TILLARNING MORFOLOGIK (TIPOLOGIK) TASNIFI
Jahon tilshunosligida salkam ikki asr mobaynida barcha tillarni grammatik xususiyatlariga ko'ra tasnif qilish uchun harakat qilinmoqda. Xatto tillarning kelib chiqishiga ko'ra (geneologik) tasnifda xam ba'zi munozarali masalalar mavjud.
Tillarning grammatik, aniqrogi, morfologik yoki tipologik tasnifi asosida ularning grammatik strukturasidagi o'xshashliklar aniqlanadi. "Tip" tushunchasi bilan bog'langan "tipologiya" atamasi ham guruhlarga yoki sinflarga ajratish ma'nosini ifodalaydi.
Tillarning tipologik tasnifini birinchi bo'lib nemis olimlari aka-uka Shlegellar taklif etgan. Keyincha u XIX asr oxirida boshqa nemis olimi V. fon Gumboldt tomonidan tuzatilgan. U asosan uch belgiga e'tibor bergan: 1) ma'noga aloqador usullarga, 2) gap tuzilishiga, 3) tovush shakliga. Gumboldt ana shu belgilariga ko'ra tillarni to'rt guruhga ajratadi: 1) izolirlashgan, 2) agglyutinativ. 3) flektiv, 4) inkorporativ tillar. Keyincha bu tasnifga A.Shleyxer, F.F.Fortunatov kabi olimlar o'zgarishlar kiritdilar. A.Shleyxer inkorporativ tillar borligini tan olmadi. F.F.Fortunatov esa, so'zning morfologik tarkibiga asosiy e'tiborini qaratdi. Tillarning morfologik tasnifiga ko'ra izolirlashgan, agglyutinativ, flektiv, inkorporativ yeki polisintetik tillar farqlanadi. Ularning har biriga qisqa izoh beramiz.
O’zakli (Izolirlashgan) tillarda ba’zan amorf tillar deyiladi (lotincha “amorphous” –shaklsiz) so'zlar va ularning shakli boshqa so'zlarga va gapga bog'liq bo'lmay, so'zlar o'zgarmay qoladi. Bunday tillarga xitoy, aniqrog'i, qadimgi xitoy, vetnam, indonez, ba'zi malaya-polineziy va G'arbiy Afrika tillari kiradi. Izolirlashgan tillarda affikslar qo'llanmaydi. Lekin hozirgi xitoy tilida ba'zan affikslarni qo'llash hollari uchraydi.
Flektiv tillarda (lotincha “flexio” – o’tish, bukilish) morfemalar fonetik sharoitga bog'liq bo'lmagan holda o'zgarishlarga uchraydi. Bu tillarda so'zning o'zagi ichki fleksiya natijasida o'zgaradi. Masalan, ingliz tilida sit – sat – o'tirmoq, catch – cought – ushlamoq, man – men – erkak kishilar va h.k. Flektiv tillarda morfemalarni ajratish ancha mushkulroq bo'lib, so'zlarga qo'shilgan affikslar bir yo'la bir necha ma'nolarni ifrdalashi mumkin. Flektiv tillarda qaysi vositalar grammatik ma'noni ifodalashda ko'proq qo'llanishiga ko'ra analitik va sintetik turlarga bo'linadi.
Agglyutinativ (lotincha agglutinare – ulamoq) tillarda so'zlarning o'zaro munosibati so'z yasash va so'z o'zgartirish affikslari orqali ifodalanadi. So'zlar ko'p morfemali bo'lib, so'zni tashkil etgan morfemalar o'rtasidagi chegara aniq bo'ladi. Agglyutinativ tillarga turkiy, mo'g'ul, fin, bantu tillari kiradi. O'zbek tili agglyutinativ tillarga yorqin misoldir. Masalan, kelmadi – so'zida kel – o'zak affiksi, -ma – inkor affiksi -di – o'tgan zamon, 3-shaxsni ifodalovchi affiks mavjud. O'zbek tilida so'zlarga oltitagacha affikslarni qo'shish mumkin. Attlyutinativ tillarda so'zning o'zagi – o'zak morfemada kamroq o'zgarishilar ro'y beradi, biroq affiksal morfemalar ulangan o'rinda turli o'zgarishlar ko'prok uchraydi. Masalan, tara – taroq – taramoq, sez – seskanmoq, so'ra – so'roq – so'ramoq, kurak – kuragi, bog' – boqqa. ko'ngil – ko'ngli kabi.
Dostları ilə paylaş: |