O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’zbekiston respublika oliy va o’rta


Aholiga maishiy xizmat ko’rsatish tarmog’ini qayta qurish



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə134/226
tarix22.12.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#190022
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   226
O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi-fayllar.org

7.5. Aholiga maishiy xizmat ko’rsatish tarmog’ini qayta qurish.


122
Maishiy xizmat ko’rsatish - Milliy iqtisodiyotning o’ziga xos sohalaridan biridir. Xozir


O’zbekiston Respublikasi aholisiga maishiy xizmat ko’rsatish xizmatining o’z an’analari va
tarixiga ega bo’lgan tizimi shakllangan. Maishiy xizmat sohasida 130,0 ming kishi ishlaydi.
Respublikada 60,0 mingdan ortiq modalar atelelari, salonlar, qabul punktlari ishlayapti. Aholiga
maishiy xizmat ko’rsatish iste’molchilar bilan bajaruvchilar o’rtasidagi munosabatdir. Bu
munosabatlarni tartibga solish uchun Respublika Vazirlar Mahkamasining qarori bilan
O’zbekiston respublikasi aholisiga maishiy xizmat ko’rsatish qoidalarini ishlab chiqildi va
tasdiqlandi.
Tizim korxonalari aholiga 800 dan ortiq xizmat turini ko’rsatadi. Ular poyafzal, kiyim-
kechak, trikotaj buyumlarini yakka tartibda tikish, to’qish va ta’mirlash, radio-televizion
apparaturalar, ro’zg’orda ishlatiladigan asboblar, metall buyumlarini tuzatish va yasash, shaxsiy
transport vositalariga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash, mebellarni ta’mirlash, kiyimlarni
kimyoviy usulda tozalash va bo’yash, kir yuvish, suratga olish, hammom, sartaroshlik xizmatlari,
ro’zg’or buyumlarini ijaraga berish, transport xizmatlari, uy-joylar qurish va ta’mirlash xizmati,
bog’ va polizlarda qishloq xo’jaligi ishlarini bajarish xizmati va boshqa shunga o’xshash ishlarni
bajaradi.
Aholiga maishiy xizmat ko’rsatish korxonalari davlat, jamoa, kooperativ, shaxsiy,
aktsiyadorlik kabi turlicha mulk shakllariga asoslangan korxonalardan iborat.
Maishiy xizmat ko’rsatish korxonalarida har yili aholiga xizmat ko’rsatishning 150 dan
ortiq turi va usullari joriy qilindi. Barcha xizmat turlarining soni qariyb 800 ga yetdi. Lekin
aholiga maishiy xizmat ko’rsatish aholining o’sib borayotgan talabini yetarlicha qondira olmadi.
Respublikaning ayniqsa, qishloqlarda - maishiy xizmat ko’rsatish talab darajasidan ancha uzoqda
edi.
Aholiga maishiy xizmat ko’rsatishni yanada takomillashtirish maqsadida 1992 yil aprel
oyida aholiga maishiy xizmat ko’rsatish korxonalari va tashkilotlari uyushmasi -
O’zmaishiyxizmatuyushma” tuzildi. Tizim tarmoqlarini bozor munosabatlariga o’tkazish
uchun maishiy xizmat ko’rsatish korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish – ularni ijaraga,
aholiga shaxsiy mulk qilib berish hamda aktsiyadorlik korxonalari va kooperativlarni tuzish
bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Ayni vaqtda mulkchilikning aralash shakllariga asoslangan
korxonalar ham barpo etila boshlandi.
1992-95 yillarda maishiy xizmatga qarashli jami 12587 korxona xususiylashtirilib, 29 ijara
korxonasi, 13 aktsiyadorlik jamiyatlari, 565 jamoa korxonasi, 527 shaxsiy korxona tashkil topdi,
4 mingga yaqin shaxs yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug’ullanishga o’tdi. SHahar va
qishloqlarning guzarlarida 474 savdo-maishiy majmualari tashkil etildi, maishiy xizmatning 218
xil yangi shakl va usullari ishlab chiqarishga joriy etildi. 1996 yil boshlariga kelib,
“O’zmaishiyxizmatuyushma”ga qarashli barcha davlat korxonalari xususiylashtirildi va ular turli
mulkchilik shakllaridagi korxonalarga aylantirildi, ayrim korxonalar zarurat taqozosi bilan

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin