ko‘rsatgichlari tekshiriladi.
Termostat kameralari, xom ashyo va tayyor maxsulotni yuborish tunnellarida
ishchilar qisqa vaqt bo‘ladilar, shuning uchun ularning balandligi 2,0 va 2,2 m
bo‘lishi mumkin.
Hajmiy-rejalashtirish yechimlari yana bir muxim talabni qondirishi kerak. Bu
esa xar bir ishchi uchun optimal binoning hajmi bo‘lishi kerak. Qancha bu hajm
kam bo‘lsa shuncha tez shamollatilishi lozim bo‘ladi. Qoidaga binoan har bir
ishchiga 15 m3 dan kam joy bo‘lmasligi kerak.
Agar bu joy kam bo‘lsa va u joy yaxshi shamollatilsa ham u yerdan zararli
komponentlarning o‘z vaqtida chiqishi kafolatlanmaydi. Agar bir kishiga 40 m3
joy to‘g‘ri kelsa, unda bu yerda sun’iy shamollatish uskunalarini o‘rnatishning
hojati yo‘q, tabiiy shamollatishning o‘zi yetarli bo‘ladi.
Qayta ishlash korxonalaridagi qurilmalar mavjud standart talablariga javob
berishi kerak:
qurilmalarni sexda joylashtirishda quyidagilarga e’tibor berish kerak: avariya
hollarining oldini olish;
texnologik jarayonlarning o‘zluksiz ishlashi;
montaj, ekspluatatsiya va remont qilganda ishning havfsizligi;
yong‘inga qarshi vositalarning bo‘lishi kerak.
yuqori bosimda ishlaydigan qurilmalarning germetikligini tekshirish kerak;
vakuum uskunalarni tekshirish, 0,2 Mpa bosim ta’sir qilib gidrovlik sinash.
kimyoviy va boshqa turdagi eritmalarni saqlaydigan, tashiydigan qurilmalar
ish vaqtida eritmalarni sachratmasligi kerak.
texnologik qurilmalar ( qizdirgichlar, qozon va avtoklavlar yaxshi germetik
bo‘lishi kerak.
transportyorlar, maydalagichlar va presslarni maxsus maydonlarga o‘rnatish
kerak.
nasos ishlatiladigan jarayonlarda, nasoslar blokirovka qurilmasi bilan
ta’minlangan bo‘lishi kerak (nasosga katta kuch, nagruzka tushganda u avtomatik
uchiradi).
- qurilmalarning harakatlanadigan qismlari yopilgan bo‘lishi kerak.
- ish joyidagi qurilmalarning isiydigan qismlarining harorati 45(S dan
oshmasligi kerak. Qurilmalarning ichki harorati 100(S bo‘lsa, ularning tashqi
korpusining harorati 35(S dan oshmasligi kerak. Sanitar maishiy xonalarga
qo‘yiladigan talablar: sanitar maishiy xonalarga garderob, xojatxona, yuvinish
xonasi, chekish joyi, go‘dak bolalarni ovqatlantirish xonasi, dam olish xonasi,
tibbiy xona, oshxona, administrativ-boshqaruv xonasi.
Sanitar maishiy xonalar ishlab chiqarish sexiga qo‘shimcha qilib
joylashtiriladi. Yoki alohida binoda joylashtiriladi, lekin maishiy xonalar bilan
ishlab chiqarish sexi o‘rtasida issitiladigan yo‘lak bo‘lishi kerak.
Bu xonalar sun’iy shamollatish qurilmalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
Iloji bo‘lsa xonalar tabiiy shamollatilishi kerak. Garderob, xojatxona, yuvinish
xonasi va shaxsiy gigiyena xonalarining pollari nam tortmaydigan, odam
sirg‘almaydigan, ochiq rangli va novlarga qiya qilib kafell terilgan bo‘lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: