3.Xorazmshohlar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot. XII asr Xorazm, umuman, O‘rta Osiyot arixi uchun iqtisodiy-ijtimoiy hayoti, davlatchilik, ma’naviyat jihatdan eng rivoj topgan davrlaridandir. Qo‘lyozmalarni o‘rganish, XI-XII asr boshlarida bu erda hunarmandchilik, shahar qurilishi, savdo-sodiq, madaniyat, ilm-fan, san’atning turli sohalari yuqori darajada rivoj topganini tasdiqlaydi. O‘sha davr sayohatchilari, mualliflarining ta’kidlashicha, Movarounnahr, jumladan, Xorazm o‘lkasi butun islom olamida eng taraqqiy etgan boy va ko‘rkam, ma’naviy yuksak o‘lkalardan bo‘lgan.
Arxeologik tadqiqotlarning natijalari shuni ko‘rsatadiki, Xorazmda qadim zamonlarda ham yirik shaharlar mavjud bo‘lib, arablar istilosi arafasida Xorazm, Kat, Jurjon, Zamaxshar, Hazorasp, Darg‘on kabi shaharlari bilan tanilgan.
Xorazmliklar qadim zamonlarda chorvachilik, baliq ovlash, don etishtirish, paxtachilik, bog‘dorchilik kabi kasblar bilan shug‘ullanib kelganlar. Mazkur qishloq xo‘jalik ishlarini amalga oshirish uchun Xorazmda sun’iy sug‘orish inshootlaridan foydalanilgan. Xorazm iqtisodiyoti, madaniyati va fanning rivojlanishi uning jo‘g‘rofiy joylashishi, ya’ni Xorazmning ba’zi shaharlarini savdo yo‘llari, jumladan, “Buyuk ipak yo‘li” bilan ham bog‘liq bo‘lganligi bilanham belgilanadi. Katta hududda markazlashgan yirik siyosiy birlikning vujudga kelishi tufayli, davlatning siyosiy mavqei ortdi, unda hunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlandi, shaharlar yuksaldi. Xo‘jalikning turli sohalaridagi
o‘sish umumiy iqtisodiy va madaniy taraqqiyot uchun omil bo‘ldi.
Movarounnahr va unga yondosh hududlarda Marv, Buxoro, Samarqand, SHosh (Toshkent), Xo‘jand, Banokat, Balx, Kesh, Nasaf, Axsikat, Niso, Jand, O‘tror, O‘zgand, O‘sh, Isfijob, Termiz, Taroz kabi shaharlarni misol tariqasida ko‘rsatish mumkin. Xorazmshohlar davlatining poytaxti Gurganj shahri ayni paytda yirik iqtisodiy va madaniy markazga aylandi. Aholi gavjum bu ulkan shaharda hunarmandchilik ustaxonalari va savdo rastalari bir-biriga ulanib ketgan edi. Bundan tashqari Hazorasp, Kat, Xushmisan, Darg‘on, Sovakon, Nuzkat, Mang‘ishloq kabilar o‘sha kezlarda Xorazm hududidagi obod shaharlar jumlasidandir.
Shaharlar rivoji uchun savdo, jumladan, xalqaro savdo muhim o‘rin tutgan. Xorazm davlatining savdo karvonlari nafaqat o‘z hududi bo‘ylab, balki undan tashqariga - Hindiston, Arab mamlakatlari va Evropaga ham qatnagan Xorazmshohlar davlatida ichki va tashqi savdo ehtiyojlari uchun maxsus oltin dinor va mis chaqalardan iborat tangalar turli shaharlarda zarb qilingan va ular keng muomalada bo‘lgan.
Butun o‘rta asr turkiy-islom davlatlarida davlat xazinasidan foydalanmaganlar, ya’ni xalq raiyat hisoblanardi. Raiyatning vazifasi yuqoridan berilgan buyruqlarni so‘zsiz bajarish va soliq to‘lashdan iborat edi. Aslida islom dinida huquqiy jihatdan “barcha musulmonlar tengdir”. Biroq, shunga qaramay, tarixiy va ijtimoiy shart-sharoit taqozosi bilan shakllangan tushunchalarga muvofiq, raiyat diniy yo‘l-yo‘riqlarga rioya qilish bilan bir qatorda, davlat mansabdorlariga itoat etishi lozim edi. Hukmdor esa, o‘z navbatida, raiyatning hayotini, mol-mulkini va or-nomusini himoya etish, uni muayyan bir farovonlikka erishtirish uchun mas’ul bo‘lgan. Xorazm sultoni Takishning ba’zi farmonlarida raiyatga nisbatan adolatli bo‘lish, dehqonlarning manfaatlarini himoya qilish va soliq olishda qonunlarga rioya etish to‘g‘risida amr etilgan. Jaloliddin Xorazmshoh ham qiyin ahvolga tushib qolgan dehqonlarni soliqlardan ozod qilish to‘g‘risida farmon bergan. Jumladan, Takishning munshiysi (shaxsiy kotibi) Muhammad Bog‘dodiy “At-tasviri ila-t-tarassul” (“Muhim nomalar bitish yo‘l yo‘riqlari”) asarida o‘sha davrdagi ahvolni tasvirlaydi va Xorazmshoh Takishning Sirdaryo viloyati noibi Jaidga topshirig‘ini keltiradi. Unda shoh noibiga aholining turli tabaqalari bilan munosabatlarni quyidagicha o‘rnatishni buyuradi:
1. Sayidlar (Muhammad avlodidan) kamchilik ko‘rmasligi, ularning
eg‘tiyoji va tabbarukligi darajasidan kelib chiqqan holda
taminlanishlari lozim;
2. Imom va ulamolar shariatdan kelib chiqilgan holda sovg‘a-salom va
turli imtiyozlarga sazovor etilishlari lozim;
3. Qozi va boshqaruvchilar qonunga rioya etib, adolatni talab
qilishlari kerak;
4. So‘fiy va ularga yaqin kishilar shunday ta’min etilsinlarkim, toki
ular engilmas davlatimiz uchun bemalol duo o‘qisinlar;
5. Obro‘li oqsoqollarga g‘amxo‘rlik qilib turish kerak;
6. Noibga bo‘ysunuvchi amaldor va sarkardalarga qat’iy boshchilik
qilish, aholini talamasliklari uchun haqini o‘z vaqtida berib
turish zarur;
7. Xudoga ishonuvchilarni qo‘llab-quvvatlash va ularga aholining xulqini kuzatib yurishni topshirish lozim.
Oddiy va karvon yo‘llari yaxshi qo‘riqlangani uchun ichkiva tashqi savdo juda rivojlangan. Gurganj savdogarlari noyob mollarini Bog‘dodga va hatto olis Andalusga olib borib sotar edilar. Rashididdin Vatvotning Iroqdagi Xorazm noibiga maktubida Usmon ibn Ismoil Xorazmiy ismli savdogarga g‘amxo‘rlik qilishi so‘ralgan. Abul Fath ibn Hasan SHoshiy ismli savdogar Samarqanddan karvon bilan Andalusga borib savdo qilgan. Amudaryoning ikkala sohiliga joylashgan Gurganj shahri, chamasi daryodan to‘g‘on bilan ajratilgan. Mo‘g‘ullar kelgach, to‘g‘onni buzib,shaharni suvga bostirgan. Etti oy davom etgan qamal vaqtida ham shahar ancha vayron bo‘lgan, albatta. Suv bosganida va urush-qirg‘inlardan faqat shayx Najmiddin Kubro bilan Sulton Takish maqbaralari, shuningdek, Alouddin Muhammadning qizi, Ko‘shki Ohjuq (qasri) va bozorning bir qismi omon qolgan.
Mo‘g‘ullar istilosiga qadar Gurganj juda obod, aholisi juda gavjum, zich edi. Zakariyo Qazviniy yozishicha, Gurganjda aholi ko‘pligidan ko‘chalar, bozorlarda odamlar bir-biriga urilar, o‘tish qiyin edi. Tanura va Maydon mahallalari, Qobilon darvozasi nomlari manbalarda esga olinadi.