O'zbekiston milliy universiteti a. A. Abduazizov tilshunoslik nazariyasiga kirish oliy o’quv yurtlarining filologiya fakultetlari ucun darslik toshkent- 2010



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə52/68
tarix16.12.2022
ölçüsü1,21 Mb.
#75480
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   68
3c41fd8ed3ee62afcf35db36143ad8a5 Tilshunoslik nazariyasiga kirish.

Polisintetik (grekcha polys – ko'p, synthesis – qo'shish) yoki inkorporativ tillarda harakat va holatning obyektini, ba'zan subyektini ifodalash uchun fe'lning tarkibiga alohida so'z – affikslar qo'shiladi.
Inkorporatsiya (lotincha incorporare – qo'shmoq) qo'shma fe'l yasashning bir usuli hisoblanadi. Masalan, naua yoki antek tilida1 ni-k-qwa in naka – tl – "Men (hozir) go'sht yemoqdaman" gapida ni – fe'l prefiksi, 1-shaxs birlikda, k – jonsiz narsa bilan moslashuvda qo'llanuvchi prefiks, qwa – "yemoq", o'zak, in – aniq artikl, naka – "go'sht", o'zak, tl – asosiy kelishik affiksi. Bu fe'lning shakli, ya'ni so'z "Men go'sht yeyman" degan gapga teng keladi va bu o'ziga xos inkorporatsiya hodisasidir.
Polisintetik tillarda alohida qo'llanuvchi so'zlar ham borki, ular so'z – affikslardan farq qiladi. Polisintetik tillarga Sibir va Amerika tillari kiradi.
V- BOB. Tilning tashqi va ichki jihati


Tilning tashqi sharoiti

Jamiyat tilsiz bo’lmaydi va aksincha til ham jamiyatsiz bo’la olmaydi. Til kichik bir qabila yoki kamroq sonli millat bo’ladimi yoki xalq bo’ladimi, barchasi uchun zarur bo’lgan muhim muloqot vositasidir. Tildagi turli hodisa va vositalar, belgilar va xususiyatlar o’zgaradi, biri yo’qoladi, boshqasi hosil bo’ladi. Asta – sekin til rivojlanadi. Agar biror tilda jamiyat a’zolari so’zlashmay qo’ysa, uni o’lik til deb yuritiladi. Masalan, lotin, xet, shumer, akkad, got, prus, xurrit tillari ana shunday o’lik tillar sirasiga kiradi. Lekin bu o’lik tillar boshqa tillarga katta ta’sir o’tkazib, hozir ham boshqa tillarda o’lik tillaridan o’zlashgan so’z va iboralar, turli grammatik vositalar bor. Tillarning saqlanishi va o’lik tilga aylanishi tashqi shartu-sharoitlarga bog’liqdir. Tillar o’rtasidagi aloqalar unda so’zlashuvchi aholining joylanishi yani geografiyasi va jamoaning madaniyati, iqtisodi, urf-odati, psixologiyasi bilan bog’liqdir. Ba’zi tillarda juda kam odam so’zlashsa, boshqa ba’zisida millionlab xalq so’zlashadi. Tillarning hududiy tarqalishi ham juda rang-barang. Masalan, ingliz va ispan tillari turli qit’a va mamlakatlarda tarqalgan hududiy variantlariga egadir. Tillarning mahalliy farqlari aks etgan varianti uning sheva va dialektlari deb yuritiladi. Jahondagi ba’zi tillar va ularning dialektlari o’rtasidagi farqlar hali aniqlanmagan.


Tillar o’z qo’llanish sohasi bilan ham farqlanadi. Masalan, lotin tili fanlarning turli sohalarida, ayniqsa tibbiyot, biologiya, kimyo, geologiya, fizika va boshqalarda qo’llanadi. Qadimiy grek tili ham fanlarning turli sohalarida qo’llanadi. Italyan tilidagi so’zlar san’at sohasida ko’proq qo’llanadi.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin