d) senla, qiymataxta, tokqaychi
3. Qo‘shma so‘zlarning imlosi haqidagi qaysi hukm noto‘g‘ri? a) qo‘shma so‘zlarning qismlari bir-birini izohlasa qo‘shib yoziladi.
b) ikki yo uch so‘z qo‘shilmasdan hosil bo‘lgan turdosh otlar doim qo‘shib yoziladi.
c) qo‘shma fe’l qismlari ajratib yoziladi.
d) xona, noma, poya, sifat kabi so‘zlar bilan yasalgan qo‘shma ot va sifatlar qo‘shib
yoziladi.
4. Qo‘shib yoziladigan qo‘shma so‘z qaysi qatorda berilgan? a) hech qachon
b) har qanday
c) bir zumda
d) qo‘zi qorin
5. Yangi imlo qoidasiga ko‘ra qo‘shib yoziladigan so‘zlar qatorini toping. a) ko‘pdan ko‘p, ochiqdan ochiq, ko‘chama ko‘cha
b) hamma vaqt, har kim, hech qachon
c) to‘q sariq, tim qora, liq to‘la
d) askar boshi, kino rejissor, jigar rang
М ustaqil ta’lim O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi
nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora –tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan
vazifalarning amalda bajarilishi bo‘yicha tilshunos va adabiyotshunos olimlarning fikr va
mulohazalari bayon etilgan maqolalari bilan tanishish.
3-MAVZU. O‘ZBEK TILINING LEKSIK QATLAMLARI Reja: 1.So‘z – leksikologiyaning o‘rganish obyekti sifatida.
2.So‘zlardagi bir ma`nolilik va ko‘p ma`nolilik.
3. Ijtimoiy leksika.
4.Sohaviy leksika.
Наг qanday tilni o‘rganayotgan paytingizda,
eng avvalo
, sizni qurshab turgan narsa va
hodisalarning amaliy hayotingiz bilan bog‘liq bo‘lgan
turli xil harakati
,
holatlari
, belgi va
xususiyatlarining shu
tilda qanday ifodalanishini
, nomlanishini bilishdan boshlaymiz. Ma'lum bir
tildagi ana shunday so‘zlar yig‘indisi shu tilning lug‘at tarkibini tashkil qiladi.
Leksika atamasi ikki ma'noda qo‘llaniladi:
a. tilning lug‘at tarkibi, so‘zlar yig‘indisi;
b. lug‘at tarkibini o‘rganuvchi tilshunoslikning alohida bo‘limi.