O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bmt bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq so'zladi



Yüklə 36,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix21.04.2022
ölçüsü36,77 Kb.
#55931
1   2   3   4   5   6   7   8
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi

O'zbekiston yangiliklari

shakllantirish va amalga oshirishga qaratilgan umumlashtirilgan xalqaro huquqiy hujjat –

BMTning Yoshlar huquqlari to'g'risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqishni taklif

etadi. 

Bizning nazarimizda, mazkur hujjatni imzolaydigan davlatlar ushbu sohani o'z ijtimoiy

siyosatining asosiy va muhim hayotiy ustuvor yo'nalishlaridan biri darajasiga ko'tarish

bo'yicha qat'iy majburiyatlarni o'z zimmasiga olishi kerak. 

Biz butun jahon jamoatchiligiga islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini yetkazishni

eng muhim vazifa, deb hisoblaymiz. 

Biz muqaddas dinimizni azaliy qadriyatlarimiz mujassamining ifodasi sifatida behad

qadrlaymiz. Biz muqaddas dinimizni zo'ravonlik va qon to'kish bilan bir qatorga

qo'yadiganlarni qat'iy qoralaymiz va ular bilan hech qachon murosa qila olmaymiz. 

Islom dini bizni ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga da'vat

etadi. 

Markaziy Osiyo Uyg'onish davrining ko'plab yorqin namoyandalarining islom va jahon

sivilizatsiyasiga qo'shgan bebaho hissasini alohida qayd etmoqchiman. 

Ana shunday buyuk allomalardan biri Imom Buxoriy o'z ahamiyatiga ko'ra islom dinida

Qur'oni karimdan keyingi muqaddas kitob hisoblangan "Sahihi Buxoriy"ning muallifi

sifatida butun dunyoda tan olingan. 

Bu ulug' zotning g'oyat boy merosini asrab-avaylash va o'rganish, ma'rifatiy islom

to'g'risidagi ta'limotini keng yoyish maqsadida biz Samarqand shahrida Imom Buxoriy

nomidagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish to'g'risida qaror qabul qildik. 

Toshkentda tashkil etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati ham shu

maqsadga xizmat qiladi. 

Bugungi sessiya ishtirokchilariga BMT Bosh Assambleyasining "Ma'rifat va diniy

bag'rikenglik" deb nomlangan maxsus rezolutsiyasini qabul qilish taklifi bilan murojaat

qilmoqchiman. 

Bu hujjatning asosiy maqsadi – barchaning ta'lim olish huquqini ta'minlashga, savodsizlik

va jaholatga barham berishga ko'maklashishdan iborat. 

Ushbu rezolutsiya bag'rikenglik va o'zaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni

ta'minlash, e'tiqod qiluvchilarning huquqini himoya qilish, ularning kamsitilishiga yo'l

qo'ymaslikka ko'maklashishga qaratilgan. 

                               7 / 8





Yüklə 36,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin