Yong‘inga qarshi xavfsizlik
Korxonada ishlovchi xar bir kishi yong‘inga qarshi xavfsizlik qoidalariga
qat’iy rioya qilishi kerak va uni bilishi kerak. Yong‘inga qarshi xavfsizlik
qoidalariga binoan xamma binolar birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari bilan
ta’minlangan bo‘lishi kerak. Birlamchi o‘t o‘chirish vositalariga o‘t o‘chirish
balloni, qo‘m solish uchun yashik, belkurak, chelak va boshqalar kiradi. Bino
ichida yong‘inga qarshi suv quvurlari bo‘lishi kerak.
Elektr qurilmalari, yoritish lampalari portlamaydigan tipidan bo‘lishi kerak.
Texnika xavfsizligi
Korxonaga keltirilgan xomashyoni transportdan tushirish va joylash shu
ishlar uchun javobgar maxsus xodim rahbarligida bajariladi. Yuk tushirishda
ishtirok etuvchi ishchilar respirator va ko‘zoynak taqib olishlari kerak.
Avtomashinada keltirilgan donni tushirish vaqtida panshaxa va belkurak bilan
ishlash alohida ehtiyotkorlikni talab qiladi. Chunki mashina ustida panshaxa va
belkurak bilan ishlayotgan ishchilar beihtiyor bir-birlarining oyog‘ini yarador qilib
qo‘yishi yoki pastda turib mashinadan tushayotgan donni surib turgan ishchi
qo‘qqisdan ikkinchisini urib yuborishi mumkin. Shuning uchun yaxshisi donni
samosvalda tashish kerak. Ko‘pincha zavodlarga don vagonda jo‘natiladi. U vaqtda
zavod (kombinat) territoriyasidagi temir yo‘l orqali motovoz, parovoz yoki
teplovoz yordamida vagonlar urug‘ omborlari yoniga keltiriladi. Zavod temir yo‘li
atrofida begona, bu ishga daxli bo‘lmagan odamlar yurishi man qilinadi. Parovoz
(motovoz) manyovr qilib yurgan vaqtda signal sistemasi yaxshi ishlashi kerak.
Zavod temir yo‘lida yuruvchi vagon, sisterna yoki platformaning tezligi
belgilangan normadan oshmasligi kerak. Ishchilar vagonni itarib yurishlari qat’iy
man qilingan, chunki ular vagonlar orasida qolib ketishi, boshi va oyoq-qo‘llariga
shikast yetishi, sinishi mumkin. Motovoz (parovoz)ga ulanmay yurgizilgan
vagonlarni to‘xtatish uchun ularning g‘ildiraklari tagiga kaltak, tosh, g‘isht yoki
boshqa shunga o‘xshash narsalar qo‘yish man qilinadi.
O‘z-o‘zidan yuk tushiradigan Gondola, PS-57 yoki boshqa turli tipdagi
vagonlarning tagi ochilgan vaqtda birdaniga to‘kilib ketgan don g‘arami odamni
bosib (ko‘mib) qolmasligi uchun tegishli choralar ko‘rish kerak.
Agar o‘z-o‘zidan bo‘shatuvchi vagon bo‘lmasa, vagonlarda keltirilgai don
pnevmatik bo‘shatuvchi mashina (yoki qo‘l kuchi) yordamida pastga (tonnelga)
to‘kiladi, so‘ng lentali transportyor yoki shnek orqali ombor (yoki bunt) ga.
yuboriladi. Shnekka, elevator yoki transportyor lentasiga urug‘ to‘kiladigan
chuqurlarning usti ko‘zlarining diametri 50 mm li sim to‘r bilan yopib qo‘yilishi
kerak. Bu to‘r elevator, shnek yoki lentaning aylanuvchi qismlaridan 150 mm
baland qilib o‘rnatiladi.
Omborlari yetarli bo‘lmagan zavodlarda don bunt (piramida) shaklida uyib
qo‘yib saqlanadi. Donni buntlashda uning nishabi 45° bo‘lishi, buntning chetidan
0,5 metrcha joydagi donni zich qilib shibbalash tavsiya ztiladi. Uning balandlign 2
metrga yetgach, urug‘ shibbalayotgan ishchini belidan arqon bilan bunt o‘rtasiga
o‘rnatilgan xodaga bog‘lab qo‘yish lozim. Har olti oyda bu ximoya arqonining
pishiqligini tekshirib turish shart. Agar u 250 kg yukni 5 minut davomida
ko‘targanda o‘z o‘zunligidan 5% ga o‘zaysa, bunday arqonni darxol yangisi bilan
almashtirish zarur.
Buntlardan don olishda uni buntning tepasidan tushira boshlash kerak.
Buntning tagidan kovlab don olish qat’iy man qilinadi, chunki u o‘pirilib tushib,
baxtsiz xodisa yuz berishi mumkin.
O‘z-o‘zidan oqib tushadigan donlar (Soya, gorchitsa, kungaboqar va
boshqalar doni)ni vagonlardan bo‘shatish vaqtida ishchilar don bilan tasodifan
ko‘milib qolishining oldini olish va bunga qarshi chora-tadbirlar ko‘rish
kerak.Donni buntga strekoza va lentali transportyorlar orqali yetkazib berishda
elektr quvvatidan foydalaniladi. Bu mexanizmlarni bir joydan ikkinchi joyga
ko‘chirish vaqtida rubilnikni o‘zib qo‘yish, motorlarni to‘xtatish kerak. Elektr
quvvati bor kabellarda remont ishlarini bajarish qat’iy man qilinadi.
Xomashyo qabul qilib oluvchi, ularni ombor yoki buntlarga joylovchi yoki
tozalash sexiga topshiruvchi ishchilarning ko‘zi va nafas olish yo‘llarini changdan
saqlash uchun ximoya ko‘zoynagi va respiratorlardan foydalanish tavsiya etiladi.
|