O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’zbekiston respublika oliy va o’rta


xo’jaligi, fermer xo’jaligi va dehqon xo’jaligi tizimi tarkib topdi



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə76/226
tarix22.12.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#190022
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   226
O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi-fayllar.org

xo’jaligi, fermer xo’jaligi va dehqon xo’jaligi tizimi tarkib topdi. Ishlab chiqarishni tashkil
etishning huddi shu ko’rinishi endilikda mamlakatimiz qishloq xo’jaligining asosi hisoblanadi.
Ular safida o’zbek xalqining asrlar davomida tarkib topgan mentalitetiga, mehnatkash xalq
turmush tarziga mos keladigan dehqon xo’jaliklarining mustaqil ishlab chiqarish sub’ekti sifatida
mavjud bo’lishi jahon agrar fani nazariyasi va amaliyotiga muhim hissa bo’lib qo’shildi.


76
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish va boshqarishning mutloq yangi tizimi


ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda bank, moddiy-texnika ta’minoti, agroservis, moliya, soliq,
tashqi iqtisodiy aloqalar xizmatlari faoliyati butunlay o’zgartirildi.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar tezda o’z natijasini berdi. Sobiq “qizil imperiya” davrida
hatto sut-go’shtni ham chetdan import qilish darajasiga tushirilib qo’yilgan O’zbekiston, qisqa
fursat mobaynida oziq-ovqat mollari bo’yicha chetga qaramlikdan ozod bo’ldi va o’zini o’z
mahsulotlari bilan ta’minlay boshladi. Bu borada paxta yakka hokimligidan qutilish va
g’allani yetishtirish bo’yicha erishilgan yutuqlarni alohida ta’kidlab o’tish joiz.
Mustaqqillik yillarining boshlaridanoq mamlakat qishloq xo’jaligini chuqur isloh qilish
davri boshlandi. Respublika qishloq xo’jaligida tub burilishlarning huquqiy asoslarini
yaratadigan qonunlar qabul qilindi.
Mahsuldorligi past davlat va jamoat xo’jaliklarining norentabel qoramolchilik fermalari
mehnat jamoalari mulki qilib berildi.
CHorva mollari zotini yaxshilash tadbirlari ishlab chiqildi. Andijon, Sirdaryo, Toshkent,
Xorazm viloyatlarida shirkat xo’jaliklari negizida qoramolchilik naslchilik zavodlari, Andijon,
Namangan, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent, Xorazm viloyatlarida jamoa xo’jaliklarida naslchilik
xo’jaliklari tashkil etildi. Respublikaning barcha viloyatlaridagi ixtisoslashgan xo’jaliklarida
zotli mollar yetishtiriladigan va sotiladigan tayanch punktlar ishi yo’lga qo’yildi. Kim oshdi
savdosi orqali qora mollar xo’jaliklarga va aholiga sotildi.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin