O'zbekiston milliy universiteti a. A. Abduazizov tilshunoslik nazariyasiga kirish oliy o’quv yurtlarining filologiya fakultetlari ucun darslik toshkent- 2010



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə55/68
tarix16.12.2022
ölçüsü1,21 Mb.
#75480
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   68
3c41fd8ed3ee62afcf35db36143ad8a5 Tilshunoslik nazariyasiga kirish.

Adabiy til va uning mezoni

Adabiy til biror millatning tarixiy jihatdan shakllangan umumhalq tiliga asoslanadi. O’zbek adabiy tilining asoschisi buyuk shoirimiz Mir Alisher Navoiydir. Adabiy til u tarqalgan xududda barcha xalq uchun tushunarli bo’ladi. Bu umumxalq tilida shevalarga va kasb –hunarga xos so’zlar ham bo’ladi. Adabiy tilda boshqa tillardan o’zlashgan so’zlar ham bo’lishi mumkin. Adabiy tilni yozma tildan farqlash zarur. Adabiy til og’zaki va yozma shaklda bo’ladi. Adabiy tilning og’zaki shaklida uning talaffuz normasi o’z ifodasini topadi. Adabiy tilning o’z grammatikasi va leksikasi mavjud. Bular ham o’z adabiy normasiga ega. Adabiy tilda turli sohalarga doir terminlar, dialektizmlar (shevalarga xos so’zlar), kasb-hunar, madaniy – maishiy va boshqa sohalarga tegishli so’zlar mavjud bo’ladi. Adabiy tilning og’zaki shakli yozma shaklidan avval hosil bo’lishi mumkin. Adabiy tilning shakllanishi va rivojlanishida buyuk shoir va adiblarning xizmati juda kattadir. Ular qo’llagan so’z va iboralar va maxsus uslub (stil) adabiy tilning nufuzini ta’minlaydi. Adabiy til milliy tilning asosida shakllanadi. Milliy tilning yozma va og’zaki shakllari unda so’zlanuvchi xalq uchun tushunarli va umumiy bo’lgan mezonlarga agadir. Shu sababli uni davlat tili yoki rasmiy tl sifatida qabul qilinadi. Davlat tili ommaviy axborotda, matbuotda, sud va prokuraturada, barcha davlat tashkilotlari, o’quv maskanlari va boshqa muassasalarda qo’llanadi. Tilni xalq yaratgan va uning adabiy va davlat tili sifatida qo’llovchi ham xalqdir. Davlat tilining erkin rivojlanishini va uning halq xo’jaligining turli sohalarida qo’llanishini taminlash til siyosatining asosiy vazifasi hisoblanadi.


Adabiy tilning ma’lum situatsiyada qo’llanuvchi varianti uning funktional stili deb ataladi. Funktsional stillar tilshunoslikning ifodali vositalarini o’rganuvchi bo’limi bo’lmish stilistikada o’rganiladi. Tilning funktsional stillari: rasmiy-ish stili, kundalik og’zaki nutq stili, ilmiy –texnik stil, diniy stil, badiy stil (u poetik (nazmiy) stil, nasriy stilni o’z ichiga oladi). Ba’zan badiy stildga nisbatan neytral stil farqlanadi.



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin