Zaxiriddin Muxammad Boburning «Boburnoma» asari tarixiy asar
Zahiriddin Muhammad Bobur atoqli davlat arbobi, sarkarda, shu bilan birga iste’dodli shoir, adib, donishmand tarixchi, zakovatli olimdir. Bobur juda murakkab hayot, kura shva ijodiy faoliyat yo‘lini kechib o‘tdi. U inqirozga yuz tutgan Temuriylar davlatini saqlab qolish va mustahkamlash, O‘rta Osiyoda markazlashgan yirik davlat vujudga keltirish uchun uzoq va qattiq kurash olib bordi. Biroq tarixiy sharoit bunga imkon bermadi. Shayboniyxondan qattiq shikast egan Bobur Avg‘onistonga qarab yo‘l oldi. U Afg‘onistonni, keyinchalik esa Hindistonni egallab oldi va katta imperiyani vujudga keltirdi. Bobur yirik madaniyat arbobidir. U mamlakatdagi o‘zaro feodal kurashlarga va o‘zining ko‘p urushlarda bo‘lganligiga qaramay, bolalik chog‘laridayoq fors va arab tillarini mukammal o‘rganadi, adabiyot, tarix, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, muzika va boshqa sohalar bilan shug‘ullanadi. Har tomonlama keng va chuqur bilimga ega bo‘lgan madaniyatli va ma’rifatparvar bir kishi bo‘lib etishadi. Bobir adabiyot, san’at, tarix va ilm fanning turli sohalarida juda qimmatli asarlar yaratadi. Uning lirik devonlari, «Bobirnoma» si, aruzaga doir risolasi, «Xatti Boburiy», «Harb ishi», «Musiqiy ilmi» va boshqa asarlari shular jumlasidandir. Bu asarlar o‘zbek adabiy tili, adabiyoti va ilm fanining ravnaq topishiga bebaho hissa qo‘shdi.
Boburning ilm adabiy merosi hozir ham o‘zining ma’lum tarixiy – ma’rifiy, ilm va estetik qimmatini saqlab kelmoqda. Uning «Boburnoma» si jahon madaniyatining nodir yodgorliklaridan biridir. «Boburnoma» memuarlar (estaliklar) to‘plamidir. Bu tarixiy badiiy asar 1494-1529 yillardagi voqealarni, Movaraunnahr, Xuroson, Avg‘oniston va Hindistonda ro‘y bergan va ko‘pida bevosita Boburning o‘zi ishtirok etgan o‘zaro feodal urushlarni o‘z ichiga oladi. Bobur siyosiy faoliyatining daslabki yillaridan boshlab o‘z sarguzashtlari turli xil tarixiy voqealarini xotira daftarini aks ettirib borgan va keyinchalik manna shu xotira daftari «Boburnoma» ni yaratishga asos bo‘lib xizmat qilgan. Bobirning «Boburnoma» ni qachon yozishga kirishgani ma’lum emas. Biroq asarning ayrim o‘rinlari uning ko‘proq qismi Hindistonda yozilgani yoki qayti taxrir qilganini ko‘rsatadi. Masalan, «Boburnoma» avtori 909 (1503-1504) yil avg‘oniston voqealari haqida so‘zlar ekan Hindistonda Ibrohim Lo‘diyni enganini ham gapiradi. Bu Boburning 909 yil voqealarini Hindistonda yozgani yoki avvalgi yozganlarini tahrir qilganini ko‘rsatadi. Bobir bu asarni umriniing oxirlarida, 1529-1530 yillarda tugatdi.
Boburdan qolgan meros ichida "Boburnoma" alohida ahamiyatga molik asardir. Bobur o‘z hayot yo‘lini 1494 yildan boshlab, 1529 yilgacha bo‘lgan davrni yilma - yil izchillik bilan yoritib bergan. Umr varag‘ini yilma - yil bayon etgan Bobur 16 yillik voqealarni yozmasligi mumkin emas edi. Suronli yillar Bobur asarini to‘liq etib kelishiga imkon bermagandir. Aftidan, Bobur kundalik daftar tutib, eng muhim voqealarni qayd etib borgan, Hindistonda ularni qayta ishlab, "Boburnoma" shakliga solgan. Asarning 10 dan ortiq qo‘lyozmalari etib kelgan. XVII-XVIII asrlarda ko‘chirilgan nusxalar Leningrad, Kalkutta, Agra, Haydarobod, Manchestr, London, Edinburg kabi shaharlarda saqlanadi. Qo‘lyozmalarda asar nomi "Boburiya", "Voqeanoma", "Tuzuki Boburiy", "Voqeoti Boburiy", "Boburnoma" kabi nomlangan. Boburning o‘zi asarini "Voqeanoma" deb atagan.
Ikkinchidan esa, Gulbadanbegim "Xumoyunnoma" kitobida otasi asarini "Voqeanoma" deb ataydi. 1857 yilda N.Ilminskiy asarini Qozonda nashr ettirdi. Uni "Boburnoma" deb atadi. 1905 yili ingliz olimasi A.Berverij xonim Xaydaroboddan topilgan nusxaning fotokopiyasini nashr ettirdi. Turkiyada "Boburnoma" 2 jildan iborat qilib nashr etilgan bo‘lib, unda "Boburnoma"da aks etmagan 16 yillik voqealar boshqa tarixiy kitoblar asosida to‘ldirilib, asarga kiritilgan.
Sho‘rolar davrida asardan olingan parchalar turli to‘plam, xrestomatiyalarga kiritilsa-da, asar to‘laligicha ancha kech nashr etildi. 1948 yili P.Shamsiev, S.Mirzaevlar asarni 2 jilddan iborat qilib nashr etdilar. 1957 yili asar rus tilida nashr etildi. 1958 yili "Boburnoma" o‘zbek tilida nashr etildi. Nashrlar ichida eng mukammali 1960 yilgi nashri sanaladi. "Boburnoma" asari jahon tillariga tarjima qilindi. 1590 yili Akbarning buyrug‘i bilan Abdurahimxon tomonidan fors tiliga tarjima qilindi. 1705 yili Vitsen Golland tiliga, 1876 yili Djon Leyden, V.Erskillar ingliz tiliga tarjima qildilar. 1876 yili Kayzer nemis tiliga, 1844 yili Kaldokot ingliz tiliga tarjima qildilar. 1871 yili Pevo de Kurteyl asarini fransuz tiliga tarjima qildi. Rus tarjimonlari: Polyakov (1904), Petrov (1939) lar asarni tarjima qilgan bo‘lsalarda, eng yaxshi tarjima M.Sole (1958) qalamiga mansub. Boburnomani o‘rganishda o‘zbek olimlari X.Xasanov, V.Zohidov, P.Shamsiev, S.Jamolov, S.Nazarova, S.Jalilov, S.Azimjonova, B.Valixujaev, X.Qudratullaev, R.Shamsutdinov kabi olimlar katta ishlar qildilar.
«Boburnoma»ning ahamiyati to‘g‘risida turli davrda allomalar turlicha fikr bildirganlar. Biroq «Boburnoma»ni inglizchaga o‘girgan F.Telbotning quyidagi so‘zlari g‘oyat diqqatga sazovordir: «Hozirgi Hindistonni o‘rganmoqchi bo‘lgan odam ishni, eng yaxshisi Bobur xotiralarini mutolaa qilishdan boshlagani ma’qul.» Angliyaning o‘zida «Boburnoma»ning 9 marta chop etilgani bu asarga ingliz jamoatchiligi nechog‘lik katta e’tibor berayotganligini ko‘rsatadi. 1990-yilda «Boburnoma»ning 460-yilligi dunyo uzra keng nishonlandi. Bu hol ulug‘ Vatandoshimiz, temuriylar sulolasining atoqli vakili Zahiriddin Muhammad Boburning jahon miqiyosida o‘z o‘rni va bahosi borligiga yana bir dalildir.
