O‘zbekiston endigina mustaqillikka erishgan 90-yillarning boshlarida yosh


IV Bob.Donni saqlashda kechadigan fiziologik jarayonlar



Yüklə 244,65 Kb.
səhifə9/17
tarix19.12.2023
ölçüsü244,65 Kb.
#185429
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
O‘zbekiston endigina mustaqillikka erishgan 90 yillarning boshla (4)

IV Bob.Donni saqlashda kechadigan fiziologik jarayonlar. 

4.1. Don massasining nafas olishi.
Saqlash davrida donning nafas olishi uning yashash faoliyatining muhim 
jarayonlaridan bo‘lib, tarkibida organik moddalarning oksidlanishi va hayot
faoliyatiga zarur energiyaning ajralib chiqishi uchun hujayra va to‘qimalarning 
kisloroddan foydalanishini ta’minlaydigan jarayonlar yig‘indisi hisoblanadi.
Don tarkibida bo‘lgan jamg‘arma organik moddalarning dissimilyatsiya 
bo‘lishi orqali energiya olib turishi natijasida tirik holda saqlanadi. Bu jarayon
asosan don tarkibidagi uglevodlarning dissimilyatsiya bo‘lishi natijasida amalga 
oshadi. Sarflanadigan uglevodlar o‘rni esa murakkab organik birikmalarning
oksidlanishi yoki gidrolizlanishi hisobiga to‘lib boradi. Kraxmalga to‘yingan 
donlarda esa fermentlar ta’sirida shakarga parchalanish nafas olish hisobiga amalga
oshirilsa, moyga to‘yingan donlarda esa moylar (yog‘ kislotalari) shakarlarga 
oksidlanadi. Don tarkibida uglevodlarning dissimilyatsiya bo‘lishi aerob yoki
anaerob achish yo‘li bilan amalga oshadi. 
Donning nafas olish jarayonida ma’lum miqdorda energiya ajralib chiqadi.
Ya’ni, nafas olish ekzergonik jarayon hisoblanadi. Donning nafas olishi sharoitga 
qarab aerob (kislorodli) va anaerob (kislorodsiz) bo‘lishi mumkin. Donga
kislorodning kirishi yetarli bo‘lgan taqdirda u aerob nafas oladi. Aerob nafas olish 
jarayonida suv va karbonat angidriddan tashqari bir molekula glyukozadan 2870 kj
energiya ajralib chiqadi. 
Erkin kislorod bo‘lmagan yoki kislorod kam bo‘lgan sharoitda don o‘zining
tarkibidagi organik va anorganik moddalarni parchalab hayot faoliyati uchun zarur 
energiyani anaerob nafas olish yo‘li bilan oladi. Ko‘pincha, bu jarayonni spirtli
achish deb yuritiladi va bunda geksoza to‘liq parchalanib, etil spirti va bir 
molekula geksozadan 234 kj energiya ajralib chiqadi.
Ayrim holatlarda anaerob nafas olish jarayonida spirtli bijg‘ish bilan birga sut 
kislotali bijg‘ishi ham qisman bo‘ladi va bunda geksozadan sut kislotasi hosil
bo‘ladi. Bunda bir molekula geksoza hisobiga 94,2 kj energiya ajralib chiqadi. 



Don massasini qulay holatda saqlaganda aerob nafas olish bilan birgalikda
anaerob nafas olish jarayoni ham sodir bo‘ladi, bu esa don massasini tashqi 
noqulay omillar ta’siriga moslashishiga olib keladi.
Nafas olish jarayonida ajralib chiqqan karbonat angidridning yutilgan 
kislorodga nisbati nafas koeffitsiyenti deb yuritiladi. Don massasida aerob nafas
olish jarayoni kechsa donning nafas koeffitsiyenti birga teng bo‘ladi. Anaerob 
nafas olish jarayonida esa kislorod sarflanmasdan karbonat angidridning ajralib
chiqishi ko‘payadi va natijada nafas koeffitsiyenti birdan yuqori bo‘ladi. 
Donning nafas olish koeffitsiyenti donning turi, uning tarkibida bo‘ladigan
barcha jarayonlarning tezligi, yo‘nalishi, namligi va boshqa omillarga bog‘liq 
bo‘ladi.
Elevatorlar hamda omborlarda saqlanadigan don massalarining nafas 
koeffitsiyenti don massasining tarkibidagi havo bilan tashqi muhitda havoning
almashinish darajasiga qarab birmuncha o‘zgarib turadi. Don massasi havo bilan 
to‘liq ta’minlanmagan taqdirda uning ichida karbonat angidrid va kislorodning
sarflanishi natijasida, don hujayrasida karbonat angidrid to‘planib donda anaerob 
nafas olish jarayoni kechadi. Bunda donning nafas koeffitsiyenti ham yuqori
bo‘ladi.
Qayta ishlanadigan hamda yem tayyorlanadigan donlarda anaerob nafas olish
jarayonlarining o‘tishi maqsadga muvofiqdir, chunki bunda kislorod kam bo‘lishi 
sababli donning nafas olishi pasayadi, energiya kam ajralib chiqadi. Bu esa don
tarkibidagi quruq modda miqdorining kamroq sarflanishiga olib keladi. Bu bilan 
don massasini havosiz joyda (germetik holda) saqlash usulining afzalligini
ko‘rsatish mumkin. Don massasini saqlash davrida nafas olish jarayoni natijasida 
don va don massasida bo‘ladigan dissimilyatsiya jarayonlari quyidagi
o‘zgarishlarga olib keladi: don tarkibidagi quruq modda miqdori kamayadi, 
donning gigroskopik namligi oshishi hisobiga don oralig‘idagi havoning nisbiy
namligi ko‘payadi, issiqlik miqdori oshadi, kislorod kamayib karbonat angidrid 
miqdori ko‘payadi.




Donning issiqlik o‘tkazish qobiliyati past bo‘lganligi sababli nafas olish
jarayoni natijasida ajralib chiqqan energiya don massasining ichida to‘planib 
qoladi va uning umumiy qizishiga olib keladi.
Don massasini saqlashni tashkil etishda uning barcha sifat ko‘rsatkichlarini 
to‘liq saqlash uchun imkoni boricha donning nafas olish jarayonini susaytirishga
erishmoq lozim. Buning uchun saqlashga tayyorlangan donlar barcha 
ko‘rsatkichlar bo‘yicha Davlat standartlari talabida bo‘lishi zarur. Don massasida
bo‘ladigan nafas olish jarayonlarining tezligi barcha don turlarining hammasida 
qariyib bir xil omillarga bog‘liqdir.
Donlarning nafas olish tezligiga uning namligi, harorati va havo almashinish 
darajasi kabi omillar, shu bilan birga uning biologik xususiyatlari ham ta’sir
ko‘rsatadi. 
Donning namligi qancha yuqori bo‘lsa, uning nafas olishi shuncha tezlashadi.
Nafas olishda quruq moddaning yo‘qotilishi namligi yuqori bo‘lgan donda bir xil 
haroratda bug‘doyda 4-8 marta, sulida 2-5 marta, makkajo‘xorida 8,5-17 marta
ko‘p bo‘lishi aniqlangan. Donning namligi 14-15% dan oshgandan so‘nggina, 
uning nafas olishi tezlashadi.
Donning nafas olishi uning haroratiga ham bog‘liq. Harorat 50-55
o
C ga

yetguncha nafas olish tezligi oshib boradi, undan yuqori haroratda don tarkibidagi


oqsil denaturatsiyasi boshlanadi va fermentlar faolligini yo‘qotadi, natijada don 
nobud bo‘ladi. Donning sovitilishi bilan uning nafas olishi sekinlashadi va 0
o
C da 

butunlay to‘xtaydi. Donni sovitib saqlashda ushbu xususiyatga asoslaniladi.


Donning tozaligi ham nafas olish jarayonida ma’lum ahamiyatga ega. Kuchli 
ifloslangan va begona aralashmalar ma’lum miqdordan oshgan vaqtda donning
nafas olishi tezlashadi. Donning mexanik shikastlanishi ham nafas olishni 
tezlatadi. Nafas olish jadalligiga donning fiziologik holati ham ta’sir ko‘rsatadi.
Pishmagan va yig‘ishtirilgandan so‘nggi pishib yetilish davrini o‘tagan donlarning 
nafas olishi tez bo‘ladi. Shu sababli yig‘ishtirib olingan don massasida o‘z-o‘zidan
qizish jarayoni erta boshlanishi uning nafas olish jadalligi bilan tushuntiriladi. 



Donning nafas olish jarayoniga uning botanik xususiyatlari ham ta’sir
ko‘rsatadi. Murtagi katta bo‘lgan donlarning (makkajo‘xori va b.) nafas olish 
tezligi katta bo‘ladi. Yumshoq bug‘doyning nafas olishi qattiq bug‘doynikiga
qaraganda tez bo‘ladi. 

Yüklə 244,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin