O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixi fanidan O’quv-uslubiy majmua namangan – 2018



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə58/70
tarix05.10.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#152439
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   70
Мa`ruza matnlari-fayllar.org

Mirzo Sahbo (1845/461918). Ismi sharifi Mirzo Hayit, “Sahbo” taxallusidir. “Sahbo” qizil may degani. Shoir Buxoro viloyatining Vobkent tumanida tug’ilgan. Maktab savodidan so’ng madrasani tugatar-tugatmas, o’sha paytlari Karmana hokimi bo’lgan Abdulahad xizmatiga kiradi. Ehtimol, ularni she’rga, adabiyotga mehr yaqinlashtirgan bo’lsa. Har holda ularning o’zaro munosabatlari juda yaxshi bo’lgan. Yosh valiahd uning mard va tantiligini, salohiyatini qadrlagan. 1885-yili Abdulahad Buxoro amiri martabasiga ko’tarilgach, Mirzo Hayit uning saroyida eshik og’asi vazifasiga tayinlangani ma’lum. 1910 yili Abdulahadxon vafot etib, hokimiyatga Olimxon kelgach, shoir Sahbo hayotining tash-vishli kunlari boshlanadi. Jumladan, oldingi lavozimidan olinib, shahar arig’iga mirob qilib tayinlanadi. Ko’p o’tmay, undan ham bo’shatiladi, mirshablikka qo’yiladi. Oxir-oqibat ishsiz qoladi. 1915-yildan esa, unga siyosiy ayb qo’ya boshlaydilar. Masalan, Rossiyasi siyosiy agentining ma’lumoti bilan qushbegi huzuriga chaqirtirilib, undan gazeta o’qimaslikka tilxat oladilar. 1917-yil fevral voqealaridan keyin esa, u inqilob va hurriyatga xayrixohligi, jadidligi uchun qamaladi. 1918-yili Qabadiyonga surgun qilinib, mahalliy hokim Muhammad Rahimbek buyrug’i bilan otga sudratilib, fojiona qatl etiladi.
Sahbo nomi o’z davrining deyarli barcha tazkiralariga kiritilgan. U haqda Mirzo Somiy Bo’stoniydan Sadriddin Ayniy, Mirzo Tursunzodagacha fikr bildirganlar. Ularning deyarli hammasi shoirning shaxsini ham, iste’dodini ham yuksak baholaydilar.
“... u Shunday mard kishiki, – deb yozadi Afzal Pirmastiy, nihoyatda donishmand, o’ta xushmuomala, himmati oliy, marhamati baland, parhezkor, nihoyatda tetik, aqlli, she’rshunoslik va baytshunoslikda tengi yo’q, tabiati nozik, zehni o’tkir, she’rlari g’oyat go’zal, so’zlari fasohatli... devoni mukammal... asarlari ommaga maqbul va manzur... She’rining ta’biri va tahriri benihoya nozik, rang-barang, turkiy va tojikcha g’azallari mazmunan nihoyatda xo’b, qofiyalari benihoya marg’ub...”.
1980-yili shoirning o’z qo’li bilan tuzgan dastxat devoni O’zFA Qo’lyozmalar instituti fondida saqlanayotganligi aniqlandi. Devon 263 sahifadan iborat, 550 dan ortiq she’r joy olgan. Shuning 61 tasi o’zbek tilida. Janrlari: g’azal, muxammas, musaddas. Mavzusi: asosan, ishqiy. 1991-yili adabiyotshunos H.Muxtorova shoirning “Tanlangan she’rlar”ini chop etdi. 61 o’zbekcha she’ridan 52 tasini (12 g’azal, 38 muxammas, 2 musaddas) o’quvchilarimizga taqdim qildi. Sadriddin Ayniy uning “yangilik va haqgo’ylik qurboni” bo’lganligini ta’kidlagan edi. Shunga ko’ra u ijtimoiy-siyosiy g’azallar ham yozgan bo’lishi kerak. Biroq hozirda e’lon qilinganlari ko’proq an’anaviy, devon adabiyoti namunalarini esga soladi. Shoir yordan muruvvat kutarkan, goh-goh zamonning bevafoligidan, xalq orasidan insof, mehr-shafqat ko’tarilganidan noliydi. “Sen ulusdan, ey ko’ngul, mehru muhabbat izlama”, deb yozadi, “jabru zulm bilan Sahboning ahvoli fano” bo’lganligini ma’lum qiladi. Shunday hollardagina bu she’rlar zamon sadolariga ohangdosh keladi.
Mirza Salimbek-Ibn Muhammad Rahim (1850–1930)- tarixchi, shoir davlat arbobi, diplomat. Mirza Salimbek Buxoro amirligining Toshkentdagi savdo vakili (1873–1885), Yakkabog’ (1893–1898), Nurota (1998–1902), Boysun (1902–1905), Sherobod (1905–1909), Shahrisabz (1910–1913), Chorjo’y (1920) viloyatlar hokimi, Buxoro mirshabi (1889). 1885-yilda amir Abdulaxad jo’natgan elchilar tarkibida Petrburgda bo’lgan. 1920-yil 29-avgustda qizil qo’shinlar tomonidan xibsga olingan va amirlikning boshqa amaldorlari bilan Sibirga surgun qilingan. 1922–1924 yillarda Buxoro respublikasi “Afkof”, “Anjumani tarixi” tashkilotlarida ishlagan. Kolesov boshliq qizil qo’shinlarning Buxoro hujumi paytida (1918 yillar) amirning Kolesov bilan muzokara olib borgan vakillar xay’atiga rahbarlik qilgan, keyin u devonbegi mansabiga, zakoti lavozimiga ko’tarilgan.(1917–1920). Mirza Salimbek (“Tarixiy Salimiy”- qadimdan amirlikning 1920-yilgacha tarixi), “Kashkuli Salimiy”-(Salimiyning darveshlar xaltasi) 1913-yil, Toshkent “Jomei Gulzor” (Gulzor majmui) she’riy asari. “Durratul voizin” (“Voizlar sochgan durlar” 1909, Buxoro), “Muxbirul-hikoyot” (“xabar beruvchining hikoyatlari” 1908, Toshkent), “Ka’bul axbor hikoya sari 1909,Toshkent”). Mirza Salimboy tazkira ham tuzgan. Qori Raxmatulla Vozekning “Tuxfatul axbob”(“Dilga yaqin kishilarga tuxfa”) tazkirasini nasirga tayyorlashda o’ziga zamondosh 100 ga yaqin shoirlar haqidagi ma’lumotlarni unga ilova kilgan. Mirza Salimbek-1902–1905 yillarda Boysun begi bo’lgan. Rus akademigi A.A.Sumyonov tomonidan “Buxoroning so’nggi tarixchisi” deb atalgan Mirza Salimbekning ishi biz uchun beqiyos ahamiyat kasb etadi. U o’zining noyob iqtidori orqasidan oddiy mirzolikdan Buxoro Amirining bosh moliyachisi, Boysun (1902-1905) 1905-yildan boshlab Sherobod bekliklarining hukumdori lavozimiga ko’tarildi. Mirza Salimbek yoshlik yillarida O’rta Osiyoning Rossiya tomonidan zabt etilishi guvoxi bo’ldi, yoshi keksayganida oktabr to’ntarishi ro’y beradi, keyin amir ag’darildi va Buxoro Xalq Sho’rolar Respublikasi o’rnatilishini guvohi bo’ldi. Mirza Salimbekning “Tarixi Salimiy” memuari nodir qo’lyozma sifatida alohida ilmiy qiziqish uyg’otadi. Uning e’lon qilinmagan esdaliklari O’zbekiston respublikasi Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti fondida 2016 raqami bilan saqlanadi.
Mirza Salimbek-Boysundagi “Holosiya” madrasasini qurdi, yer va mulklarning bir qismini vaqfga topshirdi. Yodgorliklarini ta’mirladi, shuningdek adabiy faoliyat bilan shug’ullandi. Bir qator tarixiy, adabiy va diniy asrlar uning kalomiga mansubdir. Amir Muzaffar davri (1860–1885) so’ngra amir Abdulaxadxon davri (1885–1911) davrilarida o’zini xizmatini boshlagan Mirza Salimbek arab, o’zbek va fors tillarini mukammal bilgan. Mirza Salimbek ham nasrda, ham nazmda qalam tebratdi. Boysun bekligi davrida juda ko’p ishlarni amalga oshirdi. Adolatlikni o’rnatdi. 1905-yildan Mirzo Salimbek Sherobod bek etib tayinlandi.
Mullo Do’st Nodir Boysuniy. U Buxoro amiri Abdullaxon saroyida ham xizmat qilgan. “Nodir”, “Mulla Do’st Nodir” tahalluslari bilan she’rlar yozgan. Sadriddin Ayniyning yozishicha, Mulla Do’st Nodir Boysuniy 1923-yilda vafot etgan. Uning ikki qizi va bir o’g’lining hozir Tojikiston Respublikasida yashayotganligi haqida ma’lumot bor. Afzal Maxdum Pirmastiy, Muhtaram va Abdiy kabi tazkiranavislarning asarlarida ham Nodir Boysuniy to’g’risida ma’lumotlar mavjud. Mulla Do’st Nodir Boysuniy devon tuzgan. professor, fors-tojik adabiyotlari bilimdoni Ahmad Abdullaev bu devonni ko’rganligi va o’qiganligi xususida aytgan.
Abdulla Rajab Boysuniydir - Turkiyalik olim Ibroxim Mutluning “Turkiston ovozi” gazetasi 1957-yilning fevral-mart oyidagi sonlarida e’lon qilingan (8-9 betlar) “Abdulla Rajab Boysuniy haqida» nomli maqolasida keltirilishicha, Abdulla Rajab 1893-yilning 15-sentyabrida Buxoro xonligining G’ijduvon viloyati Nagzakaron tumanida (qishlog’i) tavallud topgan bo’lib, asl ismi Abdullo, otasining ismi Rajab, onasining ismi Sharofatdir. Oilasi Nagzakar ko’chalarida xo’jalar nomi bilan mashhurdir. Otalari tabiblik bilan mashg’ul bo’lib, manbalarda ta’kidlashicha, suvchechak kasalligini davolash va uni emlash usulini a’lo darajada amalga oshirishi ota- bobolari o’ta bilimdon va ziyoli kishilardan ekanligidan. Abdullo ilk taxsilini o’zi tug’ilgan qishlog’idan olgach, otasi bilan To’rtko’l shahriga ketdi va u erda 3 yil yashadi. Keyinchalik Abdullo Rajab Buxoro xonligining saroyida rus tili bo’yicha bosh tarjimon vazifasida ishlayotgan tog’asining parvarishida bo’ldi va Buxoroda mashhur shaxslar bilan tanishgach, o’z taxsilini qorilik maktabida davom ettirdi, so’ngra u erdagi Modari Xon (“Xonning onasi”) nomli madrasani tamomladi.
Buxoroning madaniy hayoti Abdulloning fikriy bedorligiga katta turtki berdi. U butun umrini xalqqa, ma’rifat tarqatishga, buyuk davlatchilik shovinizmining xilma-xil nayranglariga qarshi kurashga bag’ishlaydi. Muxojirlikdagi og’ir hayotni boshidan kechirgan Abdullo Rajab Boysuniy 1954-yilda “Turkistonlilar yordamlashma jamiyati” va uning “Turkiston” jurnalini tashkil etdi. Abdullo Rajab Boysuniyning mashhur asari 1943-yilda (qayta nashri 1945-yil) Istanbulda chop etilgan. “Turkistonda istiqlol harakatlari va Anvar Poshsho” asari bo’lib, undagi ma’lumotlar hanuzgacha ilmiy muomalaga kiritilmagan. Mazkur asar Turkistonda istiqlolchilik harakati, maxsus, Anvar Poshshoning muxorabalari tarixini yoritishda yagona va ishonchli manba bo’lib xizmat qiladi. Asarda muallif bevosita o’zi ishtirok etgan voqealar haqida batafsil hikoya qilgan va unda harakat rahbari Anvar Poshshoning yozishmalari va maktublari, qabul qilingan hujjatlar to’liq holda keltirilgan. Unda Turkiston haritasi, 48 ta rasm, 18 ta arab imlosidan vasiqa mavjud bo’lib noyob tarixiy ma’lumotlarga boydir. Asarning birinchi bobi “Turkiston” nomlangan bo’lib, unda Rossiyasi tomonidan Buxoro va Xivaning istilo etilishi, Xiva inqilobi, 1916-yildagi xalq qo’zg’aloni, Said Olimxonning Buxorodan qochishi haqidagi voqealar batafsil ma’lumot berilgan.
Asardagi “Anvar Poshsho Turkistonda” nomli ikkinchi bobi 1920–1923-yillar davomida yurtimiz xududlarida Anvar Poshsho boshchiligida olib borgan milliy istiqlol harakati, Boysunning Pulhokimdagi muvaqqat qarorgoxidagi kechinmalar va Kofrunda o’tkazilgan Turkiston qurboshilari yig’inining mazmuni, uning qarori, Moskva bolsheviklari tomonidan Anvar Poshsho taklif etilgan sulh haqida hikoya qilinadi. Asarning uchinchi “Anvar Poshshoning shaxodatidan so’ng Turkiston milliy mujodalasida Xoja Sami bey” nomli bobida Salim Poshsho boshliq milliy ozodchilik harakatlari, sho’rolar davrida Turkistondagi siyosiy ahvol, muhojirlar tomonidan “Turkiston Milliy Birligi” ning tashkil etilishi va faoliyati to’g’risida yozilgan. Asar mazmunidan Abdullo Rajab Boysuniyning buyuk g’oyalar bilan yashaydigan kurashchi qiyofasi hamda uning ozod Turkiston g’oyasiga naqadar sodiq bo’lib qolganligi yaqqol namoyon bo’ladi. Yapon olimi Xisao Komatsu uning asarini “Turkiston milliy ozodlik harakatining solnomasi”deb e’tirof etgan bo’lsa, Mexmed Utan, Ural Jahongir kabi sharqshunos olimlar tadqiqot ishlari olib borgan. Milliy mustaqillik nashidasi Abdullo Rajab uchun ulkan armon bo’lib qolgan bo’lsa-da, u bu yorug’ kunlarning kelishiga komil ishonch bilan dunyodan o’tdi. Uning nomi xalqimiz uchun faxr va iftixor ramzi bo’lib qolmog’i, hur Vatanni orzulagan, istiqlolchilik harakatining fidoyisi sifatida qadrlanmog’i darkor. U o’zining xalqqa, Vatanga, istiqlolga baxshida etilgan yorqin hayoti bilan ana shu huquqni haqli ravishda qo’lga kiritdi.
Xulosa qilib aytganda mamlakatda qoloqlik mataasiblik hukm surgan bo’lsa-da madaniy hayotda siljish bo’lgan.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin