II Bob.Turli don ekinlarining tavsifi, kimyoviy tarkibi va xalq
xo‘jaligidagi ahamiyati.
Javdar muhim oziq-ovqat ekinlaridan biri hisoblanadi. Uning doni
qimmatli oqsil va vitaminlarga (A, B, E) boy bo‘ladi. Doni tarkibida
"o‘rtacha 12,8 % oqsil, 53,5 % kraxmal, 2,1 % yog‘, 10,7 % kletchatka va
1,7 % kul bor .
Javdarning poyasi poxolpoya, 5-6 bo‘g‘imli, bo‘yi 1,2-2 m, ildizi popuk
ildiz, to‘planishi o‘rtacha (4-8) bo‘lgan o‘simlikdir. To‘pguli murakkab
boshoq. Doni cho‘ziq ovalsimon shaklda, chiziqsimon o‘yiqli, uchi popukli,
yashil, sariq, jigarrang tusli bo‘ladi. 1000 dona don doni vazni 18-35 g.
Donlarning o‘rtacha kimyoviy tarkibi (foiz).
1-jadval.
Don turlari
Suv Oqsil Moy Qandlar Kraxmal Kletchatk
a
Kul
1
2
3
4
5
6
7
8
Bug’doy
14,0 16,1
2,2
4,3
63,1
2,7
2,1
Javdar
14,0 12,8
2,1
1,0
53,5
10,7
1,7
Suli
13,5 10,0
6,2
1,1
36,5
10,7
3,2
Arpa
14,0 10,3
2,4
1,3
48,1
4,3
2,4
Tariq
13,5 11,2
3,9
1,9
52,7
7,9
2,9
Grechixa
14,0 10,8
3,2
1,5
52,9
10,8
2,0
Sholi
14,0
7,4
4,6
0,9
55,2
9,0
3,9
Oq jo’xori
13,5 10,6
4,1
1,6
58,0
3,5
2,2
Makkajo’xori
14,0
8,3
4,0
1,6
59,8
2,1
1,2
Dukkakli donlar
No’xat
14,0 20,5
2,0
4,6
44,6
5,7
2,8
Loviya
14,0 21,0
2,0
3,2
43,4
3,9
3,6
Mosh
14,0 23,5
2,0
2,8
42,4
3,8
3,5
Soya
12,0 34,9
17,3
5,7
3,5
4,3
5,0
Xalq xo‘jaligida javdar unidan to‘yimli non yopiladi. Doni va kepagi chorva
mollariga berilganda ular tez semiradi, ularning go‘sht va sut mahsuldorligi yuqori
bo‘ladi. Somoni mollar uchun to‘shama sifatida ishlatiladi, shuningdek undan
mato to‘qiladi, qog‘oz va boshqa materiallar ishlab chiqariladi. Chorva mollari
uchun erta bahorgi ko‘kat oziqa sifatida ham ekib yetishtiriladi.
Arpa eng muhim don ekini hisoblanadi. Bir yillik o‘simlik, poyasi
poxolpoya, 4-6 bo‘gimli, bo‘yi 40-90 sm, lentasimon bargli, popuk ildizli
o‘simlik. To‘pguli boshoq. Doni ovalsimon yassi shaklda, po‘stli, 1000
donasining vazni 30-50 g. Arpa kimyoviy tarkibi jihatidan oqsil va
kraxmalga boy (1 - jadval), to‘yimli don hisoblanadi.
Arpa jahonda yetishtirilishi bo‘yicha bug‘doy, guruch, makkajo‘xoridan
keyin to‘rtinchi o‘rinda turadi. Arpa donida 45-67% kraxmal, 7-26% oqsil, qand
moddasi pentozaklar, kletchatka, yog va minerallar, A,B,D, E gruppa vitaminlari
hamda turli fermentlar mavjud.
Arpa donidan un «perlovaya», «yachnevaya» yormalari olinadi va kvas, pivo
kabi mahsulotlar tayyorlanadi.
An’anaviy meditsina amaliyotida yirik tuyilgan arpa donidan tayyorlangan
shilliqli qaynatmalar oshqozon-ichak yo‘li yalliqlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan
xastaliklar uchun foydali hisoblanadi.
Arpa xalq xo‘jaligida yem-xashak, texnika maqsadlarida va oziq-ovqat
sifatida ishlatiladi. Doni chorva mollari uchun to‘yimli yem, somoni pichan
hisoblanadi. Arpa donidan sanoatda spirt, solod ekstrakti olinadi. Shuningdek arpa
yormasi va arpa uni olinadi. Arpa uni bug‘doy yoki suli uniga qo‘shilgan holda
ishlatiladi
Makkajo‘xori donli ekinlar ichida o‘zining biologik xususiyati bilan ajralib
turadi. Uning bo‘yi nihoyatda baland (2-5 m), poyasi dag‘al, ichi g‘ovak (po‘kak
bilan to‘lgan) bo‘ladi. U bir uyli ikki jinsli o‘simlik, ya’ni poyasining uchidan
erkak guli ro‘vak, barg qo‘ltig‘idan urg‘ochi guli so‘ta chiqaradi. Ildizi baquvvat,
qo‘shimcha ildizli bo‘ladi. Doni yirik, yumaloq-oval, turli rangda (sariq, oq,
binafsha rang) bo‘ladi. 1000 donasining vazni 250-500 g. Doni kraxmalga juda
boy (1 -jadval).
Makkajo‘xori donlari o‘z tarkibida kraxmal, yog‘, pentozanlar, alkoloid
moddalar, zeaksantin, zeakarotinlar, kveretsetin, flavon va perovinograd kislota,
B1, B2, B6 vitamini, nikotin hamda paktoten kislotalari, biotip hamda bir qator
foydali omillarni saqlaydi.
Makkajo‘xori doni va uni tuyib qilingan mahsulotlar organizmda mavjud
bo‘lgan hayotiy biokimyoviy jarayonlarda faol ishtirok etadi. Keyingi vaqtlarda
makkajo‘xori yog‘ining shifobaxshligi, uning organizmdagi xolesterin moddasini
kamaytirishi aniqlandi.
Makkajo‘xori O‘zbekiston sharoitda juda yaxshi o‘sadigan madaniy
o‘simliklardan biri hisoblanadi. Makkajo‘xori issiqsevar o‘simlik, o‘suv davri 90-
150 kun. Donlari tuproq harorati 10°C bo‘lganda 10-12 kunda unib chiqadi,
+20°C +24°C da normal rivojlanadi.
Makkajo‘xori serhosil ekin, oziq-ovqat, yem-xashak va texnik maqsadlarda
ishlatiladi. Doni barcha turdagi chorva mollari va parrandalar uchun juda to‘yimli
ozuqa hisoblanadi. Poyasidan qimmatli silos tayyorlanadi. Donidan un va yorma
olinadi. Dumbul so‘talari sevimli taom, shuningdek konserva xom ashyosi
hisoblanadi. Makkajo‘xoridan sanoatda kraxmal, spirt, glyukoza patoka va sirka
kislotasi olinadi. Poyasidan qog‘oz, linolium, yelim, viskoza va kinolenta
tayyorlanadi. Umuman olganda makkajo‘xoridan 200 dan ortiq mahsulotlar
tayyorlanadi.
Suli bir yillik o‘tsimon o‘simlik. Poyasi 40-80 sm, poxolpoya, barglari
lentasimon, ildizi popuk ildiz. To‘pguli ro‘vak. Doni cho‘ziq -oval shaklda, uchi
ingichka, yuzasi tukli, 1000 donasi vazni 20-40 g. Kimyoviy tarkibi
jihatidan to‘yimli moddalarga boy ( 1 -jadval).
Suli doni tarkibida 10-14% oqsil bo‘lib, u almashtirib bo‘lmaydigan
aminokislotalar (arginin, lizin, tripfotan)ga boyligi bilan ajralib turadi. Suli yog‘
saqlashda bug‘doy, javdar hamda arpadan yuqori turadi. Uning tarkibida 6,5%
gacha yog‘ mavjud. Bundan tashqari suli doni tarkibida trigonellin, xolin, tirozin,
avenin kabi moddalar uchraydi.
Suli donidan tayyorlangan yormalar va suli donachalari (xlopya) bolalar
uchun foydali ozuqa mahsulotlari hisoblanadi.
Suli asosan yem-xashak ekini hisoblanadi. Aralash yemlar tayyorlashda
qo‘llaniladi. Ko‘kat oziqa sifatida ekiladi. Doni ozik-ovqat sanoatida yorma, kisel,
galet tayyorlashda ishlatiladi. Uni va talqoni bolalarbop hamda parhez taomlar
pishirishda ishlatiladi.
2. Yormabop ekinlar. Sholi suvda o‘suvchi bir yillik o‘simlik, poyasi pishiq
poxolpoya, 4-6 bo‘g‘imli, bo‘yi 50-90 sm, barglari lentasimon, ildizi popuk ildiz,
to‘planishi juda yaxshi (5-12). To‘pguli ro‘vak, doni gul qobig‘i bilan o‘ralgan
bo‘ladi. Po‘stli 1000 dona donining vazni 27-34 g.
Sholi guruchi qimmatbaho, to‘yimli moddalarga boy (1-jadval) don
hisoblanadi. Sholi xalq xo‘jaligida juda keng qo‘llaniyaadi. Uning gurchidan turli-
tuman taomlar pishiriladi. Tabobatda parhez va dori-darmon taomlari sifatida
iste’mol etiladi. Sholi guruchidan sanoatda spirt va kraxmal olinadi. Guruch uni
non yopishga yaroqli emas, chunki unda qovushqoqlik xususiyatini beradigan
kleykovina moddasi bo‘lmaydi. Guruch kraxmali to‘qimachilik sanoatida juda
qadrlanadi, meditsinada esa undan yuqori sifatli upa kukunlari tayyorlanadi. Don
murtaklaridan texnik ahamiyatga molik bo‘lgan yog‘ olinib, undan sovunlar
hamda shamchiroqlar tayyorlanadi. Kepagi chorva mollari uchun to‘yimli yem
hisoblanadi. Sholi poxoli to‘yimli pichan. Shuningdek undan sifatli qog‘oz, arqon
va qanorlar tayyorlanadi.
Grechixa muhim oziq-ovqat ekinidir. U asosan yorma olish uchun ekiladi.
Qisqa muddatda pishib yetiladigan o‘simlik. Grechixa tik o‘suvchi o‘tsimon
o‘simlik hisoblanadi. Barglari oddiy, cho‘ziq yuraksimon shaklda. Poyasi
poxolpoya. Mevalari uchburchaksimon shaklda, och qo‘ng‘ir tusli.
Grechixa doni kimyoviy tarkibi jihatidan juda to‘yimli (1-jadval), hamda
organik moddalar, turli xil mineral to‘zlar, inson organizmi uchun muhim
ahamiyatga ega bo‘lgan B1, B2 vitaminlariga boy hisoblanadi. Tabobatda tez
hazm bo‘luvchi parhez taom sifatida ishlatiladi. Unidan non va quymoq
pishiriladi. Qandolatchilikda xom ashyo sifatida foydalaniladi.
Tariq yorma uchun yetishtiriladigan eng muhim ekin. Poyasi past bo‘yli (40-
70 sm) poxolpoya. Barcha boshoqdosh ekinlar singari uning ildizi xam popuk
ildiz, barglari lentasimon bo‘ladi. To‘pguli ro‘vak. Mevasi mayda, yumaloq
shaklda, gul qobig‘iga o‘ralgan bo‘ladi. Gul qobig‘iga o‘ralgan mevalari to‘qsariq,
qizg‘ish tusda, 1000 donasining vazni 11-17 g. keladi.
Tariqning gul qobig‘idan ajratilgan mevalari sok deb atalib, u juda to‘yimli,
xushta’m mahsulot hisoblanadi. Tariq soki tarkibida ko‘p miqdorda kraxmal, moy
va oqsil mavjud ( -jadval). U asosan oziq-ovqat mahsuloti sifatida ishlatiladi.
Tariq, sokidan olingan un arpa uniga qo‘shib ishlatiladi. Tariq doni va kepagi
parrandalar va chorva mollari uchun to‘yimli oziqa hisoblanadi. Poxoli
pichan sifatida ishlatiladi.
Oq jo‘xori eng muhim don, yem-xashak va texnik ekinlar guruhiga kiruvchi
o‘simlik hisoblanadi. Poyasi makkajo‘xori singari baland (2-4 m) va tik o‘suvchi,
ichi g‘ovak o‘zak bilan to‘lgan, hamda yaxshi to‘planadi. Ildizi kuchli o‘suvchi
popuk ildiz. Barglari makkajo‘xori kabi yirik, lentasimon shaklda. To‘pguli
ro‘vak. Doni oval shaklda, 1000 donasining vazni 25-50 g.
