qo‘llanilishi bug‘doy donining tarkibidagi iflos aralashmalar va begona o‘t donlari
miqdoriga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi hamda sifatli don hosili olishga imkon beradi.
Don massasini saqlash samaradorligini oshirish uchun tozalash muhim
ahamiyat kasb etadi. Bu tadbirlarning kompleks qo‘llanishi
don massasining
miqdor va sifat jihatdan qoniqarli saqlanishini ta’minlaydi. Donning
saqlanuvchanligini oshirish uning tarkibidagi begona va donli aralashmalar
miqdorini, zararkunandalarning mavjudligini va donning fizik hamda fiziologik
xususiyatlarini chuqur bilishni, kechadigan jarayonlarni
muntazam ravishda
aniqlab borishni, mavjud chora-tadbirlar kompleksini o‘z vaqtida sifatli
o‘tkazilishini taqozo qiladi.
Don massasini o‘z vaqtida turli xil begona aralashmadardan tozalash uning
saqlanuvchanligini oshiruvchi muhim tadbir hisoblanadi. Don massasidagi begona
aralashmalar organik va mineral xarakterga ega bo‘lib, ular ayrim fizik hamda
fiziologik xususiyatlari jihatdan ancha faol bo‘lganligi uchun dondagi kechadigan
fiziologik jarayonlarning jadalligini ancha oshiradi
hamda donni qayta ishlash
mahsulotlari (un va yormani) sifatining pasayishiga olib keladi. Dondagi begona
aralashmalar mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun asosiy manba hisoblanadi.
Don begona aralashmalardan turli o‘lchamdagi va shakldagi teshiklari bor
elaklar bilan jihozlangan don tozalash mashinalarida tozalanadi. Elaklar g‘alla
ekinlarining turiga, donning ishlatilish maqsadiga va aralashmalarning miqdoriga
qarab tanlanadi. Xo‘jaliklarda don massasidagi begona aralashmalarning miqdori
va tarkibi aniqlanib, keyin uni tozalash sxemasi tuziladi va mashinalarning ishlash
rejimi aniqlanadi.
Barcha don tozalash va saralash mashina-mexanizmlarning ishlash qonuniyati
donlarning shakliga va katta-kichikligiga asoslangan bo‘lib,
donni shamol va
g‘alvirlar yordamida saralovchi, don hamda boshqa donlarni uzunligi bo‘yicha
saralovchi trenerlar, g‘alvirlar, shamol va trierlar yordamida tozalaydigan va
saralaydigan mashinalarga bo‘linadi.
Donni shamol va g‘alvir yordamida turli aralashmalardan tozalaydigan va
saralaydigan mashinalar don shopirgich-saralagichlarda amalga oshiriladi. Amalda
VS-2, VS-8, va VS-10 markali don shopirgich-saralagich mashinalari qo‘llaniladi.
Bu mashinalarning ishlash qonuniyati bir xil, ular bir-biridan ish unumi, g‘alvirlar
soni, uzellarning tuzilishi va o‘lchamlari bilan farqlanadi.
Don aralashmasi
bunkerdan surma qopqoqli darcha orqali mashinaning tepa qismidagi birinchi
g‘alvirga tushadi. Ventilyatordan chiqayotgan havo oqimi g‘alvirga tushayotgan
dondagi engil aralashmalarni mashina tashqarisiga uchirib chiqaradi. Yirik
aralashmalar (boshoq, somon, kesak, temir, tosh parchalari) esa yuqori g‘alvirdan
tarnovlar orqali mashinaning ikki tomoniga tushadi. Qolgan don g‘alvir
teshiklaridan o‘tib, yonma-yon joylashgan pastki g‘alvirlarga to‘kiladi. Butun don
g‘alvir yuzasida qolib ikkinchi g‘alvir tomon siljiydi. Bu g‘alvirda don ikki sortga
ajraladi. Ikkinchi sorti g‘alvir teshiklaridan o‘tib, mashina ostiga to‘kiladi, birinchi
sorti esa g‘alvir yuzasida qolib, boshqa tomonga tushadi.
Hozirgi vaqtda don tozalash va saralash
mashinalarining ancha
takomillashgan OS-4,5A, OVS-YUV, OVP-20 markali xillari chiqarilmoqda. OS-
4,5A markali mashinada tozalanadigan don transportyor orqali qabul bo’lmasiga,
undan bir meyorda shamol oqimiga uzatiladi. Don shamolda yengil
aralashmalardan tozalanib, g‘alvirlarga tushadi va o‘lchamlari bo‘yicha saralanadi.
Donni turli o‘lchamdagi aralashmalardan ajratish uchun u trierga uzatiladi.
Tozalangan don transportyor orqali tashqariga chiqariladi. Mashina soatiga 4,5 t
don tozalaydi.
Oziq-ovqatga, yemga va texnik maqsadlarda ishlatiladigan don massasi
tarkibida bir qator begona o‘tlarning doni, jumladan kakra, mastak, kampirchopon,
gandamiya kabilarning bo‘lishi davlat standartida ruxsat etilmaydi. Ayniqsa, don
massasi tarkibidagi randak doniga alohida ahamiyat beriladi. Uning agrotema turi
g‘alla ekinlari ichida o‘sadi. Donining tarkibida zaharli modda (5,6% gacha
saponin moddasi bor) bo‘lganligi uchun bu don aralashgan don unidan
tayyorlangan oziq-ovqat yoki yem-xashak kishilarni va hayvonlarni kasallantiradi.
Dostları ilə paylaş: