chang chiqadi. Ushbu changlar zavod binolarini, atrof-muhitni ifloslontiradi,
Donni dastlabki aralashmalardan tozalash vaqtida asosan mineral
aralashmali changlar ya'ni iflosliklardan ajratib olinadi.
Mahalliy chang surgichlarga xar xil diametrli quvurlar bilan ulangan ventilyatorlar
xavoni markazdan qochirma chang tutgich (siklon)larga uzatadi.
Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda xom ashyoni texnologik qayta
ishlash jarayonlarida (yuvish va boshqa jarayonlarda) toza, ichimlikka yaroqli suv
ishlatiladi. Natijada juda ko'p miqdorda chiqindi suvi hosil bo'ladi,
u korxona
kanalizatsiyasi orqali tashqariga chiqariladi.
Kimyoviy preparatlarni ham asosan ekologik tozalarini qo'llab, ularni
ishlatilayotgan kuni dalaga olib kelib ishlatiladi. Idishlarni va ularni ishlatish bilan
bog'liq bo'lgan barcha uskunalar yaxshilab tozalanadi, yuvilgan suvi uchun maxsus
chuqur qozilgan bo'lib, ushbu chuqur dehqonchilik qilinadigan yerdan balandlikda
joylashadi. Idishlar kimyolashtirish idorasiga qaytarib topshiriladi. Idishlar
yuvilgan chuqurlikdagi qoldiq esa maxsus usulda neytrallashtiriladi.
Xo'jalik atmosferasi sof bo'lishi kerak. Xo'jalik atrofida yovvoyi
hayvonlardan quyon, tulki, bedana, tustovuq, qora qarg'a, kaptar,
chumchuq,
kalamush, yumronqoziq, sichqon va boshqalar saqlanib qoladi. O'z navbatida
ushbu holat xo'jalikda ekologik holatning bir muncha yaxshiligidan darak beradi.
Don tayyorlov punktlarida va don saqlash korxonalarida atrof-muhitni
himoya qilish bo'yicha boshlang'ich tashkilotlar bo'lib,
uning tarkibiga barcha
ishchi va xizmatchilar kiradi. Tashkilot yig'ilishlarida tabiatni muhofaza qilish
bo'yicha tadbirlarning yetarli darajada emasligi, uni yanada yaxshilash masalalari
muntazam ravishda muhokama etib boriladi.