O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’zbekiston respublika oliy va o’rta


ko’ngilli assotsiatsiyalarga, kontsernlarga birlashtirildi



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə135/226
tarix22.12.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#190022
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   226
O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi-fayllar.org

ko’ngilli assotsiatsiyalarga, kontsernlarga birlashtirildi. Korxonalarni davlat tasarrufidan
chiqarish ba’zan shoshilinch amalga oshirilganligi tufayli Respublika viloyatlarining yarimida
maishiy xizmat uyushmalari tarqab ketdi. Maishiy xizmatga bo’lgan aholini talabini qondirish
maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahakamasi 1995 yil 12 oktyabrda “Aholiga
maishiy xizmat ko’rsatish korxonalari faoliyatini barqarorlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”
Qaror qabul qildi. Unga ko’ra tarmoqning viloyat va tuman tuzilmalari qaytadan tiklandi. Barcha
viloyat markazlarida, tumanlarda va shaharlarda maishiy xizmat sohasidagi kichik, xususiy va
o’rta biznesni muvofiqlashtirish va qo’llab-quvvatlash uyushmalari tuzildi. Respublika Vazirlar
Mahkamasining 1997 yil 17 sentyabrdagi Qarori bilan aholiga maishiy xizmat ko’rsatish
sohasini markazdan turib boshqarishni tugatish va raqobat muhitini mustahkamlash, maishiy
xizmat korxonalari va mahalliy boshqaruv organlarining xo’jalik mustaqilligini oshirish
maqsadlarida “O’zmaishiyxizmatuyushma” tugatildi. Aholiga maishiy xizmat ko’rsatish ishlarini
hududiy (viloyat) uyushmalari, maishiy xizmat ko’rsatuvchi tadbirkorlar tuman (shahar)


123
uyushmalari boshqardi. Respublikada aholiga maishiy xizmat ko’rsatishni rivojlantirishni 1996-


2000 yillarga mo’ljallangan dasturi muvaffaqiyatli bajarildi.
O’zbekiston Respublikasida aholiga maishiy xizmat ko’rsatish sohasidagi chet el
investitsiyalarini jalb qilish, yangi ishchi o’rinlarini tashkil etish maqsadida chet el firmalari
bilan qo’shma korxonalar tashkil etildi. Xozirda O’zbekiston – Turkiya qo’shma korxonasi
“SHuhrat” (Erkaklar ichki trikotaj kiyimlari), O’zbekiston – Afg’oniston qo’shma korxonasi
“Imkon” (poyabzal ishlab chiqarish), Koreya respublikasi, Germaniya (“Ag Vella” firmasi),
Turkiya, Yugoslaviya (“Lorealь”, “Legeran”, “Pьer Karden”, “Obreme”, “Fillips” firmalari)
bilan aloqalar o’rnatilgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil sentyabrdagi «Aholiga maishiy xizmat
ko’rsatish tizimida islohotlarni chuqurlashtirish xaqida»gi Farmoni qabul qilindi. Bundan
ko’zlangan maqsad aholiga xizmat ko’rsatish sohasini boshqarishda mahalliy hokimiyat
organlari va korxonalarni mustaqilligini oshirish va bu sohada raqobatchilik muhitini
mustahkamlashdir.
Aholiga maishiy xizmat ko’rsatishni hududiy uyushmalari viloyat va tuman (shahar)
hokimiyatlari ixtiyoriga berildi.
Xozir Respublikada aholiga maishiy xizmat ko’rsatishni uning doimiy yashash va ishlash
joyiga yaqinlashtirish, maishiy xizmat ko’rsatish turlarini kengaytirish, sifatini yaxshilash
borasida katta ishlar qilinayapti. Maishiy xizmat ko’rsatish ishlariga sanoat korxonalari, qurilish
tashkilotlari, fermer va dehqon xo’jaliklari jalb qilingan. Bu o’z navbatida qishloq joylaridagi
maishiy xizmat ko’rsatish tarmoqlarini kengaytirish imkonini beradi.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin