Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi
O'zbekiston yangiliklari
Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash bilan bog'liq muammolar
to'g'risida so'z yuritar ekanmiz, mintaqaning umumiy suv zaxiralaridan oqilona
foydalanish kabi muhim masalani chetlab o'tolmaymiz.
BMT Bosh kotibining "suv, tinchlik va xavfsizlik muammolari o'zaro chambarchas
bog'liq", degan pozitsiyasini to'la qo'llab-quvvatlaymiz.
Ishonchim komil, suv muammosini hal qilishning mintaqa mamlakatlari va xalqlari
manfaatlarini teng hisobga olishdan boshqa oqilona yo'li yo'q.
O'zbekiston BMTning preventiv diplomatiya bo'yicha mintaqaviy markazi tomonidan
ishlab chiqilgan Amudaryo va Sirdaryo havzalari suv resurslaridan foydalanish
to'g'risidagi konvensiyalar loyihalarini qo'llab-quvvatlaydi.
Bugungi kunning eng o'tkir ekologik muammolaridan biri – Orol halokatiga yana bir bor
e'tiboringizni qaratmoqchiman.
Mana, mening qo'limda – Orol fojiasi aks ettirilgan xarita. O'ylaymanki, bunga ortiqcha
izohga hojat yo'q.
Dengizning qurishi bilan bog'liq oqibatlarni bartaraf etish xalqaro miqyosdagi sa'y-
harakatlarni faol birlashtirishni taqozo etmoqda.
Biz BMT tomonidan Orol fojiasidan jabr ko'rgan aholiga amaliy yordam ko'rsatish
bo'yicha shu yil qabul qilingan maxsus dastur to'liq amalga oshirilishi tarafdorimiz.
Xonimlar va janoblar!
Afg'onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish nafaqat mintaqaviy, balki global xavfsizlikni
ta'minlashning muhim sharti bo'lib qoladi.
Aminmizki, Afg'onistonda tinchlikka erishishning yagona yo'li – markaziy hukumat va
mamlakat ichidagi asosiy siyosiy kuchlar o'rtasida oldindan hech qanday shart
qo'ymasdan, to'g'ridan-to'g'ri muloqot olib borishdir.
Muzokaralar afg'onistonliklarning o'zlari hal qiluvchi o'rin tutadigan holda, Afg'oniston
hududida va BMT shafeligida o'tishi lozim. Donishmand afg'on xalqi o'z taqdirini o'zi
mustaqil hal qilishga haqlidir.
AQSh Prezidenti janob Donald Tramp ma'muriyatining Afg'oniston bilan qo'shni
mamlakatlarni afg'on muammosini tinch yo'l bilan hal qilishga ko'maklashishga oid
da'vatini qo'llab-quvvatlaymiz.
5 / 8
|