"Boburnoma" asari fanning turli sohalariga keng ma’lumot beruvchi asardir. Bu asar, eng avvalo, badiiy asar sifatida, o‘zbek nashrining go‘zal namunasi sifatida qaralmog‘i zarurdir. "Boburnoma" epik turning memuar janriga mansub asardir. Kompozitsion puxtalik, o‘tkir syujet, kuchli xarakterlar, badiiy buyoqning serjilo ekani kitobxonni o‘ziga jalb etadi. Syujet yo‘nalishdagi voqea ichiga voqea kiritish, voqeani qiziq joyida to‘xtatib, boshqa voqealar tafsilotlarini berish, syujet taraqqiyotini puxta dalillash singari fazilatlar iboratlidir. "Boburnoma" tarixiy faktlar asosida badiiy syujet yaratishning ibratli namunasidir. Asarda bir dunyo timsollar berilgan bo‘lib, muallif ularning ko‘plarini xarakter darajasiga olib chiqib, mukammal tasvirlaydi. Umarshayx, Husayn Boyqaro, Navoiy, Shayboniy singari xarakterlar kitobxonda katta qiziqish uyg‘otadi. Asarning bosh qahramoni Boburning o‘zidir. Uning go‘zal xarakteri asarda to‘la qonli o‘z ifodasini topgan.
"Boburnoma"da biror voqea haqida so‘z borar ekan, avvalo, voqea kechadigan joy haqida atroflicha, chuqur ma’lumotlar beriladi. Joyning jo‘g‘rofiy o‘rni, o‘simliklar va xayvonlar dunyosi, iqlimi, odamlarning yashash tarzi singari masalalar izchil yoritilgan. Asar bilan tanishar ekanmiz. Andijon, Samarqand, Qobul, Agra singari shaharlarning XVI asr holati haqida betafsil ma’lumotlarga ega bo‘lamiz. «Boburnoma»da ilm-fan, san’at va adabiyot axllariga ham katta urin berilgan. Bobur Navoiy, Jomiy, Binoiy, Muhammad Solih, Diloliy, Sayfi Buxoriy, Mir Xusayn Muammoiy, Shayxim Suxayliy, Yusuf Badeiy, Ahmad Xojibek, Behzod, Sulton Ali, Xoja Abdullo Marvoriy, Muzaffar, G‘ulom Shodiy, Husayn Udiy va boshqa bir qator shoirlar va san’atkorlar haqida ma’lumot beradi, ularni maktaydi, asarlaridan namunalar keltiradi va ba’zan xayoti, faoliyati yoki shaxsiy sifatlari haqida qiziqarli faktlar suzlaydi. «Boburnoma» bu kishilarning hayoti va faoliyatini urganishda, ularning madaniy hayotdagi urnini belgilashda juda ahamiyatlidir. Masalan, Bobur ulur uzbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy haqida «Alisherbek naziri yuq kishi edi. Turkiy til bila to she’r aytubturlar, hech kim oncha kup va xub aytqon emas», deb yozadi, Navoiyning asarlarini ta’riflaydi, uning ilm-fan, san’at va adabiyot ahllariga homiyligini alohida qayd qilib: «Ahli fazl va ahli hunarg‘a Alisherbekcha murabbiy va muqavviy ma’lum emaskim, hargiz paydo bulmish bulg‘ay. Ustoz Qulmuhammad va Shayxi Noyi va Husayn Udiykim, sozda saromad edilar, bekning (Navoiyning) tarbiyat va taqviyati bila muncha va shuhrat qildilar. Ustoz Behzod va Shoh Muzaffar tasvirda (rassomlikda) bekning sa’y va ehtimomi bila mundoq mashhur va ma’ruf buldilar» deydi. Navoiyning binokorlik sohasidagi faoliyatini ta’kidlab, «muncha binoyi xayrkim, ul qildi, kam kishi mundoada muvaffaq bulmish bulgay» deydi hamda Navoiyning Husayn Boyqaro bilan uning ug‘illari urtasidagi ixtiloflarni bartaraf qlishda donishmandlik va tadirkorlik bilan olib borgan ishlarini bayon etadi.
Masalan, Behzod haqida so’zlar ekan, «Musavvirlardin Behzod edi, musavvirlik ishini bisyor nozuk qildi. Vale saqolsiz elning chexrasini yomon ochadur. Ragabini kup ulug tortadur. Sarqollik kishini yaxshi chehrali, kushoylik qiladur» deydi.
Bobir bir qator tarixiy personajlarning biror eng muhim xususiyati yoki xislatini tasvirlash bilan ham kitobxonning kuz o‘ngida turli-tuman kishilarni gavdalantirishga erishadi. Masalan, u Mullozoda Mullo Usmon haqida suzlab, «Ulugbek mirzo zamonida un turt yoshida dars aytg‘oni uchun, Mullo Modarzod derlar ekandurlar,.. Andin manquldur: der ermish, kishi bir nimanikim eshitti, Yana nechuk unutar. Qaviy hofizasi bor ekandur» deb, yosh tirishqoq va xotirasi utkir bir olimni gavdalantiradi; «… agar ikki xarif uchrasa, biri bila shatranj o‘ynab, Yana birining etagini tutub o‘lturur ekandurkim, ketmagay deb» usta va ishqiboz shaxmatchi Mir Mumtozni tasvirlaydi; Shuningdek ikki qo‘llab , balki butun vujudi Bilan shaxmat uynovchi Zunnunni; O‘sh tasvirida tog‘ tarafidan oquvchi bir ariq xakida suzlar ekan, «O‘sh avboshining zarofati budurkim xar kim anda uyqulasa ul jo‘ydan suv quyarlar»deb O‘shning hazilkash, sho‘x yigitlarini gavdalantiradi.
Masalan, Andijon shahri ta’rifi bilan tanishamiz, O‘sh shahri bilan orasi 16 chaqirim ekani, xavosining "uffanati" borligi, kuzda bezgak ko‘p bo‘lishi, shaharga 9 tarnov suv kirishi, dehqonlar poliz boshida qovun sotmasligi, ov qushlari semiz bo‘lishi kabi ma’lumotlarni olamiz. Joy haqidagi ma’lumotdan so‘ng voqea ishtirokchilari haqida ma’lumot beradi. Bunda o‘sha shaxsning nasl - nasabi, fe’l - atvori, shakl - shamoyili, axli - ayoli, o‘g‘il - qizlari, mansab va urishlari singari ma’lumotlar beriladi. Bu o‘rinda shuni takidlash kerakki, Bobur tarixiy voqealar tasvirida holis bo‘lishga harakat qiladi. Otasi haqida bor ma’lumotlarni berar ekan, uning kabutarga ishqivozligi, goh – goh chog‘ir majlisi qilishi, hatto qimor o‘ynashigacha to‘g‘ri yozadi. "Boburnoma"da aksar o‘rinlarda Bobur xolis tursa-da, ba’zan xolislikdan chekingan o‘rinlar ham yo‘q emas. Gap Bobur shaxsiga, uning taxtiga daxldor masalalarda bu hol ko‘zga tashlanadi. Masalan, Abu Sayid tomonidan Navoiyning Samarqandga surgun kilinishini yozar ekan, buning sabablarini oshkora aytmaydi: "Bilmam ne jarima bilandurkim Abu Said Mirzo Alisherni Xiridin Samarqandga ixroj qildi". Yoki Samarqandni Shayboniyga topshirib chiqishni yozganda, opasi Xonzodabegimni Shayboniyga xotinlikka berib chiqqanini yozmaydi.
"Boburnoma" Mirxondning, "Ravzot - us safo", Xondamirning "Xabib - us siyar", Muxammad Haydarning "Tarixiy Rashidiy" asarlariga qiyos qilinsa, tarixiy faktlarning mo‘lligi, xolislik, voqealarni yilma-yil izchillik bilan berilishi, tilning soddaligi, muqaddimaning yo‘qligi kabi fazilatlari bilan ajralib turadi. O'zbekiston boy tarixiy o'tmishga, o'zbek xalqi ulkan milliy merosga ega. Shubhasiz, ana Shunday oltin merosimizdan biri o'zbek xalqining buyuk farzandi, bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Bobur yaratgan Shoh asar «Boburnoma»dir. «Boburnoma» tom ma'nodagi ensiklopedik asar. Uning originalligi shundaki, asarda muallif asosan o'zi ko'rgan-kechirgan, bilgan narsalarni yozadi. Eshitgan yoki adabiyotlardan foydalanilgan bo'lsa, albatta, izohlab yozadi. «Boburnoma»dan siyosatchilar, etnograflar, aholishunoslar, geobotaniklar, zoogeograflar, iqlimshunoslar o'zlari uchun kerakli bo'lgan juda ko'p faktik materiallarni ajratib olishlari mumkin. Lekin shuni alohida qayd etishimiz kerakki, u tom ma'noda aholi geografiyasiga va uning ajralmas qismi bo'lgan shaharshunoslikka (geourbanistika) bag'ishlangan asar hamdir. Bobur tasvirlagan hamma voqealar ma'lum bir vaqt va geografik hududda ro'y bergan. U tilga olgan shahar, tuman, viloyat, davlatlar hozir ham mavjud, ko'pchiligining nomi o'zgargan, ba'zilari esa yo'q bo'lib ketgan, ayrimlari kichik qishloq holiga kelgan yoki yirik shaharlarga aylangan.
Movarounnahr va Xurosonda madaniyat, adabiyot, xalq xo'jaligi sohalarining turli tarmoqlarida Sohibqiron Amir Temur hazratlari olib borgan olamshumul obodonchiliklarni juda ko'p gapiramiz. Bobokalonimizning farmoyishlari bilan qurilgan muhtasham binoyu madrasalar, karvon yo'llariyu katta-katta ko'priklar, madaniy-maishiy obidalar hamda ko'plab shaharlarda ul zotdan yodgorlik bo'lib qolgan bog'u rog'lar haqida adiblarimiz, salohiyatli yozuvchiyu olimlarimiz o'z asarlarida hikoya qilganlar. Sohibqiron hazratlarining bunyodkorlik yo'lida qilgan ishlari uning avlodlariga an'ana bo'lib qoldi. Bu an'anadan buyuk vatandoshimiz Zahiriddin Muhammad Bobur ham chetda qolmagan. Bobur vafotidan keyin qariyb besh asr vaqt o'tishiga qaramay, Boburshoh hazratlari va uning avlodlaridan qolgan tarixiy va madaniy meros hanuzgacha jahon xalqlarini hayratga solib kelmoqda. Bobur hazratlarining qadamlari yetgan joyda, albatta, bitta iz qolgan. Shulardan biri Afg'oniston poytaxti Qobul shahrida bunyod etilgan ajoyib, tarovati betakror bog' – «Bogi Bobur»dir.
Zahiriddin Muhammad Bobur O'rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she'riyatida o'ziga xos o'rin egallagan adib, shoir, olim bo'lish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan bo'lsa, serjilo o'zbek tilida yozilgan «Boburnoma» asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi.
Xullas, Bobur va Boburiylar–xalqimizning ulug‘ va buyuk farzandlari milliy iftixorimiz va g‘ururimizdir. Ular o‘zlarining serqirra faoliyatlari va ijod durdonalari bilan jahon madaniyati tarixiga munosib hissa qo‘shdilar.
Dostları ilə paylaş: |