92
mas’uliyat Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga
yuklatilgan.
Òashqi muhit bilan o‘zaro bog‘lanmagan va uning ta’sirida
bo‘lmagan tirik organizmning hayotini tasavvur etish mumkin
emas. Òashqi muhit omillari jonli (inson) organizmiga uch xil:
minimal, optimal va maksimal darajada ta’sir etadi. Yuqorida
aytilganlardan shular kelib chiqadiki, neft va gazni qayta ishlash
korxonalarida jihozlarni o‘rnatish va ta’mirlash ishlarida ham har
xil turdagi chiqindilar havoga va suvga tashlanadi.
Neft va gaz sanoati boshqa sohalardan o‘zining ish
sharoitining o‘ta xavfliligi bilan ajralib turadi. Agar ishlab
chiqarishda noto‘g‘ri munosabatda bo‘lsak, unda noxush
hodisalarga: portlash, yonish, zaharlanish, hattoki o‘lim
holatlariga ham olib kelishi mumkin.
Bu borada neft va gazni qayta ishlash tizimida ishlab chiqarishni
to‘g‘ri tashkil etishda mehnat va atrof-muhitni muhofaza etish
choralarini amalga oshirish talab etiladi.
Mehnatni to‘g‘ri tashkil etish borasida maxsus ishlab chiqarish
korxonalar tomonidan standart (yo‘riqnoma)lar ishlab chiqiladi.
Shuningdek, har bir jihoz va tizimga moslashtirilgan holda
qo‘llanma va yo‘riqnomalar ishlab chiqiladi.
Mehnatni to‘g‘ri tashkil etishdagi asosiy e’tibor insonlarga
qaratilgan bo‘lib, ish yuritishni bajaruvchi va ta’minlovchi
hisoblanadi.
Mehnatni to‘g‘ri tashkil etishda inson mehnatini muhofaza
qilish bo‘limlari tashkil etilib, barcha soha va mutaxassislar bo‘yicha
ish yo‘riqnomalari bilan ta’minlanadi. Ishlarni xavfsiz olib borish
uchun: yonilg‘ini, olovli va gaz xavfi bor ishlarni to‘g‘ri tashkil
etish, o‘zaro birinchi yordam ko‘rsata bilish, yong‘in
moslamalaridan foydalana bilish, elektr qurilmalaridan to‘g‘ri
foydalanishni taqozo etadi.
Neft va gazni qayta ishlash tizimida atrof-muhitning eng ko‘p
miqdorda (75—80%) ifloslantiruvchi hisoblanadi, ya’ni yiliga bu
korxonalardan 4,0
mln tonna chiqindi chiqishi yuqoridagi
fikrimizning yaqqol dalilidir.
Neft va gazni qayta ishlash sanoatida o‘rnatilgan quvur va
jihozlarni mos tanlash, ularning germetik holatlarini to‘liq
ta’minlash va joriy sozlash ishlarini doimiy olib borish maqsadga
93
muvofiq hisoblanadi. Bular uchun ham yo‘riqnomalar
tayyorlangan.
Respublikamizdagi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
bu ishlarni har doim nazorat qilib turadi.
Sinov savollari
1. Atrof-muhit muhofazasi nima?
2. Òirik organizm bilan tashqi muhitning qanday aloqalari bor?
3. Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan nimalar qilinadi?
4. Havoni toza saqlash kimning vazifasi?
5. Jihozlarni ta’mirlashda nimalarga ahamiyat berish kerak?
6. Jihozlarni ta’mirlash uchun qanday me’yoriy hujjatlar bo‘lishi
kerak?