Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi
O'zbekiston yangiliklari
mexanizmlarini mustahkamlashdan iborat.
Ishonchimiz komil: xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat
qilishi kerak.
Mamlakatimizning barcha hududlarida Prezidentning Virtual va Xalq qabulxonalari
tashkil etildi. Hozirgi kunga qadar bir milliondan ortiq fuqarolarimiz bu qabulxonalar orqali
o'zlarining dolzarb muammolarini hal qildi.
Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda bolalar mehnati va majburiy mehnatga
barham berish bo'yicha ta'sirchan choralar ko'rildi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari janob Al-
Husaynning tashrifi yakunlari bo'yicha inson huquqlarini himoya qilish kafolatlarini
mustahkamlash yuzasidan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.
Odamlarning erkin harakat qilishini cheklaydigan xorijga chiqish vizalari singari umrini
mutlaqo o'tab bo'lgan o'tmish qoldiqlari bekor qilindi.
Inson huquqlarini himoya qilish masalalari bo'yicha milliy va xalqaro nodavlat tashkilotlar
bilan ochiq muloqotimiz faollashib bormoqda.
Insonparvarlik tamoyillaridan kelib chiqib, shaxsni qamoqda saqlash bilan bog'liq ko'plab
holatlar qayta ko'rib chiqildi.
Ekstremizm g'oyalari ta'siriga tushib qolgan, to'g'ri yo'ldan adashgan fuqarolar ijtimoiy
reabilitatsiya qilinmoqda, ularni sog'lom hayotga qaytarish uchun zarur sharoitlar
yaratilmoqda.
Endilikda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi barcha huquqni
muhofaza qilish organlari faoliyati parlament va fuqarolar tomonidan doimiy nazorat qilib
borilmoqda.
Mamlakatimizda siyosiy partiyalar, fuqarolik jamiyatining roli ortib bormoqda, sud
organlarining chinakam mustaqilligi ta'minlanmoqda.
Ommaviy axborot vositalarining o'rni sezilarli darajada ortib bormoqda.
Iqtisodiyot tizimini liberallashtirish, qulay investitsiya muhitini yaratish amalga
oshirilayotgan o'zgarishlarning eng muhim yo'nalishlaridir.
Biz oddiy bir xaqiqatdan kelib chiqmoqdamiz: xalq boy bo'lsa, davlat ham boy va qudratli
2 / 8
|