29
O’zbekiston yer resurslari va yer osti boyliklari bilan xaqli ravishda faxrlanadi. CHunki
yer har qanday jamiyatning, mamlakatning beqiyos boyligidir. Yer bu qishloq xo’jaligining
asosiy ishlab chiqarish vositasidir. O’zbekiston hududi doirasida shakllantiruvchi yillik suv
oqimi 10 kub km.ga yaqin. Boshqa mamlakatlar hududidan oqib keluvchi suv oqimi 89 kub
km.ni tashkil qiladi. O’zbekistonda Mashhur Mendeleev davriy sistemasining deyarli barcha
elementlari topilgan.
O’zbekiston hududida
oltin, mis, uran, kumush, rux, volьfram, molibden, alyuminiy va
magniy rudalari, nodir metallar, oltingugurt, osh tuzi, kaliyli va boshqa tabiiy tuz qatlamlari, kaolin,
o’tga chidamli xom ashyolar, bentonit, marmar va boshqa bezak toshlari topilgan. Asosiy yoqilg’i
energetika
resurslari neftь, gaz ko’mir, konlari ochilgan. Rivojlangan elektroenergetika tarmoqlari mavjud.
O’zbekistonda 100 ga yaqin mineral-xom ashyo turlarining mavjudligi respublika
iqtisodiyotining muhim tarmoqlarini, ayniqsa, gaz, oltin ishlab chiqarish, energetika, kimyo, rangli
metallurgiya, qurilish materiallari sanoatlarini tez sur’atlar bilan rivojlantirish imkoniyatini beradi.
Hozirgi kunda O’zbekistonda qurulish materiallarining 400 dan ortiq konlari mavjud.
SHu kungacha respublikada hammasi bo’lib
mineral-xom ashyo turlaridan 70ga yaqini
Dostları ilə paylaş: