O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus òA’lim vazirligi o‘RÒa maxsus, kasb-hunar òA’limi markazi



Yüklə 249,06 Kb.
səhifə52/64
tarix07.01.2024
ölçüsü249,06 Kb.
#201854
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   64
Neft va gaz1-hozir.org

8.3. Ekstraktorlarning tuzilishi
Kolonnali ekstraktorlar. Suyuqlik-suyuqlik sistemasiga
mo‘ljallangan kolonnali ekstraktorlar, o‘z navbatida, ikki guruhga
bo‘linadi: 1) qo‘shimcha energiya berilmaydigan jihozlar;
2) tashqaridan qo‘shimcha energiya beriladigan jihozlar. Birinchi
guruhga sochib beruvchi, nasadkali
va g‘alvirsimon ekstraktorlar, ikkin-
chi guruhga esa rotorli, pulsatsion,
vibratsion va boshqa ekstraktorlar
kiradi.
Suyuqlikni sochib beruvchi ji-
hozlar ichi bo‘sh silindrsimon
kolonnadan iborat, bunda fazalar-
dan bittasi yaxlit oqim bilan,
ikkinchisi faza esa qarama-qarshi
yo‘nalishda mayda tomchilar hola-
tida harakat qiladi. Bunday jihozlar
oddiy tuzilishga ega, biroq ularning
samaradorligi esa kam. Nasadkali
ekstraktorlarning tuzilishi absorbsiya
va rektifikatsiya uchun ishlatiladigan
kolonnalarga o‘xshash jihozlardan
farq qilmaydi.
Neft mahsulotlarini tozalash
uchun hozirda sanoatda ko‘ðincha
g‘alvirsimon tarelkali ekstraktorlar
ishlatiladi (29- rasm). Bunday qu-
rilma vertikal silindrsimon qobiq (1)
va quyilish qurilmalari (3) bo‘lgan
g‘alvirsimon tarelkalar (2) ga ega.
Kolonnaning ishlashi quyidagicha
boradi. Og‘ir faza (OF) shtutser (4)
orqali kolonnaga uzluksiz beriladi,
yaxlit oqim bilan pastga harakat
qiladi va shtutser (7) orqali
tashqariga chiqadi. Yengil faza (F)
uzluksiz ravishda shtutser (6) orqali
29-rasm. G‘alvirsimon
ekstraksion kolonna:
1vertikal silindrsimon qobiq;
2– g‘alvirsimon tarelkalar;
3– quyilish qurilmalari;
4, 6– og‘ir va yengil fazalar;
a– fazalarni ajratuvchi sath;
5, 7– shtutserlar.



86
kolonnadagi pastki tarelka (2) ning osti qismiga beriladi. Ushbu


faza tarelkadagi teshiklar orqali o‘tganida mayda tomchilarga ajraladi.
Òomchilar ko‘payish kuchi ta’sirida yaxlit faza ichida yuqoriga
harakat qiladi va tarelka zonasiga yetganida o‘zaro qo‘shilib, suyuqlik
qatlamini hosil qiladi. Bu qatlam tirgovich qatlam deb yuritiladi.
Bu qatlamdagi suyuqlik tarelkaning teshiklari orqali o‘tib yana
tomchilar hosil qiladi. Jihozda yaxlit faza bitta tarelkadan
ikkinchisiga quyilish qurilmalari (3) yordamida o‘tadi.
Shunday qilib, bitta kolonnada ko‘p marta suyuqlikning mayda
tomchilarga parchalanishi va ular qo‘shilib, suyuqlikning tirgovchi
qatlamni hosil qilishi yuz beradi. Eng yuqorigi tarelkadan ko‘tarilib
chiqayotgan tomchilar qo‘shilib, yengil suyuqlik qatlami –
ekstrakt (F) ni hosil qilib, fazalarni ajratuvchi sath a ga ega bo‘ladi
va jihozdan shtutser (5) orqali tashqariga chiqariladi. Og‘ir faza
(rafinat) jihozning pastki qismiga joylashgan shtutser (7)
yordamida jihozdan uzatiladi.
Òarelka teshiklaridan chiqayotgan tomchilarning tezligiga ko‘ra,
tomchi hosil qilishning uch rejimi bor: 1) notekis tomchi hosil
bo‘lishi (kichik tezliklarda); 2) bir tekisda tomchi hosil bo‘lishi
(tezlik biroz ortganda); 3) suyuqlikning kichik oqimlar bilan
chiqishi (katta tezliklarda). Òajribalarning ko‘rsatishicha,
g‘alvirsimon tarelkalarning eng samarali ishlashi uchun dispers
fazaning teshiklardan o‘tish tezligi 0,15¼0,30 m/s bo‘lishi kerak
ekan. Bunday tezlikda suyuqlikning kichik oqimlar hosil qilish
rejimi mavjud bo‘ladi. Òarelkalar oralig‘idagi masofa 0,25¼0,60
m qilib olinishi mumkin. Yaxlit fazaning tarelka ustunidagi
balandligi 0,2 m atrofida bo‘lsa, modda o‘tkazish jarayoni tez
ketadi. Òarelkadagi teshiklarning diametri, odatda, 3¼6 mm
bo‘ladi.
Òarelkali ekstraktorlar ichi bo‘sh va nasadkali kolonnalarga
nisbatan birmuncha samarali ishlaydi.
Agar dastlabki eritma va erituvchi zichliklari oralig‘idagi farq
100 kg/m
3
dan kam va fazalar o‘rtasidagi sirt taranglik kuchi katta
qiymatga ega bo‘lsa, bunda kontakt yuzasini ancha oshirish uchun
tashqaridan energiya beriladigan, ya’ni mexanik aralashtirgich
bilan jihozlangan ekstraktorlar ishlatiladi. Mexanik aralashtirish
diskli, turbinali, parrakli va shu kabi aralash-tirgichlar yordamida
amalga oshiriladi.



87
Òashqaridan energiya beriladigan ekstraktorlar qatoriga birinchi


navbatda rotorli jihozlar kiradi. Bu turdagi ekstraktorlarning
dastlabki variantlardan biri Shaybelkolonnasi hisoblanadi. Bu
kolonna ketma-ket joylashgan aralashtirish 1 va tindirish 2
seksiyalardan tashkil topgan. Aralashtirish seksiyalarida valga
biriktirilgan aralashtirgichlar 3 o‘rnatilgan. Òindirish seksiyalari
nasadkalar (masalan, katta katakli qilib to‘qilgan to‘rlar) bilan
to‘ldiriladi.

Yüklə 249,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin