Амир Сайид Олимхон. Бухоро халқининг ҳасрати тарихи. Ирисова A. - Тошкент:. Фан, 1991. – 26 б.
Аҳмедов Б. Тарихдан сабоқлар. – Тошкент: Ўқитувчи, 1994.– 432 б.
Алимова Д, Рашидов У. ХIХ аср охири – ХХ аср бошларида Бухородаги сиёсий ҳаракатлар ва курашлар. – Бухоро. Зиё Ризограф, 2009.
Воҳидов Ш. Ҳ. Қўқон хонлиги ва Бухоро амирлигида унвон ва мансаблар. – Тошкент, 1996. – 34 б.
Зиёев Ҳ. 3. Туркистонда Россия тажовузи ва ҳукмронлигига қарши кураш. (XVII – XX аср бошлари). – Тошкент: Шарқ, 1998. – 248 б.
Ражабов Қ. Насруллоҳхон. – Тошкент: Абу матбуот-конмалт, 2011. – 48 б.
Расулов Д. Бухоро амирлигида зарб қилинган пуллар // Мозийдан садо. – Тошкент, 2008. – №2. – Б. 34 – 35.
Шукруллаев Ю. Бухоро амирлигида қўшиннинг этник таркиби.// Имом ал-Бухорий сабоқлари. – Тошкент, 2008. – №3. – Б. 214 – 217.
Shamsutdinov R., Karimov Sh., Ubaydulayev O’. Vatan tarixi. – Toshkent: Sharq, 2010. – №2. – 365 b.
Холбоев С. Бухоро амирлигниинг олтин хазинаси. –Тошкент: Фан, 2008.
SOVET MUSTABID TUZUMI DAVRIDA O’ZBEKISTON MADANIYATI VA SAN’ATI REJA: 1. 2. Sho'rolar davri madaniyati Sobiq sho'rolar davri madaniyati o'zining qarama-qarshi tomonlari va xususiyatlari bilan boshqa davrlar madaniy taraqqiyotidan farq qiladi. Bu davrning asosiy xususiyati hayotning barcha sohalari, jumladan, ma'naviy madaniyat sohasining kommunistik mafkuraga tobeligi bilan tavsiflanadi.
Ma'lumki, milliy madaniyat milliy e'tiqod va milliy his-tuyg' ular asosida rivojlanadi. Sho'rolar davrida ana shu xususiyat - milliy madaniy taraqqiyot o'zani begona madaniy oqim tomonga burib yuborildi. Natijada milliy madaniyat o'zining hayotbaxsh manbayidan, milliy e'tiqod va his-tuyg'ularidan ajratib qo'yildi. Madaniy-tarixiy hodisa g'oyaviylashtirildi, hukmron mafkura va hukmron sinf manfaatlariga bo'ysundirildi. Ikkinchi tomondan, sotsialistik lagerga kirmaydigan «begona davlatlar madaniy hayoti bilan milliy madaniyatlar o'rtasidagi tabiiy aloqadorlikka rahna solindi. Bu esa milliy madaniyatlarning umumbashariy madaniyatlardan uzilib qolishi va «begona»lashuviga olib keldi.
Bu davrning ikkinchi salbiy tomoni badiiy ijodiy jarayonning bir qadar cheklanganligi bilan xarakterlanadi. Ijodiy erkinlik hukmron mafkura ko'rsatmasi asosida qurildi. Badiiy ijod «shaklan milliy, mazmunan sotsialistik uslubda bo'lishi shart qilib qo'yildi. Bu qonuniyat o'tmish madaniy merosga ham tatbiq etildi. Natijada o'tmish avlodlardan qolgan barcha madaniy boyliklarni o'rganishda, uning ana shu qonuniyatga javob bermaydigan tomonlari olinib, qolgan jihatlari «zararli, «kommunizm quruvchisi»ning ongini zaharlaydigan «og'u» deb topildi. Bu esa avlodlardan avlodlarga qonuniy tarzda o'tuvchi yaxlit jarayonning buzilishiga sabab bo'ldi.
Har bir jarayonning ijobiy va salbiy tomonlari mavjud bo'lganidek, sobiq sho'rolar davrining ham o'ziga xos ijobiy tomonlari ham mavjud bo'lganki, bundan ko'z yumish umumiy tabiiy-tarixiy jarayonga bir tomonlama nazar tashlash bilan barobardir.
Sho'rolar davrida o'ziga xos madaniy taraqqiyot vujudga kelib, bu madaniy jarayon ozmi-ko'pmi umumbashariy madaniy taraqqiyotning rivojiga sezilarli ta'sir ko'rsata olgan. Bu davrda ilm-fan, texnika va san'atning ko'pgina sohalarida (ayniqsa, me'morchilikda) ulkan yutuqlarga erishildi. Fanning ayrim sohalardagi rivoji dunyo miqyosidagi darajaga ko'tarildi.
Sho'rolar davri madaniyatining asosiy tomonlaridan yana biri majburiy ta'limning joriy etilganligidir. Bu vazifani amalga oshirish uchun ko'plab maktablar tashkil etildi. Natijada qishloq joylari madaniy-maishiy hayotining yaxshilanishida ana shu maktablarning ta'siri sezilarli darajada bo'ldi. Yoki xalq xo'jaligining turli sohalarini kadrlar bilan ta'minlash uchun ta'lim tizimining bosqichma-bosqich yaxshilanib borilishi ham aholi madaniy saviyasining ko'tarilishida muhim rol o'ynagan.
XX asrning 20-yillaridayoq o’zbek milliy professional teatri va milliy kino san'atlarining tamal toshi qo'yildi. Oliy va o'rta maxsus ta'lim o'z rivojlanish bosqichiga kirdi. Sho'rolar davrida ham Rossiya imperiyasi amaldorlari tomonidan amalga oshiralayotgan siyosat - yerli xalqni ruslashtirish siyosati davom etdi. Milliy ma'naviy qadriyatlar millatning milliy g'ururi va o'zligini anglashga bo'lgan intilishlari bo'g'ib qo'yilishi davom etdi.
O'tmish madaniy merosga bo'lgan munosabatda sinfiylik tamoyili asosiy mezonga aylandi. Mazkur tamoyilning madaniy-ijodiy jarayonga tatbiq etilishi o'zbek milliy madaniyatining qadim ajdodlari tomonidan vujudga keltirilgan sarchashmalaridan bahramand bo'lishiga barham berdi.
O'tgan asrning 20-yillari boshida qabul qilingan «San'at buyumlari va ilmiy kolleksiyalarini chet elga olib chiqib ketishni taqiqlash to'g'risida (1921-yil, 22-may), «Musulmon nashrlari uchun mablag’ ajratish» (1922- yil, 10-avgust), «Turkistonda yerli bolalar uchun maktablar tarmog'ini kengaytirish» (1923- yil, may) va boshqa ko'pgina chora-tadbirlar o'z samarasini bermay qolmadi. Maktablar tarmog'i tez sur'atlar bilan rivojlandi, matbaa ishi yaxshilanib madaniy-ma'rifiy ishlar ko'lamining ta'siri kengaydi. Bu ishlarning amalga oshuvi natijasida mahalliy xalq orasidan A.Avloniy, A.Fitrat, A.Qodiriy, S.Ayniy, Hamza, A.Cho’lpon, Botu (M.Xodiyev), Ziyo Said singari adiblar, M.Uyg'ur kabi atoqli aktyor va rejissyorlar yetishib chiqdi.
1925-yilga kelib o'zbek tilida 17 nomdagi gazeta va jurnallar chiqa boshladi. Turkistonda yashovchi o'zbek, qozoq, rus va boshqa millat tillarida kitoblar chop etildi. 14 teatr, 19 kinoxona, 152 ta kutubxona va boshqa madaniy-ma’rifiy muassasalar faoliyat ko'rsata boshladi.
Savodsizlikni tugatish maqsadida xalq tilida maktablar tashkil etish sur'ati yanada kuchaytirildi. Ularni darsliklar va o'quv qurollari bilan ta'minlash chora-tadbirlari ko'rildi. 1930-yil 25-iyulda majburiy boshlang'ich ta'lim joriy etildi. 30-40-yillar oralig'ida mehnatga yaroqli aholining deyarli barchasi savodsizlikni tugatish tizimida o'qib chiqdi. 30-yillarning oxirlariga kelib, umumiy yetti yillik ta'limga o'tildi.
1920-yilda Toshkentda rasman tashkil etilgan O rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi O'zbekiston Milliy Universiteti) nafaqat respublikamiz uchun, balki O'rta Osiyo respublikalari va Qozog'iston uchun oliy malakali mutaxassislar tayyorlab beruvchi yagona markazga aylandi.
20-30-yillarga kelib respublikamizning yirik shaharlarida xalq xo'jaligi uchun zarur bo'lgan mutaxassisliklarni yetkazib beruvchi ko'plab oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari tashkil etila boshlandi. Bu davrda respublika madaniy hayoti partiyaning qattiq nazorati ostida tashkil etilardi. Partiyaning yo'1-yo'riqlariga ozgina bo'lsa-da beparvolik qilish, undan chetga chiqish va erkin ijodga intilish aksilinqilobiy harakat hisoblanar va qattiq jazoga mubtalo qilinar edi. O'tmish madaniy meros va qadimiy madaniy yodgorliklarga yangi sotsialistik madaniyatning dushmani sifatida qaralar edi. Madaniyatning tarkibiy qismi hisoblangan dinga qarshi ayovsiz kurash boshlandi.
Bu holat, ayniqsa, 30-yillarda avjga chiqdi. Ko'plab dindorlar uzoq o'lkalarga, begona yurtlarga surgun qilindi. Islom va xristian dinlariga oid qanchadan qancha kitobtar yo'q qilinib, masjidlar, cherkovlar, xonoqohlar va maqbaralar vayronaga aylantirildi. Shunga qaramasdan, 20-yillardan boshlab respublika madaniy hayotida bir qator o'zgarishlar ro'y bera boshladi. Xalq ta'limi tizimida, madaniy yodgorliklarni saqlash va mahalliy matbuotning rivojlanishida sezilarli o'zgarishlar sodir bo'ldi.
Respublika madaniy hayotida o'sha davrning fidoyi siymolari eng murakkab sharoitda ham partiya yakkahokimligi va davlat tomonidan avj oldirilgan jazo choralariga qaramay, milliy ruh va milliy istiqlol uchun kurash olib bordilar. O'sha davrning mashhur adiblari va publitsistlari Munavvarqori, A. Fitrat, A. Cho'lpon, A. Qodiriy, A. Avloniy, Hamza, G'. Yunus, Ashurali Zohiriy, Xurshid (Sh. Sharofiddinov), keyingi yosh avlod vakillaridan Botu (M.Xodiyev), Ziyo Said va boshqalar hamda o'zbek professional teatri tashkilotchilaridan M.Uyg'ur kabi ziyolilar shular jumlasidandir.
20-30-yillar Respublika madaniy hayotidagi og'ir yillar hisoblanadi. Bu davrda milhy adabiyot va san'atni saqlab qolish, uning ilg'or an'analarini tiklash uchun harakat avj oldi. Shu bilan birga adabiy-badiiy jarayonni hukmron sinf manfaatlariga bo'ysundirishga yordam beruvchi ikkinchi guruh ham paydo bo'ldiki, ular millat qahramonlarini qatag'on qilishda jonbozlik ko'rsatdilar.
Ana shu kurashlar natijasida o'zbek adabiyoti tarixida yangi janr – o'zbek romanchilik janri vujudga keldi. Abdulla Qodiriy «O'tkan kunlar» va «Mehrobdan chayon» nomli asarlar yaratib o'zbek romanchiligi asosiga tamal toshini qo'ydi. A.Fitratning «Chin sevish» va «Abulfayzxon», «Arslon», A.Cho'lponning «Cho'riqiz isyoni», «Yorqinoy» va «Zulmkor» nomli dramatik asarlarida Turkiston xalqlarining fojiasi, tuganmas dardlari to'laqonli aks ettirildi.
Sobiq TASSRning ijozati bilan tuzilgan «Chig'atoy gurungi» tashkiloti Turkiston xalqlari madaniy merosini to'plash va o'rganish yumushlari bilan birga madaniyat va adabiyot sohasi orqali milliy istiqlolni targ'ib qilish yo'lida faoliyat ko'rsatgan. Bu tashkilotga a'zo shoir va adiblar, ma'rifatparvarlar til va adabiyotning milliyligi masalasida ulkan ishlarni bajarishdi. O'tmish merosga, xususan, chig'atoy adabiyotiga katta ixlos bilan qaragan holda, xalq tiliga, xalqona ifodaga, milliy zaminga alohida e'tibor qaratdilar. O'z amaliy ishlari bilan ruslashtirish siyosatiga qarshi turdilar. Lekin bunday sa'y-harakatlar hukmron mafkura andazalariga mos tushmas edi.
Respublikaning mustaqilligi uchun kurash dastlab ochiqdan ochiq olib borilgan bo'lsa, partiya yakkahokimligi va totalitar tuzum o'rnatilishi hamda milliy istiqlol uchun kurashuvchilar ayovsiz jazolana boshlangandan so'ng bu kurash yashirin tarzda olib borildi. Masalan, maorif vaziri bo'lib ishlab turgan R.Inag'omov rahbarligidagi «18 lar guruhi» yer-suv islohoti kompaniyasi boshlanishi oldidan o'z faoliyatini ochiqchasiga olib borgan. R. Inag'omov, eng avvalo, partiya rahbarligi, uning gegemonligiga qarshi chiqadi. Partiyani diktatorlikda va demokratiyani bo'g'ishda ayblaydi, jamiyatni boshqarishda barcha guruhlarning erkin qatnashishini ta'kidlaydi. Davlatni boshqarishda faqat sho'rolarning ishtirokini tan olib, partiyaning asosiy vazifasini faqat targ'ibot va tashviqot ishlarini olib borishdan iborat, deb hisoblaydi.
Ayrim ma'rifatparvarlar mahalliy aholi bolalari uchun o'z mablag'idan maktablar ochdilar. Xalq ta’limining ko'pgina tashkilotchilari pedagogik faoliyat bilan shug'ullanishdan tashqari, maktablar uchun o'zbek tilida darslik tayyorlash ishida ham faol qatnashdilar. Munavvarqori, Abdulla Avloniy, Fitrat, Ashurali Zohiriy, Shorasul Zunnun, Rahimjon Shokiriy, Elbek, Qayum Ramazon, Sh.Saidrizo Alizoda, Rafiq Mo'min, Abduqodir Shokiriy va boshqalar shular jumlasidandir.
XX asrning 30-yillarida adabiyot sohasiga G'ayratiy, Oybek, G'. G'ulom, Botu (M.Xodiyev), Hamid Olimjon, Abdulla Qahhor, Oydin Sobirova, Usmon Nosir, Amin Umariy, Uyg'un singari yozuvchi va shoirlar kirib keldilar va xalq orasida tanila boshladilar.
20-30-yillarda o'zbek teatr san'ati shakllana boshladi. Bu davrda Hamza va Mannon Uyg'urlar tomonidan o'zbek professional teatri beshigi hisoblangan akademik teatr tashkil topdi. Natijada Yetim Bobojonov, Abror Hidoyatov, Muhiddin Qori Yoqubov kabi ulug' siymolar yetishib chiqdi. Bu davrda O'zbekiston kino san'ati asosiga tamal toshi qo'yildi. O'zbek musiqa, kinematografiya va teatr san'ati tezkorlik bilan rivojlandi. O'z davrining buyuk san'atkorlari: M.Ashrafiy, T.Sodiqov, M.Burhonov, (musiqa), Y.A'zamov, N.G'aniyev, S.Iskandarov, A.Umarov, R.Pirmuhamedov (kino-matografiya), L.Narzullayev, Z.Hidoyatova, Sh.Qayumov, T.Saidazimova, X.Nosirov (teatr) kabilar yetishib chiqdilar.
30-yillar o'zbek fanining jadal rivoj topayotgan davrlaridan bin hisoblanadi. Bu davrda mashhur geolog olimlardan X.M.Abdullayev, G.A.Mavlonov, matematiklardan T.N.Qori Niyozov, T.A.Sarimsoqov, biolog olimlardan T.X.Zohidov. D.K.Saidov, A.M.Muzaffarov, A.To'laganov, kimyogarlardan O.S.Sodiqov, A.S.Sattorov, M.Yunusov, X.U.Usmonov K.S.Ahmedov, energetiklardan X.F.Fozilov, G.R.Rahimov, faylasuflardan I.M.Mo'minov, arxeologlardan Ya.G'.G'ulomov kabilar yetishib chiqdilar.
Bu davrning eng buyuk muvaffaqiyatlaridan biri – televideniyening vatani Toshkent bo'lib qolganligidir. 1928-yili o'zbekistonlik V.P.Grabovskiy va I.F.Belyanskiylar elektron nur yordamida harakatdagi tasvirni bir joydan ikkinchi joyga uzatadigan va qabul qilingan «radiotelefon» yaratdilar.
Xullas, 30-yillarda ro'y bergan murakkab ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jarayonlar respublika madaniy hayotiga jiddiy ta'sir ko'rsatdi. Ayniqsa, ma'naviy hayot sohasidagi qatag'onlar milliy madaniyat taraqqiyotiga salbiy ta'sir ko'rsatdi.
«Xalqlar otasi»ning jamiyat turmushidagi barcha sohalarga «dohiylarcha rahbarligi» xato va kamchiliklarsiz ideal jamiyat qurilayotganligini madh etuvchi asarlarning ko'payishiga olib keldi. San'atning turli sohalarida hayot haqiqatini bir yoqlama korsatuvchi, qolipga solingan ijod namunalari paydo bo'lishiga sabab bo’ldi.
Qonunchilikning qo'pol ravishda buzilishi, insoniy qadr-qimmatning poymol etilishi natijasida milliy madaniyatning ko'pgina ko'zga ko'ringan namoyandalari - Munavvarqori, Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat, Zohiriy, Shokir Sulaymon, Elbek, Usmon Nosir, Otajon Hoshimov va boshqa millatparvarlar yo'q qilindi.
II jahon urushi yillari adabiyot va san'atdagi asosiy mavzu – insonparvarlik g'oyalarining yanada kuchaytirilishi cdi. Chunki fashizm butun insoniyat va uning tomonidan yaratilgan barcha madaniy merosni yo'q qiluvchi ofat hisoblanardi. Shu sababli urush yillarida yaratilgan barcha madaniy boyliklar insoniylik g'oyalariga yo'g'rilgan edi. Bu davrdagi asosiy mavzulardan biri – vatanparvarlik hissining oshib-toshib ketishi va barcha san'at asarlarida namoyon bo'lishi edi. Barcha narsa va harakat, barcha badiiy ijod - buyuk Vatan tuyg'usini shakllantirish, Vatan uchun jonini tikishdek qudratli hisga bag'ishlandi. Natijada bu davrda yaratilgan barcha san'at asarlarida millati, tili, e'tiqodi har xil bo’lgan kishilarning yagona, qudratli kuchiga aylangan ichki ruhiy hissiyot – Vatan tuyg'usi o'z ifodasini topdi.
Urush davrida O'zbekistonga Rossiya, Ukraina va Belorussiyadan 22 ta ilmiy tadqiqot instituti, 16 ta oliy o'quv yurti ko'chirib kelingan edi. Natijada O'zbekistonda ilm-fanning tez sur'atlar bilan nvojlanish imkoniyati vujudga keldi. Ishlab chiqarishni yanada kengaytirish va xomashyo zaxiralarini izlab topish ishlari amalga oshirildi. Sanoat uchun qimmatli bo'lgan ko'plab o'tga chidamli materiallar kashf etildi. Neft ishlab chiqarish ancha rivojlandi. Energetika zaxiralaridan foydalanish yo'lga qo'yila boshlandi.
Ijtimoiy fanlar rivojlantirilib, ko'plab arxeologik qazishma ishlari amalga oshirildi va respublikamiz hududidagi qadimgi madaniyat manzilgohlari izlab topildi. O'zbekistonda 1943-yilda O'zbekiston Fanlar akademiyasi tashkil etildi. 1944-yilga kelib Fanlar akademiyasi tarkibida 22 ta ilmiy muassasa mavjud edi. 1943-yilda O'zbekistonda 41 ta oliy o'quv yurti (shundan 12 tasi ko'chirib kelingan), 52 ta o'rta maxsus o'quv yurti faoliyat ko'rsatdi va xalq xo'jaligining turli tarmoqlariga mutaxassislar tayyoriab berdi. Urush yillarida bu o'quv yurtlari xalq xo'jaligining turli sohalariga 20 mingdan ziyodroq malakali mutaxassislar yetkazib berdi.
Shu bilan birga, 40-yillardan 50-yillargacha davom etgan siyosiy qatag'onlar O'zbekiston madaniy hayoti va taraqqiyotiga salbiy ta'sir ko'rsatdi. Bu qatag'onlar asosan ilm-fan va madaniyat arboblariga qaratilgan edi. Ko'pgina yozuvchilar, shoirlar, olimlar va boshqa fan va madaniyat arboblari nohaq qoralandi, «millatchi»likda ayblanib, hatto «xalq dushmani» tamg'asini oldi. Natijada adabiyot, san'atning taraqqiyot yo’li yuqoridan belgilab beriladigan yo'lga solib qo'yildi. Asosiy e'tibor hayotni realistik, demokratik va oshkora tasvirlab berish o'rniga «xalqlar otasi»ning, partiya va rahbarlar gegemonligining buyuk qudrati hamda qahramonliklarini bo'rttirib tasvirlashga qaratildi.
Millat, xalq va Vatan tarixini yoritib beruvchi asarlarning mualliflariga «o'tmishni qo'msovchi, «o'tmishni ideallashtiruvchi» kabi ayblar qo'yildi. Yozilgan asarlar partiya organlari senzurasi tomonidan qattiq tekshirilar va rahbariyatga yoqmagan «zararli elementlar» uchun ijodiy organlar va mualliflar badnom qilinar edi. Partiya organlari ayrim yozuvchilar va shoirlarning asarlaridan jiddiy xatolar «topib», ularni milliy cheklanganlikda, o'tmishning zararli tomonlarini ideallashtirishda ayblay boshladilar. Natijada Oybek, Abdulla Qahhor, M.Shayxzoda, Shukrullo, Said Ahmad, M.Boboyev, Mirtemir va boshqa ijodkorlarni badnom qildilar. Bir qator jurnallar, jumladan, «Sharq yulduzi» va «Zvezda Vostoka» jurnallari tahririyatiga jiddiy ayblar qo'yildi.
Xullas, ma'naviy hayotdagi qatag'onlar keyingi madaniy hayotda ko'pgina salbiy oqibatlarning kelib chiqishiga, ya'ni ijoddagi erkinlik o'rnini hadiksirash, mavzuning yuqoridan belgilab berilishini kutish kabi noxush hotatlarning ro'y berishiga olib keldi. Shuningdek ijodning hukmron millat, mafkura va sinf tazyiqi ostida belgilab berilishi yozuvchilarning ijtimoiy taraqqiyot hodisalarini bir tomonlama yoritishga, mavjud kamchiliklarni ko'rib-ko'rmaslikka olishga majbur etdi. Natijada 70-yillardan so'ng shahar hayotiga asosiy e'tibor berish bilan cheklanib, qishloq voqealarini yoritish e'tibordan chetda qola boshladi. Qishloq hayoti, madaniyat va turmush ikkinchi darajali mavzuga aylandi. Aholining ozchilik qismi yashaydigan shahar hayoti ko'klarga ko'tarib maqtaldi. Ayniqsa, badiiy filmlar ishlab chiqarishda yuzakilikka – g'oyaviy bo'sh, mazmunan sayoz, o'zbek millatining haqiqiy qiyofasini, urf-odatlari, qadriyatlarini, milliy o'zligini ochib bera olmaydigan filmlar ishlab chiqarishga o'tib olindi.
Xulosa qilib aytganda, bu davr O'zbekiston madaniy taraqqiyotini boshdan kechirgan bir bosqich sifatida tarix sahifasidan munosib joy oldi. Fan, texnika, adabiyot va san'at hamda maorif sohalarida muayyan siljishlar bo'lib o'tdi, ularning moddiy-texnika bazasi ancha mustahkamlandi.
1991-yil 1-sentabr kuni O'zbekistonning Mustaqil deb e'lon qilinishi, Milliy istiqlolga erishuvimiz xalqimizning ma'naviyat va madaniyatini yanada yuksaltirish imkoniyatini berdi. Bu shunday bir ne'matki, ajdodlar tomonidan yaratilgan madaniy-ma'naviy merosga xalq milliy ruhiyati orqali nazar tashlashga, uning sarchashmalarini qalban his qila bilish, xalqona milliy va diniy e'tiqodlarga chuqur ehtirom ila qarash imkoniyatini yaratib berdi.
Milliy Istiqlolning mohiyatiga tushunib yetilgan taqdirdagina kishilarda chin vatanparvarlik hissi uyg'onadi, nafaqat o'tmish madaniy merosini, balki zamonaviy, qolaversa, xalqning kelajak madaniyati va ma'naviyati masalalarini ham chuqurroq anglab yetish hissi paydo bo'ladi. Milliy istiqlol shunday qudratli kuchga egaki, o'z millati, xalqi va elatining taqdiri, madaniyati va milliy qadriyatlari uchun kurash har bir fuqaroning insoniy e'tiqodiga aylandi. O'z navbatida, milliy madaniyatning taraqqiyoti har bir insonning zamonaviy taraqqiyot oqimiga qo'shilib ketishiga yordam berdi.