Oq jo‘xori doni tarkibida ko’p miqdorda kraxmal, oqsil va moy bo’ladi (1-
jadval). Undan qimmatli yorma va un olinadi. Oq jo‘xori uni va yormasi oziq-
ovqat sanoatida keng ishlatiladi, xushta’m taomlar pishiriladi. Uning poyasi va
doni chorva mollari uchun qimmatli ozuqa hisoblanadi. Poyasidan silos, pichan,
donidan esa to‘yimli yemlar tayyorlanadi. Oq jo‘xori poyasi o‘zagi qandga boy
bo‘ladi, undan sanoatda sirop olinadi, shuningdek kraxmal-patoka, spirt olish
uchun xom ashyo sifatida foydalaniladi.
3. Dukkakli ekinlar. No‘xat mamlakatimizda keng tarqalgan dukkakli
ekinlardan biri hisoblanadi. Uning poyasi ko‘pincha yotib o‘sadi, buyi 50-250 sm.
Ildizi o‘q ildiz bo‘lib, ildizida azot to‘playdigan juda ko‘p mikrotugunaklar hosil
qiladi. Bargi juft patsimon, jingalakli. Guli oq Mevasi 3-10 donli dukkak. Doni
yirik, yumaloq. 1000 donasining vazni 50 dan 400 g gacha.
No‘xat doni asosan oziq-ovqat mahsuloti sifatida ishlatiladi. Uning tarkibida
ko‘p miqdorda oqsil va qandlar (1-jadval), inson organizmi uchun zarur bo‘lgan
A, B1, B2, C vitaminlar, mineral moddalar mavjud. No‘xatning ko‘k va pishgan
donlaridan oziq-ovqat sanoatida qimmatbaho konservalar tayyorlashda xom ashyo
sifatida foydalaniladi. Poyasi va to‘foni chorva mollari uchun ozuqa sifatida
ishlatiladi. No‘xat poyalari ko‘kat o‘g‘it va qimmatli silos olish uchun dam
yetishtiriladi.
No‘xat yorug‘lik sevar, issiqqa talabchan, qurg‘oqchilikka va sho‘rga
chidamli, tuproq harorati 3-5°C bo‘lganida doni o‘sa boshlaydi, maysalari 8°S
sovuqqa chiday oladi. O‘suv davri 70-100 kun. Asosan, lalmi yerlarda o‘stiriladi.
Loviya eng ko‘p tarqalgan oziq-ovqat ekinlaridan biridir. Loviyaning
poyalari uzun (50-250 sm), yotib yoki ilashib o‘sadi. Barglari toq patsimon
murakkab barg. Ildizi o‘q ildiz. Gullari yirik oq va och binafsha rang tusda.
Mevasi 6-10 donali dukkakdan iborat. Doni tur va navlariga bog‘liq holda turli
tuman ko‘rinish va ranglarga ega (yarimoysimon, yassi ellipssimon; rangi oq,
pushti, qizg‘ish, ola-bula va hokazo). 1000 donasining vazni 70 dan 450 g gacha.
Loviya doni ko‘pgina to‘yimli moddalar va oqsilga boy (1-jadval). U asosan
oziq-ovqat mahsulotlari xom ashyosi hisoblanadi. Loviya donidan turli xil mazali
taomlar, salatlar hamda konservalar tayyorlanadi. Poyasi chorvachilikda silos va
pichan sifatida ishlatiladi.
Soya turli maqsadlarda ishlatiladigan eng qimmatli ekinlardan biri
hisoblanadi. Poyasi tik o’sadi, bo‘yi 45-110 sm. Barglari toq patsimon murakkab
barg. Ildizi o‘q ildiz. Gullari o‘rtacha yiriklikda. Mevasi 2-3 donli dukkakdan
iborat.
Soya oziq-ovqat, texnikaviy va yem-hashak ahamiyatiga ega. Tarkibida oqsil
va yog‘larning ko‘pligi jihatidan dukkakli ekinlar orasida birinchi o‘rinda turadi
(1-jadval). Soya A, B, C, D, E vitaminlari va mineral moddalarga boy qimmatli
ekin hisoblanadi. Soyadan sut, suzma, smetana, pishloq tayyorlanadi. Chunki unda
sutdagi kabi kazein moddasi bor. Doni oziq-ovqat mahsuloti sifatida keng
ishlatiladi, unidan konditerlik konfetlar tayyorlanadi. Soyadan xushta’m yog‘
olinadi, shuningdek sovun, lak, bo‘yoq tayyorlashda ishlatiladigan texnikaviy xom
ashyodir. Soya kunjarasi juda ham to‘yimli ozuqa hisoblanadi. Poyasidan pichan,
silos, tayyorlanadi. Soya yaylov ekini sifatida ham ekiladi.
|