IV-BOB. TILLARNING TASNIFLARI
Tillarning geneologik ( qarindoshligiga ) ko’ra tasnifi
Jahon tillarini tarixini o’rganish hech qachon tamom bo’lmaydi. Chunki hali tarihi o’rganilmagan tillar juda ko’p. Tillarning tarixini o’rganishda asosan ikki turli mitodlar qo’llanadi. Birinchisi, mutlaq xronologiya deb atalib, bunday o’zgarish qachon, qaysi asrda va qanday amalga oshirilganligi ancha aniq bo’ladi.
|
Lotin 1
|
grek
|
Uels
|
Ingliz
|
Island
|
Dat
|
Olmoq
|
ünus
|
oine
|
Un
|
one
|
einn
|
Een
|
Ikki
|
duo
|
duo
|
Dau
|
two
|
tveir
|
Twee
|
Uch
|
tres
|
treis
|
Tri
|
three
|
prir
|
Drie
|
Tillarda ustivor elementlar va doimiy o’zgarishlarga uchrab turuvchi elementlar mavjud. Xususan, shahs va kelishik qo’shimchalari ancha ustuvor, biroq “bilan” bog’lovchisi o’zgaruvchan hisoblanadi: bilan – ila-la kabi. Tillardagi “oyoq”, “suv”, “ikki”, “quyosh”, “bermoq”, “yemoq” so’zlarining o’zagi juda ustivor, aksincha, “yahshi”, “yomon”, “gapirmoq”, “yashin” so’zlarining o’zagi – ancha o’zgaruvchan. Bunday farqlanish bu so’zlarning ko’p qo’llanishi yoki zaruriy tushunchalar ekani bilan izohlanmaydi.
Insonning his-hayajoni so’zlarning ifoda kuchini belgilaydi. Tilda ko’p qo’llanuvchi “yaxshi” va “yomon” so’zlarining noustivorligi bunga misoldir. Ba’zan semantic jihatdan yaqin bo’lgan so’zlar ham turlicha qo’llanadi. Masalan, “o’ng” so’zi “chap” so’ziga qaraganda ustuvorroq, chunki “chap” so’zi yomon xodisa va odatlar bilan bog’liq. Bu so’zlarning ma’nolari aslida “qo’l” ma’nosi bilan bog’liq: qadimiy fors, dasta “qo’l”, avesto zasta “qo’l”, qadimiy hindi daksina-, qadimiy slavyan desnitsa “o’ng qo’l”, got taihswa “o’ng”, irland dess “o’ng”, nemis shevalarida tenk “chap”, ingliz left “chap”, qadimiy ingliz lof “qo’l kafti”, right o’ng rink, ruscha ruka. Bu sozlarda ramziy ma’no insonning kelajagini uning qo’liga qarab bashorat qila bilish mumkinligi bilan bog’liqdir.2 Yuqoridagi misollar bir til oilasi bo’lgan hind – ovrupo tillari doirasidagi qarindoshlikni izohlaydi. Lekin bu o’rinda ramziy ma’no qarindosh bo’lmagan tillarda ham o’xshash bo’lishi mumkin. O’zbek tilida ham “o’ng” va “chap” so’zlari “qo’l” so’zi bilan bog’lanib, yahshi va yomon, baxt va falokat ma’nolarini ifodalaydi. Turli tillardagi so’zlar va qo’shimchalarni qiyoslash yordamida ulardagi tovushlarning o’xshashligi va ba’zi farqlarini aniqlash mumkin. Yuqoridagi misolda buni sezish mumkin. Lekin so’zlaning ma’nolari o’rtasida farqlarni aniqlash ancha qiyin bo’lib, bu o’rinda qiyoslanayotgan so’zlarning kelib chiqishidagi asl ma’no va undan keyingi rivojlanishida yana qanday ma’no kashf etganini etimologik jihatdan aniqlash lozim bo’ladi.
Tillar bir-biriga tashqi ta’sir o’tkazadi. Bu ta’sir ularning qarindoshligiga bog’liq emas. Tillarning ginetik qarindoshligini aniqlash uchun ulardagi barcha o’zlashgan elementlarni hisobga olmaslik zarur. Boshqa tillardan o’zlashgan so’z o’zgartiruvchi affikslar juda kam yoki umuman qo’llanmaydigan sohalar mavjud. Bir-biriga juda yaqin bo’lgan tillar va shevalardan grammatik elementlar osonroq o’zlashadi. Shuningdek, moddiy va madaniy sohalarga tegishli so’zlar ham osonroq o’zlashadi.
Turli metodlar yordamida tillarning qarindoshligini aniqlashga harakat qilinadi. Qirg’iz Qozoq bilan, Rus Ukrain yoki Belorus bilan, Frantsuz Ispan bilan muloqot qilsa, ularning tili bir-biriga ancha o’xshash va binobarin qardosh ekanini yaxshi sezish mumkin. Muloqotda birorta so’zining talaffuzi ham yaqin kela olmasligi mumkin, binobarin, bu tillar qarindosh emasligi sezilarlidir. Tarixiy jihatdan qarindosh tillar bir davomiy lisoniy an’anaga asoslangan tillarning turli zamon va makondagi variantlaridir.1 Bunday qarash falsafiy jihatdan ontologik izohlash hisoblanadi. Til inson faoliyatining mahsulidir. Inson faoliyatidagi barcha moddiy va madaniy xususiyatlar, ijobiy va salbiy xususiyatlar tilda o’z ifodasini topadi. Eng qadimiy til hisoblanuvchi “proto-hind-ovrupo tili” yoki “proto-turkiy tili” o’z nomidan qanday tillar guruhini o’z ichiga olishi mumkin ekanligi ma’lum. Bu tillarni ba’zan “bobo til”, “eng qadimiy til” iboralari bilan ataymiz. Proto– hind- ovrupo tilidan proto-german, proto-slavyan, proto-eron tillari hosil bo’lgan deb faraz qilinadi. Masalan, proto-german tilidagi p yuqori nemis tilida pf yoki unlilardan keyin ff (pepper-pfeffer “гармдори, мурч”) shaklida; proto-german tilidagi t ts (yozuvda z) yoki unlilardan keyin ss shaklida (tongue,zunge “til”, Water-wasser “suv”); proto-german tilidagi k unlilardan keyin ch shaklida (break-brechen); proto-german tilidagi d esa t bo’lib (dance-tanzen, slavyan, rus tilida “танцы” ham shundan kelib chiqqan) qo’llanadi.
So’zlarning hozirgi tovush tarkibi va ma’nosini qiyoslash yordamida ularning qadimiy holati, yani “proto til”dagi ko’rinishi tiklanadi. Bu tillarning ichki tiklanishi yoki rekonstruktsiyasi deyiladi. Bunday metod ancha eski hisoblanadi, lekin u hozir ham qiyosiy-tarihiy metod yoki komparativistika (grekcha comparative-qiyoslash; tika- fan) nomi bilan mashhurdir. Qiyosiy-tarihiy metod qarindosh tillarning tarihi bilan bog’liq bo’lib, ularni har tomonlama chuqur ilmiy tadqiq qilish bilan shug’ullanadi. Bu metod yordamida qarindosh tillarning tovush tarkibi va semantic structurasi o’rganiladi. Masalan, quyidagi so’zlarda undoshlar tarkibiga e’tibor bering: qadimiy yuqori nemis tili Finf , hozirgi nemis tilida Fünf , qadimiy ingliz tilida Fif , hozirgi ingliz tilida five “besh”. Bunday tahlilda boshqa tillardan o’zlashgan so’zlardan foydalanish yahshi natija bermaydi.
Qiyosiy-tarihiy metod yordamida tillarning qarindoshligi aniqlanadi va eng qadimiy tildagi, yani protil (bobo til)dagi tovushlar tarkibi va so’zlarning ma’nolari tiklanadi. Demak, shunday eng qadimiy til mavjudki, hozirgi tillarning ba’zilari undan hosil bo’lgan va rivojlangan. Bunday ba’zi tillar mavjudligi ma’lum. Jumladan, hozirgi sharqiy slavyon tillari uchun “bobo til” (yoki protil) qadimiy rus tilidir. Hindiy tillari uchun pratil – Sanskrit tili hisoblanadi. Hozirgi turkiy tillari uchun qadimiy proturkiy til ikki guruhga bo’linadi: g’arbiy, turkiy tillar. O’zbek tili sharqiy turkiy tillar guruhidagi qarluq kichik guruhiga kiradi. Ana shunday jahon tillari o’rtasidagi qarindoshlik aloqalarini o’rganish orqali tillarni genetik tasnif qilinadi. Qarindosh tillarning eng katta guruhi til oilasiga birlashadi, bu o’z navbatida til guruhlarini til kichik guruhlarini tashkil etadi. Eng kichik guruh yoki alohida guruhga kirmovchi til yoki sheva o’zi ham yakka bir til oilasini tashkil etishi mumkin. Masalan, Yenisey daryosi bo’ylarida 700 kishi so’zlashadigan ket tili; Sahalinning sharqida Amur daryosi bo’ylarida 1,3 million kishi so’zlashadigan nivx tili.
Tillarning geniologik tasnifidagi oila-guruh, kichik guruh va nihoyat til shaklida berish shartli hisoblanadi. Chunki tillar o’rtasidagi genetic aloqalarni chuqurroq o’rganish asosida yangicha guruhlash mumkin bo’ladi. Hozirgi jahon tillari taxminan ikki yuzta til oilalaridan iborat bo’lsa, ulardan 22 tasi Yevraziyaga (Ovrupo va Osiyoga), tahminan 20 tasi Afrikada, qolganlari Amerika, Avstraliya, Yangi Gvineyaga to’gori keladi.
Tilshunoslik fanining rivojlanishi borasida til oilalari ham qisqaradi, o’zgarishlar ro’y beradi. Birnecha til oilalarini birlashtirib makrooila deb ataladi. Bunday makrooilaga bir-biri bilan qarindoshligi hali aniqlanmagan tillar ham birlashadi.1 Ana shunday til makrooilasiga hind-ovrupo, afra-osiyo, o’rol, oltoy, kartvel, dravid tillarini birlashtirib, nostratik tahmin yoki tilshunoslik nomi bilan mashhur bo’lgan qiziqarli soha ham mavjud. Bunday nostratik tilshunoslikda daniyalik olim X.Pedersen (1867-1953) va rus olimi V.M.Illich – Svitich (1934-1966) nom qozonganlar. Tillarning nostratik makrooilasiga kirganlari ichida yuzlab o’xshashliklar aniqlangan: tatar. min, mordvan mon “men”; zan. munes, rus. мне; mariy. тый, mo’g’ul. ēi (>x ti), rus. ты; udmurd. mu, telugu mēmu, xausa mu, rus. мы, komi тайо, mo’g’ul tere, rus. тот; o’zbek kim, Fin ken, somali kuma, rus кто. Ko’pgina leksik o’zaklarda ham o’xshashliklar bilinadi: turk. quloq, gruzin guri, fin kuule, grek. kluō “eshitmoq”; turk. qaryn “qorin”, arab, qurb, tamil, karuppai, lotin corpus “badan”, rus. чрево.2 Nostratik nazariyaga asosan qadim zamonlardan boshlab hind-ovrupo, afroosiyo, o’rol, oltoy, kartvel va dravid1 tillari o’zaro qarindosh bo’lgan deb taxmin qilinadi. Nostratik nazariya tarafdorlari bu tasnifda kirgan so’zlarning lug’atini tuzganlar.
I. Hind-ovrupo tillari
Hind-Ovrupo tillari oilasi eng katta bo’lib, u german (435 million), roman (570 million), boltiq (4,6 million), slavyan (290 million), hind (760milion), eron (71 million) guruhlaridan iborat. Bu oila tillariga arman (5 million), alban (4,9 million), grek (11 million) va boshqa ko’pgina qadimiy tillar kiradi. Ular ichida lotin, sanskrit, qadimiy grek, xet, tohar, kelt va boshqa qadimiy tillar ham bor.
German tillari guruhiga nemis (100 million), golland (nederland)(22 million), afrikans (5 million), friz (400 ming), ingliz (290 million), Ferer (400 ming), dat (5,5 million), shved (8,8 million), norvej (4,6 million) tillari kiradi.
Roman tillari guruhiga frantsuz (70 million), ispan (260 million), partugal (140 million), italyan (66 million), rumin (20 million), moldav (2,8 million) tillari kiradi.
Boltiq tillari guruhi litov (3,1 million), latish (1,5 million) tillaridan iborat.
Slavyan tillari guruhiga bolgar (9 million), makedon (1,6 million), serboxorvat (18 million), sloven (2,1 million), Slovak (5,4 million), rus (160 million), ukrain (36 million), belorus (7,5 million), polyak (41 million) tillari kiradi.
Hind tillari guruhi assam (13 million), bengal (165 million), oriya (27 million), maythili (9 million), bxodjpuri (10 million), himdi (200 million), urdu (45 million), nepali (11 million), panjobi (54 million), sindhi (16 million), gudjoroti (40 million), marathi (57 million), singal (12 million), kashmiri (3 million), lo’lilar tilini (500 ming) o’z ichiga oladi. Sanskrit va qadimiy hind tillari ham shu guruhga kiradi.
Eron tillari guruhiga pushtu (pashtu) ( 24 million), ormuri (5 ming), parachi (5 ming) va pamir tillari deb ataluvchi yazgulom (2 ming), ishkashim (3 ming), vahan (30 ming), mundjan (2 ming), yagnob (2 ming) tillari hamda osetin (300 ming), kurd (12 million), beludj (3 million), fors (forsi) (20 million), tojik, dari (8 million), tat (200 ming) tillari kiradi.
Hind-ovrupo tillari oilasiga kiruvchi tillarda so’zlashuvchilar yer yuzining juda ko’p tomonlarida Ovrupo, Osiyo va Avstraliya qitalarida tarqalgan.
II. Semit-xami tillari (ba’zan Afroosiyo tillari deyiladi) oilasi quyidagi til guruhlarini o’z ichiga oladi:
1. Semit tillari guruhi (187 mln) arab (140 mln), amxar (Efiopiyaning rasmiy tili,) (17 mln), Tigrinya (17 mln), tigre (700 ming) tillarini o’z ichiga oladi.
Kushit tillari guruhi bedayye (yoki bedja, Sudanda tarqalgan 1,2 mln), Somali (6,5 mln), afar yoki danakil (800 ming), oromo (yoki galla 16,7 mln) iraki (Efiopiyada,350 ming) tillarini o’z ichiga oladi.
Berber tillari guruhiga (tahminan 9 mln). tuareg (yoki tamashek tili, 1 mln.dan ortiqroq, Niger daryosi bo’yida, Mali, Nigeriyada tarqalgan), kabil (yoki zuav tili, Jazoir shimolida 1,5 mln aholi so’zlashadi), mazigt (yoki tamazit, braber tili, Marokashdagi Atlas tog’lari etagida), shelx (Marokash janubida, 2,5 mln), zenag (yoki taddungiyax, Mavritaniyada 10 ming) kiradi. Bu guruhga ba’zi o’lik tillar, jumladan, qadimiy berber, numidiy tillari kiradi.
Chad tillari guruhiga (tahminan 28 mln) xausa (24 mln, Sharqiy Kamerun, Sharqiy Nigeriya, Nigar va Chad, Gana va Beninda tarqalgan), ngizim, karekere (300 ming Nigeriyada), kotoko (150 ming Chad va Kamerunda), bura (1,5 mln Nigeriya va Kamerunda), mandara 300 ming 300 ming-Kamerunda, 10 ming Nigeriya va Chadda , angas va sura tillari (250 ming Nigeriyada), musgu (200 ming Kamerunda), mubi va sokoro (130 ming Chadda) tillari kiradi. Bu guruh tillari ayniqsa Kamerunda (Afrika) tarqalgani qiziqdir.
III. O’rol tillari oilasi uch guruhga bo’linadi :
1. Samodiy guruhi selkup (4 ming Rossiyadagi Tomsk oblasti va Krasnoyarsk o’lkasi, Yamal-Nenets milliy okrugida tarqalgan, 1930 yilda kirillitsa yozuvini qabul qilgan), nenets tili (30 ming Tundrada), enets (200 ming,Yenisey bo’yida tarqalgan), nganasan (800 ming, Taymir shimolida) tillaridan iborat.
2. Fin –ugor tillari guruhiga venger tili kiradi (15 mln, Vengriyadan tashqari Ruminiya, Xorvatiya, Sloveniya, Slovakiyada tarqalgan). Ugor nomi onogur, ongur (grekcha) so’zlaridan kelib chiqib, keyincha Magyar, madyar deb atalgan. Bu guruhda yana Suomi tili (yoki fin tili-5,3 mln – Finlandiyada, 300 mingga yaqin AQSH da, Kanada (53 ming), Norvegiya (22 ming), Shvetsiya (310 ming) Rossiya (47 ming) da tarqalgan), eston (1.1 mln dan ortiq), vep (100 ming), liv (100 ming Riga ko’rfazi bo’ylarida), karel (80 ming, Kareliyada), ijor (1 ming Fin ko’rfazi bo’yida) tillari kiradi. Bu guruhdan mordov (moksha) (1 mln 300 ming), erzya tillari ham o’rin olgan. Bu guruhga perm tillari deb ataluvchi udmurt (votyats, taxminan 700 ming), komi-ziryan (350 ming, Komida), komi-permyats (150 mingdan ortiq Perm oblastida), komi-yazvin (5 ming, Perm oblastining sharqiy – shimoliy tomonida), yukagir (250 ming, Magadan va Yoqutiya chegarasida) tillari ham kiradi.
IV. Turkiy tillar oilasi ba’zan oltoy tillari oilasining bir guruhi deb ataladi va unga mo’g’ul hamda tungus-manchjur tillari guruhlari ham kiritiladi. Bu til oilasi hind-ovrupo tillari oilasidan keyingi eng katta 100 mln.ga yaqin tillar oilasi hisoblanadi. Ba’zan bu guruhlarning har biri alohida til oilasi deb hisoblanadi. Turkiy tillar oilasi asosiy, sharqiy va g’arbiy til guruhlariga bo’linadi. Ularning kelib chiqishi eng qadimiy asrlarga borib yetadi. Ba’zi turkiy tillar hozir yoq: bulg’or, hazari, xorazmiy tillari ana shunday tillardir. Hazar tilining mahsuli deb hisoblanuvchi chuvash tili (1,7 mln) o’zining turkiy tillarga hos xususiyatlarini yoqotgani sababli ba’zan bu oilaga kiritilishi ham taxmin qilinadi. Shimoliy-sharqiy turkiy tillarga hozirgi tuva (180 ming), tofalar (1 ming, Rossiyaning Irkutsk oblasti janubiy-g’arbiy tomoni), xaladj (20 ming, Eron, Tehronning janubiy-sharqiy xududi), xakas (70 ming, Rossiyaning Kransnoyarsk o’lkasida) sharqiy shor (yoki mras tili-6 ming), sariq-uyg’ur (4 ming, g’arbiy Xitoyda) tillari kiradi. Etnik jihatdan qarindosh bo’lgan turklarni o’g’iz, qarliq va qipchoq guruhlariga ajratiladi. O’g’iz va qarliq guruhida turk (45 mln.dan ortiq, Turkiyada, 1,5 mln Germaniyada, 115 ming Kiprda, 940 ming Bolqon mamlakatlarida, 243 ming arab mamlakatlarida va x.k.), ozori (6 mln Kafkazda, Azarbayjonda, 7 mlndan ortiqroq sharqiy-g’arbiy Eronda va Iroqda, ja’mi 15 mln) kiradi. Bu guruhga janubiy o’g’iz-kashkay tili 5 mln, g’arbiy Erondagi ko’chmanchi qabilalar tili, turkman (taxminan 2,1 mln O’rta Osiyoda, 1 mlndan ko’proq Eronda va Afg’onistonda, mingdan ortiqroq Turkiya va Iroqda, ja’mi 4 mln), salar tili (taxminan 30 ming g’arbiy Xitoyda) kiradi.
Qipchoq tillari guruhi karaim (6 ming), qumiq (3,26 ming), qorachay-bolqor (129 ming), tatar (5,7 mln), boshqirt (1,5 mln) turkiy tillaridan qozoq (6 mln), qirg’iz (3 mln), qoraqalpoq (311 ming), no’g’oy (55 ming), tillarini o’z ichiga oladi.
Janubiy-sharqiy turkiy tillari guruhiga O’zbek (16 mln O’zbekistonda, tahminan 2 mln Afg’onistonda va 7 ming Xitoyda va x.k.), uyg’ur (tahminan 6 mln Xitoyda, 40 ming salar va sariq uyg’ur tillari) kiradi. O’zbek tili so’zlovchilar soniga ko’ra turkiy tillar ichiga Turkiya turkchasidan keyin ikkinchi o’rinni egallaydi.
Turkiy tillari morfologik belgilariga ko’ra agglutinativ tillar guruhiga kiradi. Unda so’z o’zagiga oltitagacha qo’shimchalarni qo’shish mumkin. Fonologik jihatdan ko’proq turkiy tillari vokalizmi sakkizta unli fonema to’rtburchak shaklida bo’lib, unlilarning tilning va labning holatiga ko’ra uyg’unlashuvi (singarmonizm) borligi bilan izohlanadi. Ba’zi turkiy tillari (o’zbek tili) bundan mustasnodir.Turkiy tillarini ilmiy tadqiq qilishda nom qozongan olimlar: Polivanov (1891-1938),Andrey Nikolaevich Kononov (1906-1986), Nikolay Aleksandrovich Baskakov (1905-1996), Vasiliy Vasilyevich Radlov (1837-1918), Aleksandr Nikolaevich Samoylovich (1880-1938), Ayub G’ulomov (1914-1986) , Aleksandr Konstantinovich Borovkov (1904-1962), Vladimir Dmitrievich Arakin (1904-1983) va boshqalardir.
Mo’g’ul tillari guruhuga (6.1 mln) quyidagi tillar kiradi: Halha mo’g’ul tili (5mln) shundan 1,3 mln Mo’g’ulistonda, 1 ming Afg’onistonda, oyrat tili (150 ming), kalmiq (200 ming), buryat tili (320 ming). Xitoyda yana bir qancha yozuvsiz tillar bor: dagur, mongor, basan, dunsyan (taxminan 550 ming).
Tungus – Manchjur guruhiga (100 ming) manchjur (4 mln), nanay (6 mln), ulch (1 ming), orok (400 ming), oroch (480 ming), iudegey (500 ming), negidal (200 ming), evenkiy (19 ming), even (7 ming), koreys (64 mln) tillari kiradi. Ko’pincha koreys tilini alohida til oilasi va guruhiga kiritiladi.
Chukot-Kamchatka tillari oilasiga uchtadan sakkiztagacha tillar kiradi. Ular qatorida chukot (11 ming), alyutor (2 ming), koryak (4 ming), itelmen (300 ming) tillari kiradi.
Yenisey tillari oilasi birgina ket tilidan (700 ming) iborat.
Sibir va Uzoq sharqdagi alohida tillar oilasiga yukagir (300 ming), nivx (1,3 ming), aiyn (10 ming), yapon (120 mln) tillari kiradi.
Janubiy va janubiy-sharqiy Osiyo va Okeaniya tillari
Xitoy-tibet oilasi uch guruhga bo’linadi: 1) xitoy tili; 2)tibet-birma tillari va 3) karen tili.
Xitoy tili (tahminan bir milliyard) Xitoy, Gonkong, Makao,Singapur (1,3 mln), Tailand (6 mln), Malayziya (4,5 mln), Indoneziya (5 mln) mamlakatlarida tarqalgan. Bu guruhga O’rta Osiyoda gungan tili (50 ming) ham kiradi.
Tibet-birma guruhi (62 mln) tibet (4,5 mln), nevari (60 mingdan ortiq), tripuri (500 ming), manipuri (1 mln), mizo (350 ming), naga (800 ming), kechin (700 ming), birma (29 mln) tillaridan iborat.
Karen guruhi (3 mln) karen tilidan iborat bo’lib, unda Myanma va Tailand chegarasidagi aholi so’zlashadi.
Myao-yao (8 mln) oilasi myao (6 mln), yao (1,5 mln) tillarini o’z ichiga oladi va ularda Tailandning janubida yashaydigan aholi so’zlashadi. Bu oilaga she (350 ming) tili (Xitoyda) ham kiradi.
Tai-chjuan oilasiga (67 mln) chjuan (14 mln), shan (3 mln), tay (27 mln) tillari kiradi va ularda Laos va Tailand aholisi so’zlashadi.
Dravid tillari oilasi (190 mln)
tamil (55 mlnga yaqin), Malayalam (30 mln), kannada (30 mln), tulu (1,6 mln), telugu (63 mln) tillari kiradi va ular Hindiston, Shri Lankada tarqalgan. Bu oilaga gondi (2,8 mln), kurukx (1,5 mln), braui (800 mln) tillari ham kiradi.
Avstraosiyo tillari oilasi
Bu oila bir necha guruhlarga bo’linadi: Munda (tahminan 9 mln) guruhidagi eng ko’p tarqalgan santali (5 mln) tili Hindistonning Bihar va G’arbiy Bengaliya shtatlarida qo’llanadi.
Mon-kxmer guruhi (10 mln) khasi (650 ming), mon (700 ming), nikeobar (20 ming)kxmer (8 mln, Kombodjada) tillarini o’z ichiga oladi. Bu guruhga kirgan kichik tillar Hindi-Xitoy mamlakatlarining tog’lik va o’rmonlik xududlarida tarqalgan.
Malak guruhi (40 ming) tillarida Malayadagi ovchilar va hunarmandlar so’zlashadi.
Viet-miong guruhiga (53 mln) Vietnam (53 mln), miong (700 ming) va tog’lardagi aholi so’zlashuvchi ko’pgina shevalar kiradi.
Avstraneziya tillari oilasi
Hind va Tinch okeanlari sohilidagi aholining yarmi bu oila tillariga kiradi. Bu oila to’rt guruhga bo’linadi:
Indonez guruhi (220 mlndan ortiqroq) Yava, Malaya, Indoneziya va Madura, Bali, Lombon orollari, Fillipindagi ba’zi aholisi o’rtasida tarqalgan. Bu tillar guruhiga kiruvchi tillar: ache (2,3 mln), bataq (3,5 mln), minangkabau (6 mln), sundan (20 mln), yavan (75 mln), madur (9 mln), baliy (2,8 mln), bugiy (4 mln), dayak (2,6 mln), visaya (20 mln), va loko (5,5 mln, Fillipinda) tillarini o’z ichiga oladi. Bu guruhga Indoneziya va Malaziyada ko’p tarqalgan 18 mln aholi so’zlashivchi malaya tili kiradi. Indoneziyada malaya tilini indonez tili deb ataladi. Shuningdek Fillipinda tagal yoki tagalog tili (tahminan 11 mln) rasmiy ravishda Fillipino tili deb ataladi.
Bu guruhga malgash (10 mln, Madagaskarda), cham (550 ming, Vietnam janubida) tillari ham kiradi.
Mikroneziy guruhi (180 ming) tillarida Marshal va Karolin orollari hamda Mariyan va Gilbert orollarining sharqiy qismida joylashgan aholi so’zlashadi.
Polineziy guruhi (900 ming) tillariga maori (250 ming, Yangi Zelandiyaning shimolidagi aholi tili), samoan (200 ming, Samoa orollarida), tongan (100 ming, Tonga orollarida), taityan (70 ming, Taiti orolida), gavay (20 ming, gavay orollarida) tillari kiradi.
Melanaziy guruhi (3 mln) tillari Yangi Gvineya, Solomon orollari, Yangi Gibrid va Fidji orollari va Yangi Kaledoniyada tarqalgan. Bu guruhga Yangi Gvineyadagi yuzlab tillar kiradi, biroq bu tillar yahshi ilmiy, o’rganilmagan. Avstraliyadagi aborigenlar tillari (100 ming) ham chuqur ilmiy tadqiq etilmagan.
Andaman orollarida 5 kishi so’zlashuvchi andaman tili 1961 yilda kashf etilgan, biroq bu tilning qaysi til oilasi yoki guruhiga kirishi hali aniq emas.
Afrika tillari
Afrika tillari hali yahshi o’rganilmagan. Afrika tillari Mande (14 mln), kva (67 mln), Atlantik oilasi (26 mln), gur (15 mln), benue-kongo (170 mln), adamave-ubangi (7 mln), shri-nil (27 mln), sahara (5 mln) oilalariga bo’linadi. Bu oilalarning har biri yana o’nlab guruhlarga bo’linadi va ular yuzlab tillarni o’z ichiga oladi.
Amerika tillari
Amerika tillarida 27 mln aholi so’zlashadi, ulardan 900 mingi Sharqiy Amerikada, qolgan qismi Lotin Amerikasidadir. Amerika tillari quyidagi oilalarga bo’linadi va o’z navbatida ular ko’p til oilalariga ajratiladi: eskimos-aleut (70 ming), atapask (180 ming), algonkin (120 ming), irokez (40 ming), maskodji (20 ming), sin (30 ming), yuto-atstek (1,1 mln), mayasoke (3 mlndan ortiq), otomang (1,1 mln). Bu tillarni ko’pchiligida Amerikadagi hinduslar so’zlashadi. Ulardan kechua tili (13 mln, shundan 7 mln Peruda, 4 mln Ekvadorda, 2 mln -Boliviyada), guarani tili (2,3 mln, Amazonka daryosi sohilida) ko’proq aholi so’zlashadi, qolgan ko’pchiligi juda kam aholi so’zlashuvchi tillar hisoblanadi. Masalan, shoni, shahaptin, tlingit, krou, xidatsa tillarida bir mingtagacha odam so’zlashadi. Chinuk tilida Vashington va Oregon shtatlarida bor-yo’g’i 300 kishi so’zlashadi.
Dostları ilə paylaş: |