88
9.1. Umumiy tushunchalar
Nam moddalarni qurituvchi agent yordamida suvsizlantirish
jarayoni
quritish deb ataladi. Bu jarayonda namlik bug‘lanish yo‘li
bilan qattiq faza tarkibidan gaz (yoki bug‘) fazasiga o‘tadi.
Nam moddalarni quritish jarayonini
sanoatda tashkil etish
katta ahamiyatga ega. Quritilgan materiallarni transport vositasida
uzatish arzonlashadi, ularning tegishli
xossalari yaxshilanadi,
qurilma va quvurlarning korroziyaga uchrashi kamayadi.
Moddalarni uch xil usulda: mexanik, fizik-kimyoviy va issiqlik
yordamida suvsizlantirish mumkin.
Mexanik usul bilan suvsizlantirish – tarkibida ko‘p miqdorda
suv tutgan moddalarni quritish uchun qo‘llaniladi.
Bu usul bilan
suvsizlantirishda namlik siqish yoki sentrifugalarda markazdan
qochma kuch yordamida ajratib olinadi. Odatda, mexanik yo‘l
bilan namlikni ajratish – moddalarni suvsizlantirishda birinchi
bosqich hisoblanadi. Mexanik suvsizlantirishdan so‘ng
yana bir
qism namlik qoladi, bu qolgan namlikni issiqlik yordamida, ya’ni
quritish yo‘li bilan ajratib chiqariladi.
Fizik-kimyoviy usul bilan
moddalarni suvsizlantirish
laboratoriya sharoitlarida ishlatiladi. Bu usul suvni o‘ziga tortuvchi
moddalar (masalan, sulfat kislota, kalsiy xlorid)
dan foydalanishga
asoslangan. Yoðiq idish ichida suvni tortuvchi modda ustiga nam
modda joylashtirish yo‘li bilan uni suvsizlantirish mumkin.
Issiqlik ta’sirida suvsizlantirish (quritish) kimyo, neft va gazni
qayta ishlash sanoatida keng ishlatiladi. Quritish ko‘pchilik
ishlab
chiqarishning oxirgi, ya’ni tayyor mahsulot olishdan oldingi
jarayon hisoblanadi. Ayrim ishlab chiqarishda moddalarni
suvsizlantirish ikki bosqichdan iborat bo‘lib,
namlik avval arzon
jarayon hisoblangan mexanik usul bilan, so‘ngra qolgan namlik
quritish yo‘li bilan ajratiladi. Modda
tarkibidan namlikni bunday
murakkab yo‘l bilan ajratish usuli jarayonning samaradorligini
oshiradi.
Dostları ilə paylaş: