O'ZBEK XALQI AN'ANAVIY MADANIYATI Mustaqillikka erishgan har bir davlatning ma'naviy poydevori mustahkam bo'lgandagina, u baquvvat bo'lib, keng ko'lamda rivojlana oladi. Buning uchun esa ajdodlar ming yilliklar ichida yaratgan bebaho meros - xalq madaniyati an'analarini yanada jonlantirish, taraqqiy ettirish va uiardan aql-idrok bilan foydaianish lozim bo'ladi. Biroq ma'naviy merosni chuqur. har tomonlama o'rganmasdan turib, bu bebaho boylikni tiklash, ayniqsa, rivojlantirish aslo mumkin emas.
Ayonki, sobiq sho'ro hokimiyati davrida, mamlakatda tezroq yagona sovet xalqini shakllantirish maqsadida milliy xususiyatga ega bo'lgan qadriyatlar, milliy ong, ruhiyat, xalq odatlari, an'anaviy madaniyat kabi hodisalar rasmiy-norasmiy taqiqlandi.
Mustaqillikka erishgan har bir millat, avvalo, o'zligini tiklashga harakat qiladi. Chunki istilochilar, eng avval, o'z mustamlakasidagi xalqning ma'naviy o'zligini yo'q qilishga intiladi. Millatning ma'naviy o'zligini esa milliy ong, ruh, an'analar, til, din, adabiyot, axloq, ilm-fan, ma'rifat kabi ma'naviy qadriyatlar vujudga keltiradi. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so'ng eng dastlabki ishlardan biri, bu - tarixiy-ma'naviy qadriyatlarni tiklash bo'ldi.
«Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko'p asrlar mobaynida yaratib kelingan g'oyat ulkan, bebaho ma'naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan nihovatda muhim vazifa bo'lib qoldi»', deb ta'kidlagan edi O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov. Darhaqiqat, mustaqillik tufayli amalga oshirilgan tarixiy buyuk ishlardan biri – bu xalqimizning ma'naviy merosini tiklana boshlagani bo'ldi.
Mustaqil O'zbekistonda ma'naviy islohotlar negizida milliy qadriyatlarning tiklanishi. Ma'naviy qadriyatlarimizni tiklash o'z-o'zidan bo'layotgani yo'q, albatta. U, eng avvalo, mustaqillik sharofati bilan vujudga kelgan tarixiy ehtiyojlar asosida ma'naviyat va ma'rifat sohasidagi islohotlar zamirida sodir bo'lmoqda. Ma'naviy sohadagi islohotlar doirasida muhim ishlaramalga oshirila boshladi. Eng muhimi, Respublikamizda «Ma'naviyat va ma’rifat» Kengashi tuzildi va uning markazlariga yuklatilgan vazifalar yurtimizda ma'naviyat masalalarini yuksaltirishga qaratildi.
Ma'naviyatni rivojlantirish - davlatning bosh vazifasi deb qarash sohaning jiddiy taraqqiy etishiga zamin bo'ldi.
O'zbekiston Prezidentining avvaldagi «Ma'naviyat va ma'rifat» jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to'g'risidagi (1996-y) farmonida «Ma'naviy-ma'rifiy islohotlar davlat siyosatining asosiy, ustuvor yo'nalishi deb hisoblansin», - deb qayd qilindi.
«Ayrim katta-kichik rahbarlar... – deyiladi ushbu farmonda, – ma'naviyatnig asl ma'nosini tushunib yetmaslik tufayli, unga ikkinchi darajali ish sifatida qarashmoqda. Ma'naviy-ma'rifiy ishlarga bo'lgan bunday e'tiborsizlik kelajagi buyuk demokratik, ozod davlat qurishdek ezgu maqsadimiz ro'yobi uchun mutlaqo ziddir. Farmondagi bu fikrlar turli darajadagi rahbarlarni xalq ma'naviyatiga jiddiy e'tibor berishga undadi. Milliy mafkuraga bag'ishlangan (6-aprel 2000-yilgi) anjumanda Prezidentimiz rahbar xodimlar, eng avvalo, ma'naviyat, mafkura, madaniyat bilan shug'ullanishi darkor ekanligini ta'kidladi. Barcha darajadagi rahbarlar ma'naviyat bilan bevosita shug'ullana boshlashi keng ko'lamda ma'naviyatni jonlanlirishga imkoniyat yaratmoqda.
Ma’lumki, ilgari, jumladan, sobiq sho'rolar davrida ma'naviyat bilan uchinchi rahbar (yoki rahbarning uchinchi o'rinbosari) ideologiya ishining bir qismi sifatida shug'ullanar edi. Ko'pgina mustaqillikka erishgan davlatlarda hozir ham shunday bo'lib qolmoqda. Bizning Respublikamizda esa Prezidentimiz Farmoni asosida joylarda ma'naviyat bilan bog'liq ishlarning amalga oshirilishi uchun butun mas'uliyat shaxsan Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyat shahar va tuman hokimlari, respublikamizdagi barcha vazirliklar, idoralar, tashkilotlar birinchi rahbarlarining zimmasiga yuklatildi. Prezidentimiz esa barcha rahbarlarga shaxsiy namuna ko'rsatib, «ma'naviyatning bosh homiysi va himoyachisi sifatida namoyon bo'lmoqda.
Yirik nufuzli tashkilotlarda ma'naviyat bo'yicha bosh rahbarning birinchi o'rinbosari lavozimi joriy etilishi, darhaqiqat, barcha ishlar orasida ma'naviyatning birinchi o'ringa ko'tarilganiga amaliy isbot bo'ldi. Ayniqsa, oliy va o'rta maxsus bilim yurtlarida rektor va direktorlarning, endilikda esa hatto tuman, viloyat hokimlarining ma'naviyat va ma'rifat bo'yicha 1-o'rinbosari lavozimiari joriy etilishi yurtimizda ma'naviyat sohasiga bo'lgan davlatimiz siyosatini yana bir bor ko'rsatib turibdi.