Davlat tasarrufidagi tashkilotlar: Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimidagi tashkilotlar; davlat aksionerlik jamiyatlari, kompaniyalar, birlashmalar: «O'zbekkino» Milliy agentligi, «O'zteleradio» kompaniyasi, O'zbekiston Badiiy Akademiyasi, «O'zbeknavo» estrada birlashmasi, «O'zbekteatr» IIB, «O'zbekraqs», «Musavvir» ilmiy ijodiy ishlab chiqarish birlashmalari, «O'zbekmuzey» biriashmasi. «O'zbekturizm» aksionerlik kompaniyasi va boshqalar.
Nodavlat va jamoat tashkilotlari:jamg'armalar; ijodiy tashkilotlar, jamiyatlar va uyushmalar; madaniy-ma'rifiy markazlar.
O'zbekistonda quyidagi jamg'armalar mavjud: Imom al-Buxoriy nomidagi xalqaro xayriya jamg'armasi, Amir Temur nomidagi xalqaro xayriya jamg'armasi, Ibn Sino nomidagi xalqaro jamg'arma, «Oltin meros» xalqaro jamg'armasi, Bobur nomidagi xalqaro jamg'arma, Sodiqov nomidagi xalqaro jamg'arma, «Sog'lom avlod uchun» xayriya jamg'armasi, «Kamolot» jamg'armasi, Bolalar jamg'armasi, «lste'dod» jamg'armasi, «Ekosan» xalqaro ekologiya va salomatlik jamg'armasi, O'zbekiston ommaviy-axborot vositalarini demokratlashtirish va qo'llab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamg'armasi, O'zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg'armasi, "Mahalla" jamg'armasi va boshqalar.
Ijodiy tashkilotlar, jamiyat va uyushmalar: O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O'zbekiston Bastakorlar uyushmasi, O'zbekiston Me'morlar uyushmasi, O'zbekiston Faylasuflar jamiyati, O'zbekiston Tarixchilar jamiyati, O'zbekiston «Tasviriy oyina» ijodiy uyushmasi, O'zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi va boshqalar.
Madaniy-ma'rifiy markazlar: Respublika Ma'naviyat targ'ibot markazi, Milliy g'oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, O'zbekiston huquqiy madaniyat markazi, Ijtimoiy fikr jamoatchilik markazi, O'zbekiston ijtimoiy falsafa va milliy tiklanish markazi, O'zbekiston baynalmilal madaniyat markazi, Milliy-madaniy markazlar (rus, ukrain, qozoq, koreys kabi yuzga yaqin markazlar) va xalqaro aloqalar jamiyatlari.
Madaniyat tizimidagi davlat va jamoa tashkilotlari faoliyati. O'zbekiston madaniyati tizimidagi tashkilotiarda hozirgi davrda: tarkibiy o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. muhim tashkiliy ishlar hal etilmoqda, ish mazmuni va shakli yangilanmoqda; jiddiy izlanishlar olib borilmoqda, jahon tajribasi o'rganilmoqda va tajribalar orttirilmoqda; yangi sharoitda moddiy va iqtisodiy muammolar hal qilinmoqda.
Davlat tasarrufidagi islilarga O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bosh-qosh bo'lmoqda va ulkan ishlarni amalga oshirmoqda.
Davlat tizimida yangidan tuzilgan ko'pgina tashkilotlar, masalan, «O'zbekteleradio» kompaniyasi, «O'zbekkino», O'zbekiston Badiiy Akademiyasi, «O'zbeknavo», «O'zbekteatr», «O'zbekturizm» kabilar samarali faoliyat ko'rsatishmoqda.
Yangi tuzilgan jamg'armalar orasida Amir Temur nomidagi xalqaro xayriya jamg'armasi, «Sog'lom avlod uchun xayriya jamg'armasi, «Kamolot» yoshlar jamg'armasi ijobiy natijalarga erishmoqda. Ijodiy tashkilotlar orasida esa yozuvchilar, bastakorlar, me'morlar uyushmalarining faoliyati diqqatga sazovor.
Madaniy-ma'rifiy markazlar ichida O'zbekiston baynalmilal markazi, ijtimoiy fikr jamoatchilik markazi, Huquqiy madaniyat markazi va boshqalar ibratli ishlarni amalga oshirishmoqda.
Madaniyat tizimidagi muammolar. Jamiyatimiz madaniyat va ma'rifat «bino»sini baquvvat va go'zal bo'lishi uchun haii ko'p ishlarni amalga oshinshimiz lozim bo'ladi. Bu sohada bajarilishi lozim bo'lgan ishlar talaygina. Ularning bazilariga to'xtalamiz: Respublika va viloyatlar darajasida ulkan ishlar amalga oshirilayotgan bo'lsa ham, ba'zi joylarda, jumladan, tuman, mahalla va qishloqlarda jiddiy e'tibor berish lozim bo'lgan ishlar mavjud. Ko'pgina joylardagi mahalliy rahbarlar hanuzgacha madaniyat sohasi yetarlicha e'tibor berishmayapti;
O'zbekiston hududlarining mushtarakligini ta'minlashda madaniyat va san'atning o'rni katta. Bu borada «Viloyatlar kuni», ya'ni viloyatlarda bir-birining kunlarini o'tkazish yaxshi samara beradi. Bunday tadbirlarni tumanlararo ham o'tkazish mumkin;
Hozirgi davrda yoshlar ma'naviyatiga alohida e'tibor berish lozim bo'lmoqda. Ba'zi yoshlar ongida va ma’naviy hayotida bo'shliqning paydo bo'lishiga mahalliy madaniyat muassasalarining talab darajasida ishlamayotganligi sabab bo'lmoqda. Klublar, madaniyat uylari, kutubxonalar, istirohat bog'lari mahalliy aholi va yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishga va ularni g'oyaviy, ma'naviy kamol topishiga samarali xizmat qilishi lozim.
Madaniyat tizimining moddiy negizini yaxshilash muhim muammolarning bin sifatida namoyon bo'lmoqda, Bu borada ko'pgina ishlar amalga oshirilayotgan bo'lsa-da, haii qator muammolar ham mavjud:
a) madaniyat sohasida tuzilgan yangi (davlat, jamoa va nodavtat) tashkilotlariga hukumatimiz katta mablag'lar ajratgan. Ularga moddiy va ma'naviy yordam berib turilibdi, mablag'ini ko'paytirish maqsadida tijorat ishlarini olib borishga ruxsat berilgan, soliqdan ozod etilgan. Biroq ular ishni yo'lga qo'yish uchun ajratilgan mablag'lardan maqsadga muvofiq foydalanishmayapti. Ishga eng zaruriy narsalar o'miga bu tashkilotlarning rahbarlari o'zlari uchun qulayliklar yaratishmoqda. Shuningdek madaniyat tizimi o'zini o'zi mablag' bilan ta'minlash ishlarini ham yaxshi yo'lga qo'yishi zarur;
b) madaniyat va san'at sanoati yo'lga qo'ymasdan bu sohani taraqqiy ettirib bo'lmaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kino sanoati (ssenariy yaratish, kino olish, ularni targ'ib qilish, ijara ishlarini amalga oshirish), musiqa sanoati (musiqiy asarlarni yaratish, ijro qilish, ovoz yozib olish va ularni tarqatish), tasviriy san'at sanoati (tasviriy durdonalar yaratish, ularni targ'ib qilish, ko'rgazma-savdolar, auksionlar uyushtirish) kabilarni yanada yaxshi yo'lga qo'yish zarur bo'lmoqda.
d) madaniyat tizimi faoliyatini yaxshilash uchun unga, albatta, ko'proq faol qiziquvchi, tashabbuskor va izlanuvchi ijodkorlarni jalb etish muhim ahamiyatga ega. Ko'pgina joylarda madaniyat sohasida hamma ishlayverishi mumkin, degan tushuncha mavjud. Bunday tushuncha bilan madaniyatni rivojlantirib bo'lmaydi. Madaniyat jonkuyar, tashabbuskor tashkilotchilar bilan tirik. Ularsiz madaniyat tizimi ishlay olmaydi va inqirozga uchraydi.