O’zbek tilshunosligi kafedrasi I. Pardayeva O’zbek tilshunosligi tarixi



Yüklə 1,77 Mb.
səhifə70/88
tarix04.10.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#152259
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   88
portal.guldu.uz-O’ZBEK TILShUNOSLIGI TARIXI

Identiv o’quv maqsadlari:

    1. Elbekning «Lug’at va atamalar» asari bilan tanishtiradi.

    2. Olimning «O’zbek shakldosh so’zlar lug’ati» haqida fikr yurtiiladi.

    3. O’zbek to’la so’zligiga haqida so’z yuritiladi.

2-Asosiy savolning bayoni:
«Chig’atoy gurungi» asosan til, alifbo, imlo masalasi bilan shug’ullanar ekan, ular dastlab unutilgan turkiy so’zlarni qayta tiklashga kirishdilar. Shuning uchun 20-yillar matbuotida «chechak», «ochun», «yozoq», «egmak» kabi arxaik so’zlar qo’llanila boshladi.
Ularning maqsadi o’zbek tilining lug’at boyligini kengaytirish, tilni ichki imkoniyat yordamida rivojlantirish bo’lib, bu harakatlar milliy adabiy til yaratish borasidagi dastlabki ijobiy urinishlardir. «Bir ulusning dunyoda borliqqa chiqara turg’on narsasi, shubhasiz, uning milliy narsalari va tili bo’lg’usidir» degan Elbek o’z faoliyatining asosiy qismini o’zbek tilining lug’at boyligini o’rganishga qaratadi.
Elbek yot so’zlarni turkiylashtirishga harakat qilar ekan, tilimizdagi chalkashliklarga barham berish maqsadida lug’at va atamalarni jamlab, gazetaning 1923 yil 5 sentyabrdan 23 noyabrigacha 10 ta sonida 550 ta turkiy so’zni yot muqobillari bilan «lug’at va atamalar» nomida bergan.
Masalan:


Turkiy o’zga
1) Tegra-to’garak doira
2) Avay ehtiyot
3) Yut qahat
4) Boshqarma idora
5) Buyurma hukumat
6) Bosqoq noyib
7) Yozoq maktab

Elbekning mazkur lug’ati, tabiiy, ob’ektiv holatdan kelib chiqib tayyorlangan edi:


1. bu davr matbuotida ayrim arabcha, forscha, ruscha so’zlarning turkiy ekvivalenti noto’g’ri qo’llanilayotgan edi. Jumladan «inqilob» o’rnida «o’zgarish» so’zi qo’llanilib, bu «tag’yir» so’zining tarjimasidir.
Olim «inqilob» o’rnida «to’ntarish» so’zini qo’llashni tavsiya etadi.
2. Matbuotda bir o’rinda bir necha so’z va atamalar qo’llaniladi. Shubhasiz, ularni qat’iy tartibga tushirish zaruriyati sezildi. Masalan, «qasaba» (arabcha, kichik shahar ma’nosida) va «bo’lis» (volost, ya’ni katta qishloq ma’nosida) so’zlari aralash bir-birining o’rnida ishlatilgan. Elbek ularning o’rnida kent so’zini qayta tiklashni tavsiya etadi.
Maktab darsliklarida ham termin xilma-xilligi mavjud bo’lgan. Masalan, arabcha «zuli» so’zi «tomon» ma’nosini ifodalasa ham, Toshkentda buning o’rnida «qobirg’a» so’zi qo’llanilgan. Yoki «musallas» o’rnida Toshkentda «uchlik», Farg’ona vodiysida «uchburchak» terminlari ishlatilgan. Elbek bunday holatga barham berib, darsliklarda termin bir xilligiga erishishni taklif qiladi.
3. Arab, fors, rus tillaridan kirgan o’zlashma so’z va atamalarga o’zbekcha muqobil topish, ularning qo’llanishini ta’minlash, matbuot xodimlarini bunday so’zlar bilan tanishtirish. Chunonchi, 20-yillarda faol bo’lgan «mamnu’», «ixtilol», «muxtoriyat», «ittihod» kabi arabcha so’zlarning oddiy xalq uchun tushunarli bo’lgan «qatag’on», «qo’zg’olon», «erkinlik», «birikma» kabi muqobillari bo’lgan. Bular arabcha so’zlarning ma’nolarini to’la ifodalaganligi bois olim ularni iste’molga kiritish ma’qul degan fikrni olg’a suradi.
4. «Chig’atoy gurungi» tomonidan qo’llanila boshlagan sof turkiy so’zlarni Elbekning matbuot sahifasida berishdan asosiy maqsadi bu so’zlarni xalqqa kengroq yoyish, ayni paytda ilm ahlidan bu borada fikr olish va munozara asosida noto’g’ri qo’llanilayotgan so’zlarga barham berishdir.
Elbek 1924 yildan boshlab tildagi omonim so’zlarni to’play boshladi. Xuddi shu o’rinda tilshunos Elbek bilan shoir Elbek faoliyati bir nuqtaga birlashadi:
O’t, o’t ichidan, o’ting bor bo’lsa,
Yot yot ichida, kuching yo’q ersa,
Eng eng ichida, yoning kelishsa,
Yon yon ichida, yoning kuyishsa.
Olim 1933 yilda «O’zbekcha shakldosh so’zlar lug’ati» va «O’zbekcha ma’nodosh so’zlar lug’ati» nomlari bilan asarini bosmaga tayyorladi. «O’zbekcha shakldosh so’zlar lug’ati» (1934, 22 fevral, Samarqand) 1500 nusxada bosib chiqdi. Ikkinchisi nashr etilmay qoldi. Lug’atda jami 416 shakldosh so’z bo’lib, ular alifbo tartibida berilgan. Omonim so’zlarning 2 tadan 7 tagacha ma’no ifodalashi sharhlangan. Bu ma’nolarni tasdiqlash uchun 20-30 yilarda ijod qilgan Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, G’afur G’ulom va boshqa mualliflarning asarlari, halq og’zaki ijodi namunalaridan manba sifatida foydalangan.
Masalan: Chaman
1. Sekin yuruvchi, yurishi bilan kishini zeriktiruvchi ulov, yoxud, kishi. Yugurikning zidi.
Misol: Bug’doy edim samon bo’ldim,
Yugrik edim chaman bo’ldim
«Shayboniyxon» dostonidan.

