O‘zbekiston endigina mustaqillikka erishgan 90-yillarning boshlarida yosh



Yüklə 244,65 Kb.
səhifə2/17
tarix19.12.2023
ölçüsü244,65 Kb.
#185429
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
O‘zbekiston endigina mustaqillikka erishgan 90 yillarning boshla (4)

Mavzuning dolzarbligi: Hozirgi kunda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va
mustahkamlash, jumladan don mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash 





texnologiyalarini rivojlantirish bilan uzviy bog‘liqdir. Iqtisodiy islohot izchil
amalga oshirilayotgan hozirgi davrda aholini oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan 
talabini to‘laroq qondirish va bu sohadagi ta’minotni sifatni tubdan yaxshilash eng
dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Saqlash jarayonlarida don mahsulotlariga texnologik, fiziologik va estetik
talablar qo‘yiladi. Turli maqsadda ishlatiladigan donlarning sifat ko‘rsatkichlari 
bir-birlaridan farq qiladi. Donning sifat ko‘rsatkichlari ma’lum birliklarda
ifodalanadi va standartlarda yakka yoki kompleks tartibda o‘z aksini topadi. Bunda 
donning namligi, iflosligi, unuvchanligi, ma’lum kimyoviy va organik
moddalarning miqdori, texnologik, agronomik, iqtisodiy va boshqa ko‘rsatkichlari 
e’tiborga olinadi. Saqlash jarayonlarida birorta omil e’tibordan chetda qolsa
mahsulot sifati buziladi. Bug‘doy donini saqlash to‘g‘ri tashkil etilsa, olinadigan 
mahsulotlar ham sifatli bo‘ladi. Mahsulotlarni miqdor jihatidan hamda sifatini
tushirmasdan har bir turini eng qulay sharoitlarda saqlashga erishish bugungi 
kunning talabi hisoblanadi. Bunda mahsulotlarni saqlash rejimi va usullarini ishlab
chiqish va mavjudlarini mukammallashtirish uchun saqlash nazariyasi va 
amaliyotini birgalikda olib borishni hamda ilmiy-amaliy asoslarini ishlab chiqish
hamda uni ishlab chiqarishga keng joriy etish mavzuning dolzarbligini ko‘rsatadi.





I Bob. Adabiyotlar sharhi 
Yetishtirilgan mahsulotni nes-nobud qilmasdan va sifatini pasaytirmasdan 
saqlash, undan unumli foydalanish qadimdan inson ehtiyojlarining asoslaridan biri
bo‘lgan. Ko‘chmanchi xalqlar yig‘ilgan meva va donlarni saqlash uchun maxsus 
yerto‘lalar qurishgan. Qabilalar o‘troq bo‘lib yashay boshlagan paytda ortiqcha
mahsulotlarni saqlash, shuningdek, zararkunandalardan asrashni o‘rgana 
boshlashgan.
O‘rta Osiyo, jumladan O‘zbekiston sharoitida ham qadimdan qishloq xo‘jalik 
mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashga e’tibor qaratilgan. Mintaqamizda ob-
havo yil va kecha -kunduz davomida o‘zgaruvchan bo‘lganligi sababli go‘sht, 
yog‘, sut, baliq, tuxum kabi mahsulotlar issiqda tez ayniydi, juda qattiq sovuqda
esa sabzavot va mevalar muzlab qoladi. O‘zbekistonda qishloq xo‘jalik 
mahsulotlarini saqlashning eng qadimgi usullaridan ko‘mib yoki osib saqlash, don
va un asosan qoplarda yoki qutilarda saqlangan. Donni saqlash va qayta ishlash 
korxonalari hozirgi holga kelgunicha uzoq rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi.
Ma’lumki o‘simlikning tuproq va o‘g‘itlardan o‘zlashtiradigan oziqa 
moddalar miqdori o‘simlik tarkibidagi azot, fosfor va kaliy miqdoriga qarab
aniqlanadi. A.X. Mamadaliyev keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra kuzgi bug‘doy doni 
tarkibidagi oziqa moddalar azot – 2,5 %, fosfor – 0,8 %, kaliy – 0,5 %, somon
tarkibida esa azot – 0,5 %, fosfor – 0,2 %, kaliy – 1,0 % ni tashkil etadi.
Donning
texnologik 
xususiyatlarini
xarakterlaydigan 
zaruriy
ko‘rsatkichlardan biri bug‘doy donidagi kleykovina miqdoriga va uning non 
yopish jarayonida asosan kleykovinani tashkil etgan oqsilning fizik-kimyoviy
tarkibidagi xususiyatlariga bog‘liq (Pumpyanskiy A.Y.,1971., Marushev A.I 1972). 
Don sifatining asosiy ko‘rsatkichlari don shakli, kattaligi, donni tekisligi,
uning tiniqligi, rangi, oqsilning sifati va miqdori kabilardir. Ko‘pgina olimlar 
tomonidan hosildorlikni oshirish, ko‘pincha don tarkibidagi oqsilning foiz
hisobidagi miqdorini kamayishiga olib keladi (Kodanev I.M, 1969, Omonov 



A.P.,1969, Lukyanenko P.,1975, Remeslo V.,1976, Haunald N.,1986). Mualliflar
bu dalilni zamonaviy navlarning xususiyatlari bilan, xususan hosil miqdori va don 
tarkibidagi oqsil o‘rtasidagi salbiy korrelyatsiya mavjudligi bilan tushuntirishadi.
O‘simlik turi va uning navi ma’lum bir tashqi muhit sharoitida shakllanadi va 
shu sharoitda biologik xususiyati yuzaga keladi. Demak, o‘simlikning tashqi
muhitga bo‘lgan talabini aniqlash uchun uni qaysi sharoitda shakllanishini bilish 
zarur. Don ekinlarini yetishtirish texnologiyasi – yuqori hosil yetishtirishni
ta’minlaydigan, ekinlarning biologik xususiyatiga mos keladigan agrotexnika 
tadbirlarning majmuasidir. Ataboyeva H. (2000). Ma’lumotlariga ko‘ra, jahon
bo‘yicha ekiladigan ekinlarning asosiy qismini ( 70% don ) ekinlari ( bug‘doy, 
sholi, makkajo‘xori, arpa, suli, javdar ) tashkil qiladi.
Yumshoq bug‘doyning doni tarkibida oqsili va yuqori sifatli yelimlilik 
moddasi ko‘p bo‘lgan navlari yaxshi hisoblanadi. Don tarkibida kamida 28%
yelimlilik moddasi va 14% proteini bo‘lgan bug‘doy navlari kuchli bug‘doy deb 
ataladi. Bezostaya 1, Mironovskaya 808, Belotserkovskaya 198, Saratovskaya 38,
Bezenchukskaya 98 va boshqalar ana shunday bug‘doy navlari jumlasiga kiradi. 
Bu borada Kazakov YE.D. (1987) va boshqalar qator ilmiy ishlarida bayon etgan.
Makaron, konditer sanoatlarini yuqori sifatli un bilan ta’minlash maqsadida 
qattiq bug‘doy navlarini xam ko‘paytirish lozim. Bu bug‘doyni Marvarid va Baxt
navlari ekilishini yetuk olimlarimizdan Z.Umarov, H.Ataboyeva, A.Alimov, 
T.Begmatov o‘z risolalarida (1994) tavsiya qilish mumkin deb yozishadi.
N.N.Zotova, V.L. Kretovich (1970), M.P.Popov (1984), N.I.Sosedov (1972 ) 
larning asarida yozilishicha, tirik donning ferment tizimi namlik va haroratga
bog‘liq holda o‘zining faolligini oshiradi yoki tushiradi. Bu donnning bioximik 
xususiyatlarida aks etadi, ularning yunaltirilganligi va o‘zgarish darajasi
saqlashning uslub va tartibiga bog‘liq.
M.P.Popov (1980) ning qayd qilishicha, don namlanganda proteaz faolligi
oshadi. Qizig‘i shundaki ayniqsa avval boshlab ko‘rtakning proteazlari oshadi. 
Don 14% nam bo‘lganda faollashadi. Ularning o‘sish faolligi namlik 20% ga
yetguncha davom etadi so‘ng sezilarli sekinlashadi, endospermada esa o‘sib 



boradi. Muallif hisoblashicha, bu fermentlarning ko‘rtakdan aleyron qatlam
vositasi orqali endospermaga yunaltirilgan ko‘chish natijasida bo‘lib o‘tadi.
V.L. Kretovich (1982), A.I.Oparin (1978) lar ham shunday fikr
tarafdorlari.Sovuq konditsiyalashda oqsilning proteaz ta’siri ostida sezilarli 
o‘zgarishi kuzatilmaydi. Shuning uchun haddan ziyod yelimlilikni zaiflashtirish
uchun donni 35-45
o
C haroratda ushlab chiqishadi.

Yelimlikning xususiyatini ko‘zlagan maqsadga binoan o‘zgartirish mumkin.


S.A.Gorshkov (1983) ning yozishicha yelimligi zaiflashgan don uchun 
shunday imkoniyatni namoyish etdi. Ma’lum bo‘lishicha, mahkam va normal
yelimlik bug‘doy donida ular oz miqdorda bo‘lsa ham 2.8 mk/ekv/g oqsil mavjud, 
donning o‘sishi bilan uning tarkibi tez qaytaradi. Saqlashda xam yelimlikning
sifatiga ta’sir etuvchi sul’fidgidril guruxlar va disul’fid bog‘lanishlarning ma’lum 
o‘zgarishi kuzatiladi.
M.F.Nestrin (1979) ning belgilashicha zararlangan kraxmal donlarining 
asosiy ta’minotchisi un tortish jarayonidagi maydalash tizimidir. Ularning undagi
tarkibi donning navi, saqlash uslubi va tartibiga bog‘liq. Eng ko‘p zararlanishi 15% 
namlmkda 1 tipdagi bug‘doyni sovuq konditsiyalashda yuz beradi. Shuningdek
ag‘darishning cho‘zilishi ham ta’sir etadi. Tez konditsiyalash kraxmal donalarining 
shikastlanishi oshadi. Saqlashda kraxmalning fermentativ xujumkorligi ham
o‘zgaradi. 
E.P.Mogucheva (1982) ning aniqlashicha saqlash ta’siri ostida ayniqsa tez
konditsiyalashda unda suvda eruvchi vitaminlar tarkibi sezilarli oshadi. 
A.P.Nechayev, J.Y.Sandler (1986) larning donning lipid kompleksi ham ancha
o‘zgaradi. Bu gidrolitik va oksidlovchi jarayonlarning rivojlanishi bilan bog‘liq 
holda hamda ularning oqsil va uglevodlar bilan o‘zaro ta’sirida yuz beradi.
To‘yinmagan yog‘li kislotalar miqdori oshadi, erkin lipidlar miqdori amalda 
o‘zgarmaydi. Lipidlarning oksidlanishga chidamliligi oshgani qayd etilgan. Yorma
tayyorlanadigan ekinlarni saqlashda ham oqsil va uglevodlarning mohiyatan 
o‘zgarishi kuzatiladi, albuminlar va globuminlar ko‘proq ta’sirchan. Saqlashning
qat’iy tartibi oqibatida oqsillar eruvchanligi kamayadi. 



G.A.Yegorov (1984) ning aniqlashicha kuchsiz va kuchli bug‘doyning
yelimligi ximiyaviy tarkibi bo‘yicha farq qilmaydi lekin aminokislotalar tuplami 
va gliadin va glyuteninlarning bir hil nisbatiga ega. Bug‘ to‘g‘ri tanlangan rejimda
uning xususiyatini maqsadga binoan o‘zgartirish imkonini beradi. 
YE.D.Kazakov va I.A.Saxarov (1978) bug‘doyni saqlashda, qoidaga ko‘ra
qobiqlar va aleyron qatlamining qalinligi oshadi, qattiq, o‘rtacha va zaif yelimlilik 
bug‘doy namunalari ko‘rinishida o‘zgarishlar tegishli ravishda 0-20 va 4.4-35.9%
dan iborat. Mualliflar qobiqlar va aleyronli qatlam qalinligini juda 
o‘zgaruvchanligini qayd qilishgan.
Unning nonboplik sifatini pasayishini keltirib chiqaradigan sabablarga eng 
avvalo namligi yuqori bo‘lgan vaqtda yig‘ib olinishi, donni noto‘g‘ri quritish,
noto‘g‘ri saqlash, donning unib chiqishi kiradi. V.L.Kretovich ma’lumoti bo‘yicha 
donni 120
o
C haroratdan oshirib quritish unning nonboplik xususiyatlarini 

yomonlashtiradi, bunda fermentlar ishdan chiqib, oqsillar ayniydi.


Ko‘p sonli ilmiy tadqiqotlar natijalariga qaraganda ma’dan o‘g‘itlarni qo‘llash 
kuzgi bug‘doyning donini sifat ko‘rsatkichlariga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatar ekan.
Shumakov B.A ma’lumotlariga ko‘ra, dondagi oqsil miqdorining kamayishiga 
nitratlarning tuproqning pastki qatlamlariga yuvilishi natijasida bug‘doy
o‘simligining o‘zlashtira olmasligi, shuningdek sug‘orish ta’sirida tuproq 
haroratining pasayishi sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi.
Keyingi yillarda barcha joylarda bug‘doy doni tarkibidagi oqsil miqdorining 
kamayganligi kuzatiladi. Buning uchun asosiy sabablaridan biri tuproqda o‘simlik
o‘zlashtiriladigan azot miqdorining yetishmasligidir. 
Rudenko A.I. , Vertiy S.A. va boshqalar , Pavlov A.N. , Buxarev X.B. ,
Sozinov A.A. larning yozilishicha, sug‘oriladigan maydonlarda ham lalmikorlikda 
yetishtirilgan yuqori oqsilli bug‘doy donidek don yetishtirish mumkin.
Don sifatini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri-don naturasidir. Don 
naturasi yordamida donning to‘laligi va un chiqish darajasini aniqlash mumkin.
Donning to‘laligini qancha yuqori bo‘lsa, un chiqish darajasi ham shuncha katta 
bo‘ladi .




Sug‘oriladigan yerlarda donning sifatini yaxshilashdagi mavjud muammolarni
texnologik jarayonlar yordamida hal etish mumkin. Kuzda ekilgan bug‘doy don 
sifatining pasayishi vegetatsiya sug‘orishlari o‘tkazilganda sodir bo‘ladi, ekishdan
oldingi nam to‘playdigan sug‘orishlar esa salbiy ta’sir ko‘rsatmay, ba’zi holda don 
sifatini yaxshilaydi.
G‘allazorlarning nam bilan ta’minlanishi yuqori bo‘lsa, don tarkibidagi oqsil 
va kleykovina, hatto non pishish xususiyatlarini pasaytiradi .
Strelnikova M.M. , Jmela G.P. ma’lumotlariga ko‘ra, sug‘oriladigan yerlarda 
don tarkibidagi oqsil va kleykovina miqdorining kamayishi, ayniqsa tuproqda azot
yetishmaganda donning to‘lishish davrida kuzatiladi. Bu davrda azotning asosiy 
qismi kuchli rivojlangan vegetativ organlarining hosil bo‘lishiga sarflanishi tufayli
don tarkibida oqsilning shakllanishiga yetishmaydi. 
Ko‘pgina o‘tkazilgan tadqiqotlarda don naturasi bilan un chiqishning bir-
biriga bog‘liqligi to‘g‘risidagi qonuniyat tasdiqlanmaydi . 
Strona I.G. fikricha, don naturasi bilan 1000 ta don vazni bir-biriga o‘zaro
bog‘lanmagan. Mayda, lekin bir tekisda to‘lishgan donlarning naturasi va 1000 ta 
don vazni yirik donlarnikiga nisbatan yuqori bo‘ladi.
Donning shakllanishi turli faktorlarning ahamiyatini baholashda har xil 
mulohazalar mavjud. Don shakllanishiga birinchi navbatda harorat, ikkinchidan
yog‘in-sochin miqdori va havoning namligi, uchinchidan agrotexnik chora-
tadbirlar o‘tmishdosh ekin, sug‘orish, o‘g‘it kabi omillar ta’sir ko‘rsatadi .
1000 ta don vazni- hosil strukturasi elementlaridan biri bo‘lib, u boshoq 
maxsuldorligini sezilarli darajada ta’sir etadi. Donlikning 1000 ta don vazni
o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillardan biridir. 
G‘alla ekinlarining boshoqlash davrida to‘liq pishishigacha bo‘lgan mo‘tadil
havo harorati (16-180S), maqbul tuproq va havo namligi donning yirik bo‘lib 
shakllanishiga sabab bo‘ladi, aksincha yuqori harorat va namning yetishmasligi
1000 ta don vaznini kamaytiradi . 
Don sifatining muhim ko‘rsatkichlardan biri donning shishasimonligidir. U
oqsil miqdori va donning texnologik xususiyatlari bilan uzviy bog‘liq . 



Shishasimon dondan yuqori sifatga ega bo‘lgan unning chiqishi yuqori
darajada bo‘ladi . 
Yog‘ingarchilik miqdori o‘rta va ko‘p bo‘lgan yillari don shishasimonligi
past, quruq kelganda esa yuqori bo‘ladi. Sug‘orish shishasimonlikning pasayishiga 
olib keladi .
V.G.Konarev (1980) ning yozishicha un haddan ziyod qizishi natijasida 
yelimlik bermaydi yoki juda kam beradi. Buning ustiga bunday yelimlik
yopishqoqlikdan mahrum. Unib chiqqan don uni fermentlar faolligini keskin oshib 
ketishi natijasida nonboplik sifatlarini yo‘qotadi.
G.A.Yegorov (1979), A.S.Ginzburg (1980) ning asarlarida ta’kidlashicha 
texnologik saqlash jarayonida donning namligini o‘zgartira to‘rib, kelgusida donni
un va yormaga qayta ishlashda yuqori texnologik va iqtisodiy samaradorligini 
ta’minlash uchun uning xususiyatlarini barcha kompleksini maqsadga binoan
o‘zgartirishga harakat qiladi. Xuddi shuning uchun qat’iy belgilangan o‘lchovda 
donninig texnologik xususiyatlarini ta’minlash uchun ham donning suv bilan
o‘zaro ta’siri jarayonining rivojlanish xususiyatlarini bilish zarur. Uglevodlardagi – 
OH va O
2
, oqsillarda esa NH; NH

2
; CONH

2
; OH lar shunday guruxlardan biri 
bo‘lib hisoblanadi.
B.O.Djangurazov, A.I.Starodubseva (1982) aytishicha donning suyoq 
xolatidagi suvni shimib olish xususiyatlariga ega. Birinchi bir necha sekundlarda
don 3-5% namlik singdiradi, keyin esa bir qancha vaqt mobaynida don namligi 
o‘zgarishsiz qoladi. Suvni mahkam saqlash va uni yuqolishini oldini olish uchun,
suv tez qo‘shilib ketadigan va mahkam bog‘lanadigan oqsil va uglevodli ko‘rtak va 
aleyronli qatlam, yuqori gidrofilli don qobig‘i tufayli ta’minlanadi.
V.L.Kretovich (1991) o‘z asarida endospermani yumshatishning quyidagi 
uch asosiy sabablarini oxirgi ilmiy ma’lumotlarida aniqladi.
1. Ichki nam o‘tkazish sabablari bilan bog‘liq holda endospermani 
boshlang‘ich tuzilmasini mikroyoriqlar bilan buzilishi;
2. Donni molekulyar darajada tubdan o‘zgartirishga sabab bo‘luvchi oqsil 
va boshqa biopolimerlarning shishishi;




3. Namlashda bug‘doyning ferment tizimini faollashtirish bilan bog‘liq
bioximik jarayonlar ; 
Bu uch sababning barchasi o‘z negiziga bitta narsaga bug‘doyning namligini
o‘zgartirishga ega. N.P.Kozina (1976) ning fikricha donini tinch holatda faol 
harakatga o‘tishida erkin holatdagi umumiy suv va namlik miqdorining jiddiy
namlik deb atalishi qabul qilingan. Sakkiz yil mobaynida saqlangan bug‘doy 
namunalaridagi uglevodlar tarkibiga ta’sir qilish va shu bilan birga saqlangan
bug‘doy namunalaridagi ma’lumotlar buyicha oqsil tarkibi o‘zgarmagan. Bu to‘liq 
tushunarli chunki uglevodlar tarkibiga ta’sir qilishga va shu bilan birga bu
komponentlar nisbatini o‘zgartirishga nafas oluvchi gaz almashinishi juda kam 
bo‘ladi. Lekin jiddiylikdan pastroq namlikda uzoq saqlanganda don oqsillarining
sekin-asta aynishi yuz beradi. Shu munosabat bilan 64 yil mobaynida shisha 
idishda laboratoriyada saqlanuvchi 1988 yil hosili bug‘doy donining xususiyatini 3
yil mobaynida saqlangan shu navdagi bug‘doy doni bilan taqqoslab o‘rganishi 
qiziqish to‘g‘diradi. Don unib chiqish kuchini to’liq yo’qotgan, o‘zgarganligini
oshkor etdi, ular normal non olish uchun zarur bo‘lgan reologik xususiyatga ega 
emas edi (1963).
Don texnologiyasi va bioximiyasi tomonidan denaturatsiya jarayoniga uch 
jihat sabab bo‘lmoqda.
Donni

quritishda


issiqlik 
bilan
denaturatsiyalangan 

don
ferment



kompleksining inaktivatsiyalanishiga sabab bo‘lishi mumkin, bu esa uning
texnologik xususiyatlarida katta o‘zgarishlar keltirib chiqaradi. 
Donni zahira oqsillarining issiqlik deportatsiyasi va ayniqsa bug‘doyning
nonboplik xususiyatini yuqotishga olib kelishi mumkin. 
Kurtak oqsilining issiqlik deportatsiyasi donlik donning unib chiqish
kuchining yo‘qolishiga olib keladi. 
Ovrachov K.YE. (1986) asarida yozishiga g‘alla va dukkakli ekinlar donini
saqlashga turli bioximik fizologik jarayonlarni rivojini va jadallashini aniqlovchi 
faol fermentlar kompeksiga ega. Don asosan kraxmal, oksil va lipidlardan iborat,




shu munosabat bilan birikmalarni gidrolizlovchi fermentlar muxim axamiyat
kasb etadi.
A.A. Sozipov, A.M. Keyfets (1973) larning yozishlaricha kraxmalning
parchalanishi va kandlar, dekstrinlar va boshqa suvda eruvchan strukturasiz 
komponentlarning to‘plami tez sodir bo‘ladi. Yelimlik chiqishi keskin pasayadi
va uning sifati yomonlashadi, qayishqoqligini yo‘qotadi, kam chuziluvchan, qisqa 
chuziluvchan donning faol lipazalari ta’siri ostida yog‘lardan hosil bo‘ladigan
ominli, menogenli tuyinmagan yog‘ kislotalari sababchi bo‘lib hisoblanadi. 
L.A.Trisvyatskiy va boshqalarning (1991) fikrlariga ko‘ra bug‘doy donining
uzoq muddatda saqlanishdagi un non yopilish sifatlari saqlash davrida donlarning
birlamchi xususiyati va belgilariga uzviy bog‘liqdir. Masalan yumshoq oynavand
bug‘doy navlari un olinadigan navlarga qaraganda yuqori chidamlilikka ega, 
yaxshi yetilgan yengil rejimda quritilgan va sovitilgan don uyumlari 10 yil va
undan uzoq muddatda un-non xususiyatlari deyarli uzgartirilmaydi. Turli keskin 
ta’mirlar donlarning qurishiga sabab bo‘ladi.
V.N.Chijov (1975) ning ma’lumotlariga ko‘ra bug‘doy uyumlarini saqlash 
davrida xar-xil tashki muxim sharoitning tezda ta’sir yetishni ularni saqlashga
chidamliligini juda pasaytiradi. Bug‘doy donning saqlashga uning ichki qismda 
kechadigan jarayonlar ustida kuzatish ishlarini olib borish qiyinlashadi, shu
sababli, o’z-o’zidan yonib ketish va xashoratlar bilan zararlanishini o’z vaqtida 
payqash qiyinlashadi.
V.Oripov va boshqalarining (1991) bergan ma’lumotlariga qaraganda
bug‘doy doni uyumga joylashtirishdan oldingi tayyogarlik ishlari xam katta
axamiyatga ega, ko’pchilik rivojlangan davlatlarning tajribasidan ma’lumki
donlar ochiq uyumda saqlanganda tuplangan xosil 10-30 % yuqotilishi mumkin.
Shuni yana bir marta ta’kidalash kerakli donlarni vaqtida uyumlarida saqlash bu
eng oxirgi choradir. Vatanimizning Janubiy mintakalarida oziqaviy moddalarni
saqlash zarur bo‘lib qolsa, uni ombor xonadan tashqarida ochiq yerda saqlash 
yaxshi natija beradi.




X.CH.Buriyev va boshqalarning (1997) bergan ma’lumotlariga qaraganda
bug‘doy donini uyumidagi tirik komponentlar ma’lum sharoitlarida o’zlarining 
xayotiy faolliyatini davom ettirib ularda gaz almashinuvilar nafas olishlar,
oziqlanish va ko’payishi kuzatiladi. Bu komponentlarning faol xayoti natijasida 
bug‘doy kamayishi kuzatiladi.
Bug‘doy doni va donlarni saqlash davrida unishi bu amliyotida ma’lum 
xodisa bo‘lib, xanuzgacha tegishli ravishda salbiy baxolangan emas. Ma’lumki
donning unishi va o’sishi nafas olish bilan uzviy boglangan bo‘lib, uning oqibatida
ko’p quvvat va quruq moddalar isrof bo‘ladi xamda texnalogik sifatlari
yomonlashadi. Xayitmazova YE.F. (1992)
Ma’lumotlarga qaraganda donlarni unishi natijasida katta miqdorda quvvat
issiqlik sifatida ajraladi xamda quruq moddalarning isrofgarchiligi esa 45-57 %
gacha boradi. Saqlanayotgan don donlarda o’sish imkoniyati cheklaydigan
tabiiy oqsillardan biri namlik bo‘lib o’sish uchun boshqa zarur sharoitlar qatorida 
xarorat kislorod don uyumlarini saqlashda ularda kechadigan fizologik
jarayonlarga ta’sir etuvchi omillar xisoblanadi. Xaitov R. va boshqalar (2000) . 





Yüklə 244,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin