Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi
O'zbekiston yangiliklari
Markaziy Osiyoning qoq markazida joylashgan O'zbekiston ushbu mintaqa barqarorlik,
izchil taraqqiyot va yaxshi qo'shnichilik hududiga aylanishidan bevosita manfaatdordir.
Tinch-osoyishta, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan Markaziy Osiyo – biz intiladigan eng
muhim maqsad va asosiy vazifadir.
O'zbekiston o'zaro muloqot, amaliy hamkorlik va yaxshi qo'shnichilikni
mustahkamlashning qat'iy tarafdoridir.
Biz Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hech istisnosiz barcha masalalar bo'yicha oqilona
murosa asosida hamkorlik qilishga tayyormiz.
Birgalikdagi sa'y-harakatlarimiz tufayli keyingi oylarda mintaqamizda siyosiy ishonch
darajasi sezilarli darajada oshdi. Ko'plab masalalar bo'yicha prinsipial jihatdan muhim
yechimlar topishga erishildi.
Sentabr oyining boshida O'zbekiston – Qirg'iziston davlat chegaralari to'g'risidagi
shartnoma imzolanishi tom ma'noda muhim voqea bo'ldi.
Tomonlar o'z siyosiy irodasini, o'zaro maqbul qarorlar qabul qilishga tayyor ekanini
namoyon etgani tufayli o'tgan yigirma olti yil davomida birinchi marta ushbu g'oyat nozik
masala bo'yicha katta natijaga erishildi.
Bir so'z bilan aytganda, o'tgan qisqa vaqt mobaynida mintaqada mutlaqo yangi siyosiy
muhit yaratishga erishildi.
Bu tendensiyaning mustahkamlanishi Markaziy Osiyo davlatlari Prezidentlari muntazam
uchrashuvlar o'tkazishi uchun imkoniyat yaratgan bo'lur edi, deb hisoblayman.
Biz noyabr oyida Samarqandda Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida o'tkaziladigan
"Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot
yo'lidagi hamkorlik" mavzusidagi yuqori darajadagi xalqaro anjumanda mintaqadagi
fundamental muammolarni muhokama qilishni rejalashtirganmiz.
Ushbu anjuman yakunida biz Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining
Markaziy Osiyo davlatlarining xavfsizlikni ta'minlash va mintaqaviy hamkorlikni
mustahkamlash borasidagi sa'y-harakatlarini qo'llab-quvvatlashga doir maxsus
rezolutsiyasini qabul qilish taklifini kiritishni mo'ljallaganmiz.
Bu taklifni BMT rahbariyati va xalqaro hamjamiyat qo'llab-quvvatlaydi, deb ishonamiz.
Muhtaram Rais janoblari!
4 / 8
|