30
kuch va texnika xavfsizligi qoidalariga to‘liq
amal qilish tala
b etiladi. Shu
o‘rinda ta’kidlash kerakki, o‘zingiz yashaydigan uyda qanday turdagi shkaflar
borligini eslab oling, uning dizaynida nimalar e’tiborga olinganiga ahamiyat
bering, shkafdan foydalanishdagi qulayliklar haqida tasavvur qilib ko‘ring,
shkafning imkoniyatlari va qayerda joylashganini ham chetda qoldirmang.
Dars jarayonida shkafni tayyorlashda uning imkoniyatlaridan kelib chiqib
loyihalashtiring. Masalan: shkafda
qishki va yozgi kiyimlar uchun, oyoq
kiyimlari, sumka, soyabon, galstuk, bosh kiyimlari va boshqa narsalar uchun
joy ajratilgan bo‘lishi lozim. 8-rasmda shkafning ichki qismida kiyimlarning
tartibli saqlangani tasvirlangan. Sizlar yashab turgan sharoitdan kelib chiqib,
turli xil ko‘rinishdagi va o‘lchamlardagi shkaflarni tayyorlab ko‘rishingiz
mumkin.
Shkaflarning oshxona, yotoqxona, zal, mehmonxonalar uchun
mo‘ljallangan turlari ham bor. Ular joylashish qarab loyihalanadi va shu
asosida tayyorlanadi.
Muammoli topshiriq
Dastgohga ishlov berilayotgan materialni o‘rnatish va mahkamlash
qoidalariga to‘g‘ri rioya qilinmaganda qanday muammolarni keltirib chiqaradi?
Muammoning yechimini o‘ylab toping va amaliy bajarishga harakat qilib
ko‘ring.
1.3. MASHINA, MEXANIZM, STANOKLAR VA ULARDAN
FOYDALANISH
Parmalash stanoklarining vazifasi, tuzilishi va ishlash qoidalari
Parmalash stanogi chilangarlik ishlarida metall materiallarni parma-
lash uchun mo‘ljallangan, lekin undan yog‘och materiallarni parmalashda
ham foydalanish mumkin. Parmalash stanogi (10-rasm) plita, kolonka
va unga o‘rnatilgan konsoldan iborat.
Konsol reykali uzatma yordamida kolonka bo‘ylab vertikal
yo‘nalishda siljiydi. Konsol bilan birgalikda unga o‘rnatilgan elektrik
dvigatel va shpindel harakatlanadi. Parmalanadigan yog‘ochning
qalin-
yupqaligiga qarab konsolni kolonka bo‘ylab plitaga yaqinlashtirish
yoki undan uzoqlashtirish mumkin. Shpindelga patron o‘rnatilib, unga
31
kerakli diametrdagi silindrik quyruqli
parmalar qotiriladi.
Konussimon taglikli parmalar be vo-
sita shpindelning o‘ziga kiritib qotiriladi.
Shpindel
konsolga nisbatan dasta yor-
damida reykali uzatma bo‘ylab suriladi.
Shpindelga pog‘onali shkiv kiydirilgan
bo‘lib, shkiv elektrik dvigateldan hara-
kat
ga
keltiriladi, uning yordamida
shpindelning aylanish sonini o‘zgartirish
mumkin. Parmalash stanogida ishlaganda
quyidagi xavfsizlik
texnikasi qoidalariga
rioya qilish talab etiladi.
1. Shkivlarni himoyalab qo‘yish
kerak.
2. Ish vaqtida tasmani almashtirish
yaramaydi.
3. Shpin delni to‘xtatish uchun tasmani
qo‘l yordamida to‘xtatmaslik kerak.
4. Ish vaqtida parmani yog‘ochdan
o‘tib ketib, plitani parmalab qo‘ymasligi,
uni ishdan chiqarmasligi lozim. Buning
uchun parmalanuvchi yog‘och ostiga ehtiyot taxtasi o‘rnatiladi.
5. Parmalash katta tezlikda olib boriladi. Shuning uchun parmalanadigan
yog‘ochni mahkam ushlash, qo‘yib yubormaslik talab etiladi. Aks holda,
yog‘och qo‘ldan chiqib ketib, ishlayotgan odamni shikastlaydi.
Dostları ilə paylaş: