O`zbekiston davlatchiligi tarixi” fani bo`yicha O`quv – uslubiy majmuasi tuzuvchi: B. Ismailov


Amir Temur va temuriylar davri shahar madaniyati



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə67/68
tarix24.10.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#160317
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68
ўзбек давлатчилиги тарихи

Amir Temur va temuriylar davri shahar madaniyati.

Amir Temur davrida Movarounnaxrda aholining yashash darajasi va sharoiti yaxshilangan. YAgona markazlashgan davlatning shakllanishi va rivoj topishi bilan oddiy aholining tinch va osuda yashab, mehnat qilishiga shart-sharoitlar yaratildi. Amir Temur saltanat poytaxti Samarqand shahrini mudofaa qudratini oshirish bilan birga (1370 yildayoq mudofaa devori barpo etiladi), shaharda obodonchilik va qurilishlarga katta e’tibor karatdi. Amir Temur o‘z poytaxti Samarqand jamolini tubdan o‘zgartirishga qaror qilib, uning atrofiga Bog‘i Jamol, Bog‘i Dilkusho, Bog‘i CHinor, Bog‘i Behisht va Bog‘i Nav kabi 12 ta bog‘ni barpo ettiradi. SHuningdek, Samarqand atrofiga qishloqlar barpo etib, ularni jahonning eng go‘zal shaharlarining nomi (Bag‘dod, Damashq, Misr, SHeroz, Sultoniya, Madrid va Parij bilan atadi.
Nafaqat poygaxt Samarqandda, shu bilan birga, ulkan saltanatning boshqa ko‘plab shaharlarida ham maxobatli saroylar, masjidu madrasalar, savdo do‘konlari, ko‘priklar va boshqa imoratlar bino kildirdi. Mamlakatning qon tomiri bo‘lmish savdo yullarini kayta tamirlab, karvonsaroylar, rabotlar, sardobalar va hammomlar qurdirdi. Tijorat ahliga keng yul ochib, xazina hisobidan sarmoya uchun qarzlar berdi. Ko‘ishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun dehqonlarga urug‘lik etkazib, suv inshootlarini ta’mirlab, ayrim joylarda yangidan kanal va ariqlar kazdirdi. Mamlakatning iqtisodiy ahvolini kutarishda savdoning ahamiyati beqiyos ekanligini tushungan hukmdor bozorlar, rastalar, timlar, kurdirdi hamda turli-tuman ustaxonalar barpo etib, xalq hunarmandchilik san’atini rivojlantiradi.
“Temur tuzuklari”da Amir Temur o‘z mamlakatini boshqarishda aholini ma’lum ijtimoiy qatlamlarga bo‘lganligini ham aytib o‘tishimiz kerak. Ular, asosan, o‘n ikkita guruhga bo‘lingan. Bular quyidagi ijtimoiy toifalar:

  • sayyidlar, olimlar va shayxlar;

  • katta tajribaga ega ilmli kishilar;

  • duo qiluvchi takvodorlar;

  • lashkarning sipoxlari, sarxang va amirlari;

  • askarlar va xalq ommasi;

  • davlat boshqaruv ishlarini ipidan-ignasigacha biladigan maslahatguy dono va aqlli kishilar;

  • vazirlar, kotiblar, devon boshlig‘i;

  • tibbiyot ahli, munajjim va muxandislar;

  • muxaddislar va muarrixlar;

  • tasavvuf vakillari va oriflar;

  • hunarmandlar va san’atkorlar;

  • ajnabiy sayyoxlar va savdogarlar.

Yuqoridagi ijtimoiy qatlamlar Amir Temur davlatining ma’muriy-boshqaruv tizimidagi tartiblar bi lan aloqador holda uning harbiy-siyosiy xarakterda bo‘lganligini ham ko‘rsatib turibdi.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin