O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’zbekiston respublika oliy va o’rta


II BOB. MILLIY IQTISODIYoT TARAQQIYoTINI TAVSIFLOVCHI



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə15/226
tarix22.12.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#190022
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   226
O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi-fayllar.org

II BOB. MILLIY IQTISODIYoT TARAQQIYoTINI TAVSIFLOVCHI
KO’RSATKICHLAR
REJA:
§ 1. Milliy iqtisodiyotning faoliyatini ta’minlovchi omillar.
§ 2. Iqtisodiyotning shakllari va rivojlanishini belgilaydigan makroiqtisodiy
ko’rsatkichlar tizimi.
§ 3. Raqobatbardoshlilik ko’rsatkichlari
2.1. Milliy iqtisodiyotning faoliyatini ta’minlovchi omillar.
Ma’lum bir davlatning iqtisodiy faoliyatini chegaralab uni jahon
hamjamiyatidan ajratib olish mumkin emas. SHuning uchun ham milliy iqtisodiyot
jahon iqtisodiy tizimini bir bo’lagi sifatida qaralishi lozim. Demak, milliy
iqtisodiyotning xususiyatlari na faqat ichki, balki tashqi omillarga ham bog’liqdir.
SHundan kelib chiqqan holda milliy iqtisodiyotga ta’sir etadigan omillar ikki
guruhga bo’linadi: Tashqi va ichki. Ular bir-birlari bilan chambarchas bog’liqdir.
1-chizma
Iktisodiyotga ta’sir ko’rsatuvchi tashqi omillar
Jahon hamjamiyatini iqtisodiy omillariga, eng avvalo, u yoki bu davlatning
milliy iqtisodiyotini ixtisoslik - yo’nalishini belgilaydigan xalqaro mehnat
taqsimoti kiradi.
XMT – ijtimoiy mehnat taqsimotining xududiy shaklidir.
XMT – natijasida mehnat unumdorligi o’sishi, iqtisodiy rayonlar shakllanishi
ro’y beradi.
XMTda – ishtirok etish jahonning barcha davlatlari uchun qo’shimcha
iqtisodiy samara berib, o’z ehtiyojlarini eng kam harajatlar bilan to’liqroq
kondirish imkonini beradi.
SHunday qilib, XMT – bu tarixan belgilangan ijtimoiy mehnat tizimidir. U
alohida davlatlar o’rtasidagi ishlab chiqarish ixtisoslashuvga asoslanadi.
Siyosiy omillar har xil shakllarda namoyon bo’lishi mumkin. Masalan u yoki
bu mahsulot yetkazib berish yoki xizmat ko’rsatishni ta’qiqlab qo’yish; embargo
e’lon qilish, u yoki bu savdo-siyosiy uyushmalariga qabul qilish yoki qilmaslik;
diplomatik munosabatlarni o’rnatilishi yoki buzilishi; u yoki bu harbiy-siyosiy
tashkilotlarga kirish, u yoki bu davlat bilan borayotgan urush holati va hokazo.
Jahon hamjamiyatida namoyon bo’ladigan demografik omillar, eng avvalo,
ishsizlikni keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan ishchi kuchlarining migratsiyasini
Ташқи омиллар
Иктисодий
Демографик
Маданий
Сиёсий


17
(bir joydan ikkinchi joyga ko’chishi) bilan bog’liqdir. Bunday holat qaysi davlat


uchun yaxshi ko’rsatkich bo’lishi mumkin, va uning aksi-qaysidir davlat uchun
salbiy bo’lishi mumkin.
Milliy iqtisodiyotga madaniy omillar ham kuchli ta’sir o’tkazishi mumkin.
Masalan: umummadaniyati kuchli bo’lgan davlatlarni boshqa davlat madaniyatiga
ta’siri (bosqinchiligi-ekspansiya) tufayli uning iqtisodini pasayishiga (foyda
keltirib turgan madaniyat va san’at tarmoqlari daromadlarini pasayib ketishi
tufayli) olib keladi.
Milliy iqtisodiyotga ta’sir qiluvchi ichki omillar:

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin