlil uchun quyidagi topshiriqlar o‘quvchilar hukmiga havola etiladi va muammoli vaziyat yaratiladi:
Har biringiz nutq tovushlarini hosil qilib ko‘ring.
Nutq tovushlarini hosil qilishda faol ishtirok etgan nutq uzvlarini sanang. Nega ular faol nutq tovushlari ekanligini isbotlang.
2. Til hodisalarini qarama-qarshi qo‘yish va taqqoslash asosida muammoli vaziyat yaratish. Taqqoslash, ayniqsa, til ta’limida muhim o‘rin egallaydi. Bu usul orqali til hodisalaridagi o‘xshash va farqli tomonlar aniqlanadi.
Mazkur usul bilan muammoli vaziyat yaratishni «Кo‘chirma gap» mavzusini o‘rganish misolida ko‘rib o‘taylik. O‘quvchilarga berilgan quyidagi gap juftlarini o‘qib, ularni qiyoslash va farqlarini aniqlash topshiriladi:
1. «Jurjon podshosi bo‘laman»,–dedi yigit. Yigit Jurjon podshosi ekanligini aytdi (Ertakdan).
Arslon podsho buyurdi: «Chaqimchini tutib o‘ldiring». Arslon podsho chaqimchini tutib o‘ldirishni buyurdi (Ertakdan).
«Toshkentga, – dedi Mirtemir, – 11 yoshimda kelganman». Mirtemir Toshkentga 11 yoshida kelganligini aytdi.
Gaplar qiyoslangach, «Siz qanday gaplarni ko‘chirma gap deb tushunasiz?» degan muammoli savol o‘rtaga tashlanadi.
Til hodisalarini umumlashtirish orqali muammoli vaziyat yaratish. Umumlashtirish aqliy faoliyatning eng murakkab usuli bo‘lib, u ona tilini induktiv yo‘l bilan o‘qitishga asoslanadi. Induktiv yo‘l esa til hodisalarini kuzatish, tahlil qilish, guruhlash kabilar asosida umumlashmalar hosil qilish demakdir. O‘quvchi berilgan so‘z, so‘z birikmasi, gap va matnlarni kuzatib tahlil qilgach, muammoni yechishga tayyor bo‘ladi. Masalan, 5-sinfda «Undalma» mavzusi o‘rganilar ekan, o‘quvchilar zimmasiga ega bilan undalmaning farqini aniqlash va undalmaga mustaqil ravishda ta’rif berish vazifasi yuklatiladi. Odatda, birinchi muammo hal qilingach, ikkinchi va uchinchi muammoni hal qilishga o‘tiladi.

Yüklə 61,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin