SO'Z TURKUMLARINING TASNIFI
So'zlarni yirik alohida grammatik guruhlarga ajratish yordamida so'z turkumlari aniqlangan. So'zlar grammatik jihatdan leksemalar yoki so'z shakllari sifatida qarama-qarshi qo'yiladi. So'zlarni grammatik jihatdan leksemalar sifatida qarama-qarshi qo'yilganda, ularni tasnifiy yoki leksik-grammatik kategoriyalar sifatida qaraladi. Biroq so'zlarni so'z shakllari sifatida qarama-qarshi qo'yilganda, ularning so'z o'zgartiruvchi yoki shakl yasovchi kategoriyalari aniqlanadi. Tasnifiy kategoriyalarga so'z turkumlari kirsa, shakl yasovchi kategoriyalarga son, kelishik, egalik kategsriyalari kiradi. Grammatik kategoriya na faqat tasnifiy, balki shakl yasovchi kategoriya sifatida grammatik ma'no bilan grammatik shaklni birga mujassam etadi.
So'z turkumlari o'zining mazkur tildagi grammatik belgilari bilan ajratiluvchi so'zlarning yirik guruhlari hisoblanadi. Turli so'z turkumlariga kiruvchi so'zlar o'zlarining paradigmasi yoki sintaktik vazifasi bilan ajralib turadi va bu tasnifning asosini tashkil etadi. So'z turkumlarini aniqlash tildagi turli birliklarni tahlil etishda yordam beradi. So'zlarni tasnif etish – tildagi lug'atni grammatik jihatdan yirik guruhlarga ajratishdir. Lug'atdagi so'zlarning grammatik xususiyatlarini hisobga olib, so'z turkumlari tasnif etiladi. Biroq tasnifda bir guruhdagi so'zlarni boshqa guruhga kiritish mumkin emas. Har bir so'z faqat bir guruhga tegishli bo'lib, boshqa ikkinchi guruhga yoki bir necha guruhlarga kiritilishi mumkin emas. Arap biror so'z ikki guruhga (so'z turkumiga) tegishli bo'lgan belgilarga ega bo'lsa, unda uchinchi boshqa bir guruh borligidan darak beradi. Masalan, ot bilan sifat bir turdagi belgiga ega emas. Lekin sifat va ravish bir xil belgiga ega bo'lishi mumkin. Sifat otning belgisi bo'lsa. ravish harakatning belgisi hisoblanadi. Turli ish-harakatlarni ifodalovchi so'zlar alohida grammatik guruhni, ya'ni fe'lni tashkil etadi. So'zlarni tasnif etish leksemalarni leksik-grammatik guruhlarga ajratish natijasidir. Lekin bu tasnif so'z shakllarining tasnifini o'z ichiga olmaydi. Shu sababli tasnifga asos qilib olingan belgilarning so'zning barcha shakllari uchun umumiy yoki uning ayrim shakllariga xos ekanligini hisobga olmok zarur. Xususan, ko'pgina tillarda otlar turlanadi, fe'llar esa tuslanadi. Lekin sifatdosh so'zning bir shakli sifatida bir yo'la fel va sifat belgisiga ega ekanligi natijasida alohida so'z turkumi ajratilmaydi, balki fe'lning bir shakliga xos paradigma hisoblanadi.
Har bir tasnif grammatik – morfologik, sintaktik va boshqa belgilarga asoslanadi. Masalan, xitoy, koreys, vyetnam, kxmer, tay va boshqa tillarda fe'l va sifat ancha yaqin. Shu sababli xitoy tilida sifat va fe'l alohida predikativ guruhini tashkil etadi va ularning xar ikkisi sintaktik jihatdan kesim vazifasini bajaradi va fe'lga tegishli qo'shimchalarni qabul kiladi. Shu sababli predikativ xitoy tilida alohida so'z turkumi hisoblanadi.
So'zlarning guruhlarini ularning turli sintaktik o'rinlarida qo'llanishi jihatdan qarash mumkin. Har bir mustaqil so'zga bo'ysunuvchi boshqa so'zlar qo'llanish o'rnini izohlaydi. Masalan, juda katta so'z birikmasida katta asosiy so'z, juda unga bo'ysunuvchi so'z bo'lsa, maktabga bormoq so'z birikmasida bormoq asosiy so'z, maktab unga tegishli so'zdir. So'zlarning belgilari ularning matnda qo'llanishini chuqur o'rganish natijasida oydinlashadi. Binobarin, har bir so'z turkumiga xos so'zlarning boshqa – qaysi guruhdagi so'zlar bilan birika olishi va ularning qo'llanish qoidalarini aniqlash zarur. Har bir so'z turkumi o'ziga xos semantik belgilari bilan ajralib turadi, lekin so'z turkumlarining tasnifida semantik belgilar asosiy emas. Chunki shunday so'zlar borki, ular ikki – uch so'z turkumiga xos belgilari bilan ajralib turadi. Masalan, sarg'aygan, yugurish so'zlari semantik jihatdan alohida jarayonga tegishli bo'lib, ayni vaqtda grammatik ma'nosi bilan ajralib turadi, ya'ni sarg'aygan so'zi sifatdosh – narsaning belgisini bildiradi, yugurish – harakat nomini (fe'lning bir shakli) ifodalaydi.
So'z turkumlari morfologik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Xususan, har bir so'z turkumi o'ziga xos affikslari va so'z yasovchi vositalariga egadir.
So'z turkumlari o'ziga tegishli grammatik kategoriyalari bilan farq qiladi. Masalan, otlar kelishik, shaxs, son, egalik, aniqlik, mavhumlik kabi turli kategoriyalarga ega. Fe'llar zamon, mayl, nisbat, shaxs va boshqa kategoriyalarga egadir.
Dostları ilə paylaş: |