4.4. Saqlash davrida don va donning ko‘karishi.
Don va donning ko‘karishi ularni omborlarda saqlash davrida alohida
donlarda yoki ma’lum qism donlarda kuzatiladi. Saqlash davrida donning
ko‘karishi saqlash texnologiyasining buzilganligini bildiradi.
Donning ko‘karishi o‘simlikning rivojlanish bosqichi hisoblansada, uni
saqlash va qayta ishlashda salbiy jarayon hisoblanadi. Ko‘kargan donlarning
murtagi kattalashadi va bo‘rtib chiqadi. Uning to‘kiluvchanligi kamayadi,
xamirning yopishqoqligi pasayadi, suvda eruvchi moddalarning miqdori oshadi.
Bunday donning uni shirin ta’mga ega bo‘ladi. Donning ko‘karishidagi
biokimyoviy jarayonlarning asosiy ko‘rsatkichi fermentlarning faolligi bilan
belgilanadi.
Ma’lumki, donning ko‘karishi uchun yetarli darajada namlik, havo va
yorug‘lik kerak. Donlarning ko‘karishi ularning namlikni singdirishi hamda.
donning shishishi bilan boshlanadi. Donlarning nam singdirish xususiyati ulardagi
gidrofill kolloidlarning miqdoriga bog‘liq.
Oqsilga boy donlar o‘z zimmasiga nisbatan 150% namni, uglevodga boy
donlar-80%, moyga boy donlar-140% namlikni singdirish xususiyatiga ega
ekanligi isbotlangan.
Don 40-70% namlikni singdirganda ham, havo harorati past bo‘lganda ham
ko‘kara boshlashi mumkin. Ko‘pgina g‘alla ekinlarining doni boshqa sharoitlar
mavjud bo‘lganda 2-5
o
C da ham ko‘karadi. Ko‘pincha donlar yaxshi saqlanishi
uchun 10
o
C gacha harorat talab qilinadi. Shu sababli havoning haroraga donning
ko‘karishi uchun hal qiluvchi omil hisoblanmaydi.
Ko‘kargan donlar, shu bilan birga rangini o‘zgartirgan va shakli shishishi
natijasida bo‘zilgan donlar ham donli aralashmalarga kiritiladi.
Donning ko‘karishi mobaynida namlik ta’sirida va fermentlarning ishtirokida
murakkab moddalar oddiy moddalarga parchalanadi. Yaxshi saqlangan donda
kraxmal miqdori 73,95% bo‘lsa, ko‘kargan donda esa 17,15% bo‘lishi aniqlangan.
Qand miqdori esa yaxshi saqlangan donda deyarli bo‘lmagan, ko‘kargan donda esa
21,05% bo‘lgan. Bunday donda quruq modda miqdori ham kamayib ketadi va azot
miqdori nisbatan oshadi.
Saqlash texnologiyasiga qat’iy rioya qilgan holda donni ko‘karishining oldini
olish mumkin. Donning namligi muntazam ravishda omborning belgilangan
joylarida ko‘zatib borilishi, donli aralashmalar miqdorining don partiyasida
aniqlanishi ko‘karishni dastlabki davrlarda aniqlash imkonini beradi va uning
oldini olish tadbirlari ko‘rishni taqozo etadi.
|