110
O‘zbekiston Respublikasining qonun
manbalari
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
1. Yuqoridagi parchalarda keltirilgan huquqiy-normativ hujjat lar ni
ajratib ko‘rsating.
2. 1- parchadagi qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish
nima sababdan zarur bo‘lib qolgan deb o‘ylaysiz?
3. Keltirilgan huquqiy-normativ xujjatlarning jamiyatimiz hayoti
uchun zarurligini asoslab berishga harakat qiling.
1
2
3
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining
ayrim qonun xujjatlariga iqtisodiy munosabatlar va tadbirkorlikni
rivojlantirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar
kiritish
to‘g‘risida”gi qonunidan: Qonunga muvofiq O‘zbekiston Res-
publikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi (25.05.2000y.),
“Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi (15.09.2006y.), “Mikrokredit
tashkilotlari to‘g‘risida”gi (20.09.2006y.), qonunlariga, O‘zbekiston
Respublikasining Bojxona kodeksiga (20.01.2016y.) zarur o‘zgartish
va qo‘shimchalar kiritilgan.
Xalq so‘zi, 4.10.2018y.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va
tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash
chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qaroridan: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017- yil 9- avgustdagi “Ijro intizomi idoralararo yagona elektron
tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi F - 5017- son
farmoyishiga muvofi q vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati
organlari va boshqa tashkilotlarning “Ijro.gov.uz”
ijro intizomi
idoralararo yagona elektron tizimiga ulanishi ta’minlandi.
Xalq so‘zi, 6.10.2018y.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l harakati
xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish
samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Xalq so‘zi (Online), 23.05.2019y.
Dostları ilə paylaş: