40 minut
4
|
Mustahkamlash va baholash bosqichi:
Berilgan ma’lumotni talabalar tomonidan o’zlashtirilganini aniqlash uchun quyidagi savollar beriladi:
1. G’ozi Olim Yunusov va o’zbek tilshunosligi.
2. Ulug’ Toshmuhammedovich Tursunov va o’zbek tilshunosligi
3. O’zbek tili tarixiga oid qanday asarlarni bilasiz?
4.2. Eng faol talabalar (baholash mezoni asosida) baholanadi.
|
O’qituvchi,
15 minut
|
5
|
O’quv mashg’ulotini yakunlash bosqichi:
5.1. Talabalar bilimi tahlil qilinadi.
5.2. Mustaqil ish topshiriqlari beriladi
5.3. O’qituvchi o’z faoliyatini tahlil qiladi va tegishli o’zgartirishlar kiritadi.
|
O’qituvchi,
10 minut
|
Reja:
G’ozi Olim Yunusov va o’zbek tilshunosligi.
Ulug’ Toshmuhammedovich Tursunov va o’zbek tilshunosligi
Tayanch tushuncha va iboralar:
O’rta Osiyo turklarining yangi alifbosi, o’zbek urug’lari, qatag’onlar va ularning tili, o’zbek lahjalari, o’zbek lahjalarining tasnifi, o’zbek lahjalarining tasnifidan bir tajriba, o’zbek-qipchoq lahjasi, turk-barlos lahjasi,Xiva-Urganch lahjasi, til bilimida yangi oqim, fe’llarning yasalishi, so’z turkumlarining yasalishi, fe’l darajalari, so’ng ko’makchilar, ravishdosh shakllarining xususiyatlari, o’zbek terminologiyasining ba’zi masalalari, terminologiyaning boyish yo’llari epitet to’g’risida, Alisher Navoiy va o’zbek adabiy tili, o’zbek adabiy tili tarixi va boshqalar.
1-asosiy savol bo’yicha o’qituvchi maqsadi:
G’ozi Olim Yunusovning hayoti bilan qisqacha tanishtirish. O’zbek shevalarini o’rganishda olimning tutgan o’rnini sharhlash. G’ozi Olim Yunusov va o’zbek tilshunosligi masalasini qayd etish.
Identiv o’quv maqsadlari:
Talabalarni G’ozi Olim Yunusov hayoti bilan qisqacha tanishtiriladi.
G’ozi Olim Yunusovning tilshunoslik faoliyatini sharhlaydi.
O’zbek lahjashunosligi sohasida olimning tutgan o’rnini qayd etadi.
G’ozi Olim Yunusov va uning o’zbek tilshunosligiga munosabatini belgilaydi
1-Asosiy savolning bayoni:
G’ozi Olim Yunusov 1893 yili Toshkentda tug’ilgan. Uning otasi Yunusmuhammad ustachilik bilan shug’ullangan. Shuning uchun oiladagi o’g’il ham otasiga hunarmandchilikda yordamchi bo’lgan.
G’ozi Muhammad o’zi yashagan mahallada boshlang’ich ma’lumotni olib, 1908 yilda Qohiraga borib o’z o’qishini davom ettirdi. 1914 yildan boshlab Istambulda Turkiya universitetiga borib o’qiydi. Uni 1915 yil tugatadi.
G’ozi Muhammad Toshkentda rus tilini ham qunt bilan o’rgangan edi. Shu bois uni 1916 yili Boltiq bo’yiga xizmatga oladi. Shu yilning oxirida xizmatdan Toshkentga qaytadi. 1923 yilda G’ozi Olim Buxoroga borib, Abdurauf Fitrat bilan topishadi.
Buxora bosmaxonasidan harflarni to’plab Toshkentga olib keladi va bu erda «Turkiston», «Qizil bayroq» gazetalarini chiqarishda ulardan foydalanadi. 1923-1924 yillarda birinchi savdo jamiyatida rais, Yustitsiya xalq komissarligida ma’sul xodim bo’lib ishlaydi. 1925 yili Samarqandda Xalq Maorif komissarligida ilmiy kotib bo’lib ishlaydi. O’zbekiston Xalq Maorif komissarligi til va terminologiya komitetida ilmiy ish olib boradi.
Ayni paytda Samarqand Davlat universiteti filologiya fakultetida dars beradi. 1931 yilda Toshkentga kelib, pedagogika institutida ma’ruzalar o’qiydi va xalq maorif komissarligining tilshunoslik bo’limida mudirlik qiladi.
G’ozi Olim Yunusovga 1930 yili Leningrad Sharqshunoslik instituti professorlik unvoni bergan edi. O’z xalqining og’zaki ijodini, tarixini urf odatini, tilini jon-dildan sevgan olim 1930 yilda E.D.Polivanov, H.Q.Ramazonov,H.Zarif, S.Zufarov, T.Ibrohimov kabi ilmiy xodimlarga boshliq sifatida respublikaning juda ko’p joylariga ekspeditsiya uyushtirdi. Xalqning bitmas-tugunmas xazinasini to’pladi. Boy manba asosida juda ko’p ilmiy asrlar yozdi. Biroq 1929 yildan boshlab unga hujum boshlandi. 1937 yil 6 avgust kuni uni «xalq dushmani», «dindor mulla» tamg’asi bilan qamoqqa oldi. Tengsiz olim Arxangelskiyning qarong’i va zax qamoqxonasida Vatandan yiroqda 1942 yil 5 mayda hayotdan ko’z yumdi.
G’ozi olim o’zbek shevalarini o’rganishga bag’ishlangan ishlari bilan bir qatorida, o’zbek shevalarini ham 1936 yili guruhlashtirdi. O’zbek shevalarini olim avvalo uch lahjaga ajratdi: 1) o’zbek-qipchoq lahjasi, 2) turk-baolos laxjasi, 3) Xiva-urganch laxjasi. Bu laxjalarni shevalarga bo’ladi. Chunonchi, o’zbek-qipchoq laxjasini to’rt (qirq, jaloyir-laqay, qipchoq-gurlan), turk-bolos lahjasini ham to’rt(sayram-chimkent, toshkent-xos, Andijon, Namangan), Xiva-urganch lahjasini ikki (xiva, qorluq) shevalariga ajratadi.
O’zbek-qipchoq laxjasiga Mirzacho’l, Samarqand, Zarafshon, Buxoro atroflarida , Surxondaryoda yashovchi o’zbeklar shevasi kiritiladi. Shuningdek ularning vakillari Xorazm, Andijon, Namangan, Qo’qon tumanlarida uchrashi qayd etiladi. Qoraqalpog’istonning ba’zi tumanlarida, Tojikiston va Afg’oniston hududida ham bu sheva mavjudligi ta’kidlanadi.
Olim bu laxjaning fonetik va morfologik xususiyatlarini sharhlab ko’rsatadi. Chunonchi, Y-J (yol-jol), Q-G’ (qulaq-qulag’), K-G (kok-kogi), P-B (qap-qab’), G’-V (tag’-tav), G’,G-Y (tegdi-tiydi, yg’’n-jyn), so’z oxirida Q,G’ (sar,tor) tushib qoladi
Jo’nalish kelishigi qo’shimchasi -g’a, -ge,-qa,-ke,(balag’a, uyge, atqa, itke) ba’zan –e,-a (eneme, tang’a), chiqish kelishik qo’shimchasi –tan,-ten, -dan, -den, -nan, -nen, tushum kelishik qushimchalari –n, -ni,-t,-ti,-d,-di va h.k.
Turk-barlos laxjasiga Toshkent, Qo’qon, Namangan, Andijon, Marg’ilon shaharlarida va shu shaxarlar atrofida yashovchi o’zbeklar shevasi kiritiladi. Ayni paytda Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Zarafshon vodiysida ham kam darajada bo’lsa-da mazkur sheva vakillari iste’qomat qilishi takidlanadi. Chimkent, Sayram, O’zgan, O’sh shahar shevalarining ham shu shevaga mansubligi qayd etiladi. Mazkur lahjaning o’ziga xos jihatlari, boshqa lahjalardan tafovutlanuvchi morfologik xususiyatlari ko’rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: |