89
Quritish ikki xil (tabiiy va sun’iy) yo‘l bilan olib boriladi.
Moddalarni ochiq havoda suvsizlantirish
tabiiy quritish deyiladi,
bu jarayon uzoq vaqt davom etadi. Sanoatda moddalarni
suvsizlantirish uchun sun’iy quritish usuli qo‘llaniladi,
bu jarayon
maxsus quritkich qurilmalarida olib boriladi.
Quritilishi lozim bo‘lgan moddalar uch turga bo‘linadi: qattiq
(donali, bo‘lak-bo‘lakli, zarrachali); pastasimon; suyuq
(eritmalar va suspenziyalar).
Issiqlik tushuvchi agentning quritilayotgan modda bilan o‘zaro
ta’sirlashuv usuliga ko‘ra quritish quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Konvektiv quritish – nam modda
bilan qurituvchi agent
to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro aralashadi.
2. Kontaktli quritish – issiqlik tashuvchi agent va nam modda
o‘rtasida ularni ajratib turuvchi devor bo‘ladi.
3. Radiatsiyali quritish – issiqlik infraqizil nur orqali tarqaladi.
4. Dielektrik quritish – modda yuqori chastotali tok maydonida
qizdiriladi.
5. Sublimatsiyali quritish – modda muzlagan holda,
yuqori
vakuum ostida suvsizlantiriladi.
Oxirgi uchta usul sanoatda nisbatan kam qo‘llaniladi va odatda
quritishning maxsus usullari deb yuritiladi.
Quritishning turlaridan qat’iy nazar, jarayon davomida modda
nam gaz (ko‘ðincha havo) bilan o‘zaro ta’sirlashib turadi.
Konvektiv quritish usuli sanoatda keng qo‘llaniladi, bu jarayonni
amalga oshirish uchun materialga nam havo ta’sirining
ahamiyati
katta. Shu sababli nam havoning asosiy parametrlarini o‘rganish
muhim ahamiyatga ega.
9.2. Absorbsiya usulida gazni quritish
Ushbu usulda asosan suyuq sorbentlar (yutuvchi) qo‘shilib,
tabiiy gaz tarkibidan turli xil komponentlarni ajratishga
mo‘ljallangan.
Absorbsiya usulida gazni quritish texnologiyasi gaz tarkibidan
namlikni yo‘qotish bilan ham amalga oshiriladi.
Absorbentlar tariqasida gazlarni
quritishda shunday moddalar
qo‘shilishi kerakki, zanglashni kamaytiruvchi, kam qovushoqli,
namligi katta, barqarorlashtiruvchi uglevodorodlar bilan qiyin
90
aralashadigan tomonlarni o‘ziga jam qilishi kerak. Absorbentlar
sifatida, asosan, glikol birikmalardan etilenglikol (C
2
H
6
O
2
),
dietilenglikol (DEG) (C
4
H
10
O
3
), trietilenglikol (ÒEG)
(C
6
H
14
O
4
) ishlatiladi.
Keltirilgan moddalar eng kichik qaynash haroratiga ega bo‘lib,
ularni tiklash davrini kamaytiradi.
Quritish davrida harorat pasayishi
bilan glikollarning
qovushoqligi ortadi. Shuning uchun jarayonni 283 K dan pastga
tushirmaslik kerak yoki ko‘ðincha qovushqoqlikni kamaytirish
uchun butil karbinol, benzoil sðirti qo‘shiladi.
Jarayon rejimi haroratni kolonnalarda DEG uchun 437 K
(164°C), ÒEG uchun, 473 K (200°C) ushlab turish kerak.
Adsorbsiya usulida gazni quritishda gazdagi namlik va bug‘larni
quruq yutuvchi komponent (adsorbent)larni qo‘shish
bilan amalga
oshiriladi.
Adsorbentlar sifatida xlorli kalsiy, aktivlangan aluminiy oksidi,
selikagellar ishlatiladi.
Ushbu adsorbentlar ham mexanik va termik jihatdan
mustahkam zanglashni kamaytiruvchi kamyob bo‘lmagan
mahsulotlar bo‘lib, to‘yingach almashtirilib turishi kerak.
Dostları ilə paylaş: