3c41fd8ed3ee62afcf35db36143ad8a5 Tilshunoslik nazariyasiga kirish.
TABU VA EVFEMIZMLAR
Tabu so'zi polineziya tilidan (Tinch okeandagi orollarda yashovchi ko'chmanchi elatlar tili) olingan bo'lib, shaxsiy va diniy odatlar jihatdan biror narsani man etish, jumladan, ma'lum hayvonni ov qilish yoki o'simlikni sindirishni man etish bilan bog'liqdir.
Ba'zi olmoshlar ham evfemizm sifatida qo'llanadi. Masalan, U qilding, bu qilding, ishni rasvo qilding; Unday dedi, bunday dedi, aytganni qilmadi kabi. Bu misollarda u, bu, bunday olmoshlari evfyemizmlar sifatida ishlatilgan.
O'tmishda biron kishi o'lganda, qabiladan o'lim sharpasini yo'qotish uchun marhumning nomini aytish man etilgan. Tabu etnik tushuncha bo'lib, qandaydir narsaning, harakatking nomini aytishni man qilishdir. Bunday odatning tilga tatbiq qilinishi bilan lingvistik tabu yuzaga kelgan. O'zbek tilida chayonning nomi tabulanib, uning o'rnida eshak, benom, nomi yo'q so'zlari ishlatiladi.
Odamning nutq faoliyati axloqiy normalarga rioya qiladi. Axloqiy va madaniy jihatdan qo'llanishi taqiqlangan yoki noqulay deb topilgan so'zlar o'rniga boshqa so'z va iboralarning qo'llanilishi evfemizmlar (grekcha euphemeo – "yaxshi", "mayin gapiraman" ma'nosida) deb ataladi. Misol: o'ldi so'zi o'rnida dunyodan o'tdi, ko'z yumdi, yuragi to'xtadi; yolg'on gapirmoq o'rnida xato gapirmoq, xato qilmoq iboralari qo'llaniladi. Evfemizmlarning ma'no va xususiyatlari turlichadir. Ular qo'llanish maqsadlariga ko'ra ham turlicha qiymatga ega bo'ladilar.
Evfemizmlarning ma'lum qismi tabu bilan bog'liq bo'ladi. Evfemizmlarning ko'pchilik qismi axloqiy va madaniy jihatdan aytilishi noqulay deb topilgan so'zlar o'rnida qo'llanuvchi so'z va iboralardir. Masalan, qizamiq o'rnida oynoma (Samarqand viloyatning ayrim tumanlarida): chechak o'rnida gul; sil (tuberkuloz) o'rnida uzun og'riq; pes o'rnida oq; kal o'rnida siyqabosh, xotin o'rnida umr yo'ldoshi, rafiqa, qalliq, oila; xotin olmoq o'rnida uylanmoq; qizimni erga beraman o'rnida qizimni uzataman, qizimni turmushga chiqaraman kabi so'z va iboralarning qo'llanishi evfemizmdir.
Tabu va evfemizmlar adabiy-badiiy asarlarda ishlatiladi. Ularni qo'llash so'zlovchidan katta san'atni talab qiladi.