O‘zbekiston endigina mustaqillikka erishgan 90-yillarning boshlarida yosh



Yüklə 244,65 Kb.
səhifə14/17
tarix19.12.2023
ölçüsü244,65 Kb.
#185429
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
O‘zbekiston endigina mustaqillikka erishgan 90 yillarning boshla (4)

Yong‘inga qarshi xavfsizlik 
Korxonada ishlovchi xar bir kishi yong‘inga qarshi xavfsizlik qoidalariga 

qat’iy rioya qilishi kerak va uni bilishi kerak. Yong‘inga qarshi xavfsizlik


qoidalariga binoan xamma binolar birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari bilan 
ta’minlangan bo‘lishi kerak. Birlamchi o‘t o‘chirish vositalariga o‘t o‘chirish
balloni, qo‘m solish uchun yashik, belkurak, chelak va boshqalar kiradi. Bino 
ichida yong‘inga qarshi suv quvurlari bo‘lishi kerak.
Elektr qurilmalari, yoritish lampalari portlamaydigan tipidan bo‘lishi kerak. 


Texnika xavfsizligi
Korxonaga keltirilgan xomashyoni transportdan tushirish va joylash shu 

ishlar uchun javobgar maxsus xodim rahbarligida bajariladi. Yuk tushirishda


ishtirok etuvchi ishchilar respirator va ko‘zoynak taqib olishlari kerak. 
Avtomashinada keltirilgan donni tushirish vaqtida panshaxa va belkurak bilan
ishlash alohida ehtiyotkorlikni talab qiladi. Chunki mashina ustida panshaxa va 
belkurak bilan ishlayotgan ishchilar beihtiyor bir-birlarining oyog‘ini yarador qilib
qo‘yishi yoki pastda turib mashinadan tushayotgan donni surib turgan ishchi 
qo‘qqisdan ikkinchisini urib yuborishi mumkin. Shuning uchun yaxshisi donni




samosvalda tashish kerak. Ko‘pincha zavodlarga don vagonda jo‘natiladi. U vaqtda
zavod (kombinat) territoriyasidagi temir yo‘l orqali motovoz, parovoz yoki 
teplovoz yordamida vagonlar urug‘ omborlari yoniga keltiriladi. Zavod temir yo‘li
atrofida begona, bu ishga daxli bo‘lmagan odamlar yurishi man qilinadi. Parovoz 
(motovoz) manyovr qilib yurgan vaqtda signal sistemasi yaxshi ishlashi kerak.
Zavod temir yo‘lida yuruvchi vagon, sisterna yoki platformaning tezligi 
belgilangan normadan oshmasligi kerak. Ishchilar vagonni itarib yurishlari qat’iy
man qilingan, chunki ular vagonlar orasida qolib ketishi, boshi va oyoq-qo‘llariga 
shikast yetishi, sinishi mumkin. Motovoz (parovoz)ga ulanmay yurgizilgan
vagonlarni to‘xtatish uchun ularning g‘ildiraklari tagiga kaltak, tosh, g‘isht yoki 
boshqa shunga o‘xshash narsalar qo‘yish man qilinadi.
O‘z-o‘zidan yuk tushiradigan Gondola, PS-57 yoki boshqa turli tipdagi 
vagonlarning tagi ochilgan vaqtda birdaniga to‘kilib ketgan don g‘arami odamni
bosib (ko‘mib) qolmasligi uchun tegishli choralar ko‘rish kerak. 
Agar o‘z-o‘zidan bo‘shatuvchi vagon bo‘lmasa, vagonlarda keltirilgai don
pnevmatik bo‘shatuvchi mashina (yoki qo‘l kuchi) yordamida pastga (tonnelga) 
to‘kiladi, so‘ng lentali transportyor yoki shnek orqali ombor (yoki bunt) ga.
yuboriladi. Shnekka, elevator yoki transportyor lentasiga urug‘ to‘kiladigan 
chuqurlarning usti ko‘zlarining diametri 50 mm li sim to‘r bilan yopib qo‘yilishi
kerak. Bu to‘r elevator, shnek yoki lentaning aylanuvchi qismlaridan 150 mm 
baland qilib o‘rnatiladi.
Omborlari yetarli bo‘lmagan zavodlarda don bunt (piramida) shaklida uyib 
qo‘yib saqlanadi. Donni buntlashda uning nishabi 45° bo‘lishi, buntning chetidan
0,5 metrcha joydagi donni zich qilib shibbalash tavsiya ztiladi. Uning balandlign 2 
metrga yetgach, urug‘ shibbalayotgan ishchini belidan arqon bilan bunt o‘rtasiga
o‘rnatilgan xodaga bog‘lab qo‘yish lozim. Har olti oyda bu ximoya arqonining 
pishiqligini tekshirib turish shart. Agar u 250 kg yukni 5 minut davomida
ko‘targanda o‘z o‘zunligidan 5% ga o‘zaysa, bunday arqonni darxol yangisi bilan 
almashtirish zarur.




Buntlardan don olishda uni buntning tepasidan tushira boshlash kerak.
Buntning tagidan kovlab don olish qat’iy man qilinadi, chunki u o‘pirilib tushib, 
baxtsiz xodisa yuz berishi mumkin.
O‘z-o‘zidan oqib tushadigan donlar (Soya, gorchitsa, kungaboqar va 
boshqalar doni)ni vagonlardan bo‘shatish vaqtida ishchilar don bilan tasodifan
ko‘milib qolishining oldini olish va bunga qarshi chora-tadbirlar ko‘rish 
kerak.Donni buntga strekoza va lentali transportyorlar orqali yetkazib berishda
elektr quvvatidan foydalaniladi. Bu mexanizmlarni bir joydan ikkinchi joyga 
ko‘chirish vaqtida rubilnikni o‘zib qo‘yish, motorlarni to‘xtatish kerak. Elektr
quvvati bor kabellarda remont ishlarini bajarish qat’iy man qilinadi. 
Xomashyo qabul qilib oluvchi, ularni ombor yoki buntlarga joylovchi yoki
tozalash sexiga topshiruvchi ishchilarning ko‘zi va nafas olish yo‘llarini changdan 
saqlash uchun ximoya ko‘zoynagi va respiratorlardan foydalanish tavsiya etiladi.






Yüklə 244,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin