hunarni yaxshi bilsang ham hech bir so'zni sindirmag'il, to'g'ri ta'rif qilg'il va uni bir rangda aytg'il: xosga xos so'z, om iyga om iy so'z deg'il, toki u hikmatga muvofiq bo'lsun va eshitg'on kishiga oqikel- masin, yo'qsa so'zingni dalil va hujjat birla ham eshitmag' aylar. Undin so'ng ulam ing rizosiga qarab so'zlag'il, to salomat b o'lg'- aysan. Ey farzand, agar har nechakim suxondin bo'lsang, o'zingni bilg'ondin kamroq tutg'il, to so'zlash vaqtida nodon va beburd bo'lib qolmag'aysan. K o'p bilib, oz so'zlag'il va kam bilib ko'p so'z demag'il. Nim a uchunki aqlsiz shundoq kishi bo'ladur - u ko'p so'zlar. Debdurlarki, xomushliq salomatlik sababidur, chunki ko'p so'zlaguchi oqil kishi b o'lsa ham, avom uni aqlsiz derlar. Aqlsiz kishi xomush bo'lsa, uni oqil hisoblaydilar. Har necha pok, porso (xudojo'y), ravish (yo'l, yo'sin, qoida) bo'lsang ham o'zingni ta'rif qilm ag'ilki, har kishi sening guvohlig'ingni eshitmas. Qo'shish qilkim, xaloyiq seni ta'rif qilsunlar va shundoq so 'z degilkim, u ishga yarasun, bekor va zoe ketmasun. Ey farzand, demak, yolg'on va bexudo so'z aytmoq devonalik- ning bir qismidir. Gar kishiga so'z aytur bo'lsang qarag'il, ul sening so'zingga xaridormu yoki xaridor emasmu? Agarda uni so'zingga xaridor topsang, unga so'zingni sotgil. Yo'q ersa, ul so'zni qo'yib, 56
shundoq so 'z degilkim, unga xush lcelsin va sening so'zin gga xaridor bo lsin. Lekin inson bila inson bo'lg'il, odamiy bila odam bo' lg' il. nedikim inson boshqa, odamiy boshqadur. Ey farzand, toki qila olsang, so'z eshitmakdin qochmag'ilkim, kishi so 'z eshitmak bila suxango'y hosil qilur. Avvalo buni shundoq