2. Gulzor, gullar ochilg’on er.


Misol: Asrimizdir buyuk chaman
Sira zulum sezmaysan.
Ergash «Yillar» she’rlari to’plamidan
En.

  1. Kenglik, yonig’a bo’lg’on kenglik. Masalan, chitning eni bir gaz chamasida bo’lg’oni holda, bo’yining necha o’n gazlab bo’lishi mumkin.

  2. Mato, yungdan to’qulg’on. Ko’pincha bu narsa tuya yungidan to’qilib undan ko’prak chakman yasalar edi. Bizda o’rencha eni mashhurdir.

  3. Tamg’a, nishon, Alomat, belgi. Hayvonlarning badaniga bostirila turg’on ishorat. Masalan jonivorlarning har birining o’ziga maxsus eni bo’lib, yo’qolg’on molini shu en orqali topib oladi. En hayvonning qulog’in har xil shaklda kesuv yoxud qiziq temirni badanga har xil suratda bosuvdan iboratdir.

Elbek lug’atni albatta o’sha davrda mavjud bo’lgan leksikografik tamoyillar asosida tuzgan.Lug’at bilan tanishgan A.K.Borovkov, K.K.Yudaxin, A.Fitrat, U.Tursunlar uni nashrga tavsiya etganlar.
Elbekning mazkur lug’ati o’zbek lug’atshunosligi tarixida qimmatli asar bo’lib, u ba’zi so’zlarning ma’nolarini va etimologiyasini aniqlashga ham ko’maklashadi.
O’zbek xalqi dostonlarga boy. Xalq dostonlari tili esa bitmas tuganmas xazina. Ularning kuylanish ohangi-yu, so’zlar jilosi hayratomuz. Shuning uchun Elbek xalq dostonlari tilini birinchilardan bo’lib maxsus tadqiq etdi. Olim adabiy tilda va xalq dostonlari tilida turli ma’noda qo’llanuvchi so’zlarni to’plab, «O’zbek to’la so’zligiga materiallar» nomi bilan nashr ettiradi.
Lug’atda asosan turli hayvon, qushlar, o’simlik, ot anjomlari nomlarini ifodalovchi so’zlar sharhlanadi.

Nazorat topshiriqlari:



  1. «Lug’at va atamalar»ning yuzaga kelishidagi holatni izohlang.

(kategoriya-analiz)

  1. Lug’atning o’zini sharhlang.

(kategoriya-analiz)

  1. «O’zbekcha shakldosh so’zlar lug’ati»ning lug’atchilikda tutgan o’rnini izohlashga harakat qiling.

(kategoriya-analiz)

  1. «O’zbek to’la so’zligiga materiallar»ning hozirgi o’zbek tili tahliliga munosabatini sharhlang.

(kategoriya-analiz)


G’ozi Olim Yunusov, Ulug’ Tursunov va o’zbek tilshunosligi.
“G’ozi Olim Yunusov, Ulug’ Tursunov va o’zbek tilshunosligi mavzusidagi ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi




Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin